«iqtisodiyot» kafedrasi shermatov axmadulloninig «makroiqtisodiyoti» fanidan


Foydalanilgan adabiyotlar rõyxati



Download 176,71 Kb.
bet3/18
Sana31.12.2021
Hajmi176,71 Kb.
#236682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
kurs ishi makro

Foydalanilgan adabiyotlar rõyxati


.

Kirish
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyatini ochib beruvchi muhim tushunchalardan biri xalqaro mehnat taqsimoti xisoblanadi. Dunyo mamlakatlari u yoki bu darajada xalqaro mehnat taqsimotiga jalb etilgan bõlib uning chuqurlashuvi fan texnika taraqqiyoti tasitidarivojlanayotgan ishlab chiqarish kuchlariga bevosita bog'liq. Xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish mamlakatlarga qõshimchaiqtisodiy samara beradi va õz ehtiyojlarini kam xarajatlar bilan tõliqroq qondirish imkonini beradi
Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Xalqaro savdo va hamkorlik ko‘pchilik mamlakatlarga yuqori foyda ko‘rishiga asos bo‘lib kelmoqda, masalan bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga har xil turdagi Tovar va xizmatlar eksport qilmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar ichidan Xitoy va Hindiston asosan xalqaro savdoda uushi keskin oshib borayotgan mamlakatlardan hisoblanadi.
Xalqaro savdoning yana bir afzallik tomoni shundaki, ko‘plab mamlakatlardagi kambag‘allik muammosini qisqartirishga yuqori axamiyat kasb etayotganidir. Hindistonda 60-70-yillarda kambag‘allik atigi 1%ga ham qisqarmagan, ma‘lum vaqtlardan so‘ng globalizatsiya va integratsiya yordamida ishlab chiqarish xizmat ko‘rsatish talim va boshqa barcha soxalarda o‘sish kuzatiladi. Xalqaro hamkorlikning kuchayishi natijasida yaxshiroq ta‘lim va sog‘lik tizimini yo‘lga qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi. Bugungi kunda xalqalaro savdo aloqalar tobora chuqurlashib bormoqda ayniqsa bu borada rivojanayotgan mamlakatlarning ulushi oshib bormoqda. Bizga malumki tashqi savdo o‘sishi bilan jahon iqtisodi ham rivojlanadi. Export jihatdan qaraganda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ikkalasi ham faqat kichikroq hajmda ijobiy o‘sishga erishadi (rivojlangan mamlakatlar 1.5% va rivojlanayotgan mamlakatlar3.3 % mos ravishda). 2013-yilda, dollar qiymatidagi tovarlar eksporti 2.8% ga o‘sdi va 18.8 trln dollarni tashkil qildi; Bu davrda savdo xizmatlari eksporti 5.5%ga o‘sdi va bu 4.6 trln dollarni tashkil qildi.
Xalqaro savdo trendlari. Bugungi kunda transport va axborot komunikatsiya almashinuvi narxida sezilarli pasayish kuzatildi, xalqaro savdo sistemasida geosiyosat hal qiluvchi axamiyat kasb etadi. So‘nggi 30-yil mobaynida tovarlar va savdo xizmatlari yiliga o‘rtacha 7% ga o‘sdi va mos ravishda o‘zinig eng yuqori nuqtalari 18 trln dollar va 4 trln dollarga yetdi. 1980 va 2011 - yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo export-importi ulushida sezilarli o‘sish kuzatildi; Duynyo exportidagi ulushi 34% dan 47% ga yetdi. Dunyo importidagi ulushi esa 29% dan 42% ga o‘sdi, ushbu o‘sish ko‘rsatkichlarida Osiyo mamlakatlari o‘suvchi rolnin o‘ynamoqda; So‘nggi bir nechta o‘n yillikda jahon savdosi sal kam ikki barobarga o‘sdi.
Xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng rivojlangan va keng tarqalgan shakli hisoblanadi. U zamonaviy tashqi siyosiy manfaatlar va dunyo mamlakatlarining muammolarida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun uning mohiyatini, rivojlanish dinamikasini va zamonaviy tuzilishini o'rganish davlatni rivojlantirish dasturlarining tashqi siyosatini belgilashning muhim elementi bo'lib, uning dolzarbligini tasdiqlaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, biz ushbu kurs ishining xalqaro savdo haqidagi ma'lumotlarni to'plash, tizimlashtirish va tahlil qilishdan iborat bo'lgan quyidagi maqsadini shakllantirishimiz mumkin.
Men deyarli ushbu mavzuni o'rganib chiqdim va bundan keyin ham o'rganaman. Bu tashqi savdo bilan bog'liq bo'lgan alohida tashkilotlarning ishlashi uchun zarur shartdir, shuningdek har bir davlatning tashqi siyosatini amalga oshirish va rivojlanishning o'rta va uzoq muddatli

dasturlarini ishlab chiqishdagi faoliyati. Shuning uchun xalqaro savdoning holatini kuzatish, shuningdek prognozlash va rejalashtirish jarayonlari to'xtamaydi.


1.1 Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati


Xalqaro mehnat taqsimoti - ayrim mamlakatlarning muayyan mahsulotlarini i.ch.ga ixtisoslashuvi va mahsulotlarni ayirboshlashi. Ijtimoiyhududiy mehnat taqsimotining yuqori shakli, jahon bozorining va davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosini tashkil etadi, davlatlar milliy xoʻjaliklarini jahon xoʻjaligi tizimiga birlashtirish omili boʻlib, obʼyektiv jihatdan mehnat unumdorligining oʻsishiga yordam beradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida ayrim mamlakatlarda tabiiy sharoitlar tafovuti bilan bogʻliq boʻlgan Xalqaro mehnat taqsimotit.ning sodda koʻrinishlari mavjud boʻlgan. 19-asrning oʻrtalaridan Yevropa mamlakatlarida juda katta miqdordagi xom ashyo, tez oʻsib borayotgan shahar aholisi uchun oziq-ovqat keltirishni talab etgan mashina industriyasining paydo boʻlishi Xalqaro mehnat taqsimotit.ning rivojlangan shakllarini yuzaga keltirdi. Xalqaro mehnat taqsimotit.ni shakllantirgan yana bir muhim omillardan biri — mustamlakachilik sistemasining paydo boʻlishi hisoblanadi. 20-asr boshlariga kelib mustamlaka va qoloq mamlakatlar tamomila "jahon qishloqlari"ga, Yevropa va Shim. Amerikaning sanoati rivojlangan mamlakatlari "jahon shaharlari"ga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimotit.ning bu xususiyati Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ham saqlanib qoldi. 1960-yillarda sobiq mustamlaka va yarim mustamlakalar — jahon aholisining 80% dan ortigʻi yashaydigan Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlari hissasiga jahon sanoat mahsulotlarining taxminan 15% toʻgʻri keldi. Bu mamlakatlar eksportining asosiy qismini xom ashyo va oziqovqat tashkil etgan holda ularning importga qaramligi juda yuqori edi, chunki bu mamlakatlar zarur sanoat tovarlarining deyarli barchasini va yetishmaydigan oziq-ovqatni chetdan keltirishga majbur edi.
Fantexnika taraqqiyoti sharoitlarida Xalqaro mehnat taqsimotit. tobora rivojlangan shakllarga ega boʻlib boradi, xalqaro ixtisoslashuvga ehtiyoj kuchayadi, chunki bir mamlakat doirasida hozirgi texnika taraqqiyoti darajasida muttasil ortib borayotgan mahsulotlarning barcha turini keng miqyosda i.ch. mumkin emas. Hozirgi Xalqaro mehnat taqsimotit.ning xususiyati — rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi Xalqaro mehnat taqsimotit.da tarmoklararo ixtisoslashuv yetakchi oʻrinda tursa, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida tarmoqlar ichida ixtisoslashishning chuqurlashayotganidir.
Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro ichki tarmoq ixtisoslashuvi (mahsulot, detal, texnologiya boʻyicha) mamlakatlararo sanoat mahsulotlari savdosining ortishiga olib keladi. Bu mamlakatlar i.ch.ning yuqori yoki pastroq darajadagi kompleks tarmoq tuzilmasiga ega. Bunday sharoitlarda Xalqaro mehnat taqsimotit.ning ichki tarmoq ixtisoslashuvi yoʻnalishida chuqurlashuvi eng yangi tarmoqlar rivojlanishining zaruriy shartiga aylanadi. Ichki tarmoq ixtisoslashuvining yoʻyalishlaridan biri — mahsulot turi boʻyicha ixtisoslashish hisoblanadi, yaʼni muayyan mahsulot turini i.ch. u yoki bu mamlakatda amalga oshiriladi (mas, traktorsozlik AQShda yuqori quvvatli gʻildirakli va zanjirli traktorlar i.ch.ga, Buyuk Britaniyada oʻrtacha tipdagi gʻiddirakli traktorlar i.ch.ga, Germaniyada quvvati kichik traktorlar i.ch.ga ixtisoslashgan).
Detal boʻyicha ixtisoslashish da ayrim mamlakat zavodlari pirovard mahsulot uchun shkm tarzida foydalaniladigan butlovchi qismlar, detallar i.ch.ga ixtisoslashadi. Mas, "RollsRoys" ingliz firmasi AQSH, Fransiya va boshqa mamlakatlarda tayyorlanadigan samolyotlar uchun reaktiv dvigatellar ishlab chiqaradi. Bu jarayonda bir rivojlangan mamlakatdan boshqasiga kapital chiqarishning koʻpayishi, turli mamlakatlar korxonalari oʻrtasida ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuvning rivojlanishi muhim rol oʻynaydi. Firmalararo kooperatsiya (qoʻshma korxonalar), juda ulkan transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi, sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotlarining integratsiyasi (qarang Yevropa Itgpifoki) ham rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi mehnat taqsimotini chuqurlashtirishga yordam beradi.
Oʻzbekiston Xalqaro mehnat taqsimotit.da paxta tolasi, energetika resurelari (tabiiy gaz, elektr energiyasi), rangli metallar, oʻgʻitlar va boshqa mahsulotlar yetkazib beruvchi mamlakat tarzida ishtirok etadi (yana q.

1.2 Xalqaro mehnat taqsimoti shakllari



Iqtisodiy rivojlanishning markazida tabiatning o'zi yaratilishida - yoshi, jismoniy, fiziologik va ularning o'ziga xos xususiyatlariga asoslangan odamlar o'rtasidagi funktsiyalarni ajratish yotadi. Iqtisodiy hamkorlik mexanizmi ba'zi guruh yoki alohida shaxs qat'iy belgilangan ish turini amalga oshirishga qaratilgan deb taxmin qiladi, boshqalari esa boshqa faoliyat bilan shug'ullanadi.

Download 176,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish