«iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishimavzu: Byudjet nazorati organlarining vakolatlari


Byudjet defitsiti va uning mohiyati



Download 121,5 Kb.
bet2/5
Sana01.07.2021
Hajmi121,5 Kb.
#106475
1   2   3   4   5
Bog'liq
abcdef

Byudjet defitsiti va uning mohiyati

Hozirgi paytda iqtisod (moliya) ilmida va jahon amaliyotida bydjet defitsiti va bjaidjet siyosati muammolariga nisbatan bir necha konseptual yondashuvlar mayjud. Byudjet defitsitiga nisbatan byudjet siyosati ishlab chiqilayotgan paytda ularni hisobga olish yoki ularga e'tibor berish muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan quyida ularning ayrimlari xususida, qisqacha to'xtalib o'tishga harakat qilamiz.

Byudjet defitsiti va unga daxldor bolgan b^nidjet siyosatining birinchi konsepsiyasi ostida mamlakatning davlat b^mdjeti har yili balanslashtirilgan bo'lishi kerak, degan g‘oya yotadi. O‘z navbatida, bu g‘oyaning amaliyotda muvaffaqiyatli amalga oshirilishi byudjet defitsiti va u bilan bogliq bolgan muammolarning barchasini tabiiyki kun tartibidan olib tashlaydi.

Shu munosabat bilan ta’kidlash joizki, bunday g‘oya o‘z-o‘zidan yoki sun’iy ravishda paydo bolmagan. Chunki o‘tgan XX asrning 30-yillaridagi (1929-1932-yillar) “Buyuk depressiya”ga qadar har yili balanslashtiriladigan byudjet davlat moliyasi va moliyaviy siyosatning istagan (ko‘zda tutgan) maqsadi sifatida umume'tirof etilgan edi.

Biroq bu muammo atroflicha ko‘rib chiqilganda har yili balanslashtiriladigan byudjet antisiklik, barqarorlashtiruvchi yo‘nalishga ega bolgan davlat fiskal siyosatining sama- radorligini asosan yo‘qqa chiqarishi yoki uning bu darajasini keskin kamaytirishi mumkinligi malum bo'ladi.

Buning ustiga har yili balanslashtiriladigan byudjet aslida iqtisodiy siklning tebranishini chuqurlashtiradi ham. Bir tasawur qilib ko'ring: iqtisodiyot ishsizlikning uzoq vaqt davom eti- shiga duch kelgan. Bunday sharoitda (vaziyatda) aholining daromadlari pasayadi, byudjetga borib tushuvchi soliq tushumlari esa, avtomatik tarzda qisqaradi.

Byudjet defitsiti va unga daxldor bolgan byudjet siyosati konsepsiyasining ostida mamlakatning davlat byudjeti har yili balanslashtiril- gan bolishi kerak, degain g‘oya yotgan hukumat byudjetni tezda balanslashtirishga harakat qilib, yo mavjud soliqlar- ning stavkasini oshirishi, yo davlat xarajatlarini qisqartirish yoki bir vaqtning o‘zida ana shu ikki varintning kombinat- siyasidan foydalanishi kerak. Holbuki, bunday choralarning qo'llanishi oxir-oqibatda jami talabning yanada ko‘proq qisqarishiga olib keladi.

Davlat byudjetini har yili balanslashtirishga urinish pirovardida inflyatsiyani ham rag’batlantirishi mumkin. Chunki inflyatsiya sharoitida aholining pul daromadlarini oshirish avtomatik tarzda soliq tushumlarini oshiradi. Buning natijasida bydjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasida musbat farq vujudga kelib, davlat byudjetini balanslashtirish uchun hukumat yana quyidagi choralami qo'llashi lozim: yo amaldagi soliqlaming stavkasini pasaytirish, yo davlat xarajatla- rining hajmini oshirish yoki ana shu ikki choraning kombinatsiyasidan foydalanish kerak.

Bunday sharoitda byudjetni balanslashtirish maqsadida uqoridagi choralarning qo‘lla- nilishi iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimni kuchaytiradi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqadigan asosiy xulosa quyidagidan iborat: har yili balanslashtiriladigan byudjet iqtisodiy jihatdan xolis hisoblanmaydi.

Ana shu va boshqa muammolaming mayjudligiga qsiramasdan dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida byudjetni har yili balanslashtirilgan bo'lishini ko‘zda tutuvchi konstitutsion tuzatmani qabul qilish g‘oyasini qo’llab-quvvatlovchilar mavjud.

Byudjet defitsiti va unga daxldor bo’lgan byudjet siyosati ikkinchi konsepsiyasining asosiy yoki tub mazmunini mamlakatning davlat byudjeti har yili emas, balki iqtisodiy sikl davomida balanslashtirilishi kerak, degan g‘oya tashkil qiladi. Bu konsepsiyaga ko‘ra mamlakat hukumati bir tomondan, iqtisodiy jarayonlsirga antisiklik ta'sirni amalga oshirsa, ikkinchi tomondan, bir vaqtning o‘zida mamlakat byudjetini balanslashtirishga ham intiladi.

Biroq bu holda yuqorida qayd etilganidek, byudjet har yili balanslashtirilmasligi mumkin. Aksincha, bunday vaziyatda iqtisodiy sikl davomida byudjetning balanslashtirilganligiga erishishning o‘zi yetarli hisoblanadi.

Bu konsepsiya ham o‘zining mantiqiy asosiga ega. Uni oddiy, oqil va jozibador, deb hisoblash mumkin. Bulaming sababi shundaki, bu konsepsiyaga binoan ishlab chiqarishning qisqarishiga qarshi turish uchun hukumat dastlab, bir tomondan soliqlarni pasaytirishi va ikkinchi tomondan, davlat xarajatlarini oshirish evaziga ongli ravishda byudjet defitsitini vujudga keltirishi kerak.

Navbatdagi inflyatsion yuksalish davrida esa aksincha, hukumat soliqlarni oshirishi va davlat xarajatlarini qisqartirishi lozim. Ana shu asosda vujudga keladigan byudjetning ijobiy qoldig‘i iqtisodiy pasayish davrida vujudga kelgan davlat qarzlarini (byudjet defitsitini) qoplashga sarf qilinishi mumkin. Shunday qilib, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bunda mamlakat hukumati ijobiy (pozitiv) antisiklik siyosatni amalga oshira borib, bir vaqtning o‘zida byudjetni ham balanslashtiradi. Faqat bunday balanslashtirish har yili emas, balki bir necha yil davom etgan davrda amalga oshiriladi. O’zining bir necha ijobiy tomonlariga qaramasdan bu konsepsiyada ham hisobga olinishi yoki hal etilishi kerak bolgan bir necha murakkab muammolar bor.

Iqtisodiy sikldagi pasayish va yuksalishning o‘z chuqurliklari va davomiyligi jihatidan bir-birlaridan farq qilishi mumkinligi ana shunday muammolardan biridir. Masalan, amaliyotda ba'zi hollarda chuqur va uzoq davom etgan pasayish yuksalishning qisqa davri bilan ham xarakterlanishi mumkin. Bunday vaziyatda iqtisodiy pasayish davrida vujudga kelgan katta miqdordagi defitsitni qisqa muddatda davom etgan yuksalish davridagi byudjetning ijobiy qoldig‘i hisobidan qoplashning iloji bo’lmaydi va demaik, bu yerda siklik xarakterdagi bjmdjet defitsiti mavjud bo’lib qolaveradi.

Va nihoyat, byudjet defitsiti va unga daxldor bo‘lgan byudjet siyosati uchinchi konsepsiyasining negizida funksional moliya, degan g‘oyayotadi. Bu konsepsiyaning g‘oyasiga muvofiq byudjetni balanslashtirish to‘g‘risidagi masala uni har yili balanslashtirish kerakmi yoki siklik asosda balanslashtirish zarurmi, bu prinsipial ahamiyatga ega emas, u ikkinchi darajali ahamiyatga molik bo’lgan masala.

Chunki davlat moliyasining asosiy maqsadi byudjetni emas, balki eng awalo, noinflyatsion to’liq bandlilikni ta'minlashdan, ya'ni iqtisodiyotni balanslashtirishdan iborat. Agar ana shu maqsadga erishish byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi barqaror ijobiy saldo yoki katta, o‘sib boruvchi davlat qarzlari sharoitida amalga oshirilsa, mayli - oshirilaversin.

Bu konsepsiyaga muvofiq davlat byudjeti defitsiti yoki profitsiti bilan bog’liq bolgan muammo yuqori muqobil darajadagi uzoq davom etuvchi iqtisodiyotdagi pasayishlar yoki barqaror inflyatsiya bilan qiyoslaganda deyarli ahamiyatga ega emas.

Chunki davlat byudjeti avvalo, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish va uni qo‘llab-quwatlash instrumenti hisoblanadi. Ana shu maqsadga erishish uchun har qanday darajadagi byudjet defitsiti yoki profitsitiga borilishidan hukumat shubhaga tushmasligi lozim. Byudjet defitsiti va unga daxldor bo'lgan byudjet siyosatining ikkinchi va uchinchi konsepsiyalari byudjet defitsitiga yo'naltirilgan va mamlakat pul xo'jaligining salohiyatiga tayanadigan moliyaviy siyosatning asosida yotadi. Bunday siyosat quyidagilarning bolishini taqozo etadi:

• mamlakatning pul salohiyati doirasida moliyaviy tad- birlar aniq dasturining mavjudligi;

• byudjet defitsitining rivojlanishi ustidan nazorat va uni qoplash manbalarini qidirib topish;

• eng yuqori iqtisodiy samara beradigan tadbirlarga byudjet mablaglarini ajratish.

Bu siyosatni egallash jamiyatga byudjet defitsitining optimal (oqilona) olchamini topishga imkon beradi. Masalan, o‘tgan XX asming 80-yillarida YalMga nisbatan byudjet de- fitsiti Fransiyada 9,6%ni, AQShda - ll,6%ni, Germaniyada - 14,0%ni, Yaponiyada- 15,6%ni, Belgiyada-25,l%ni, Itali- yada - 25,2%ni va Gretsiyada - 31,2%ni tashkil etgan. Biroq byudjet defitsiti bilan bog‘liq bo^lgan siyosat u qanchalik jozibador bo‘lmasin, nisbatan katta miqdordagi byudjet defitsitlari hatto iqtisodiy jihatdan “hoy” sanalgan mamlakatlar uchun ham keskin salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

Xususan, dunyoda eng kuchli iqtisodiyotga ega bolgan AQSh iqtisodiyoti uzoq yillar davomida federal byudjetning barqa- ror defitsitli sharoitida faoliyat ko‘rsatib kelgan bo^lishiga qa- ramasdan, o‘tgan asming 90-yillari o'rtalariga kelib, federal byudjet defitsiti shunday katta (yirik) darajaga yetdiki, bu narsa unga qarshi kurashish uchun ta'sirchan vositalami qidirib topishga AQSh hukumatini majbur etdi.

Zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishni uning fundamental asoslarini aniqlab olishsiz tasawur etib bolmaydi. Buning uchun eng awalo, soliqlar, soliq tizimi va soliq siyosatiga tegishli bo'lgan amaldagi vaziyatga aniqlik kiritish zarur.

Ana shu vaziyat keyingi bir nechao‘nyillik davomida O‘zbekiston Respublikasining buyuk iqtisodiy eksperimentni o‘z boshidan kechirayotganligi, unga ko‘ra xalq xo‘jaligini rejali usulda boshqarishdan iqtisodiy taraqqiyotning bozor mexanizmlaridan foydalanishga o‘tila- yotganligi bilan xarakterlanadi.

Yangi iqtisodiy instrumentlar awalgi iqtisodiy tizimning qoldiq elementlari va iqtisodiy munosabatlar subyektlaming ongida mustahkam ildiz otgan an'analar bilan birgalikda yashamoqda. Bu jarayon o'tish davri iqtisodiyotiga ega bo'lgan mamlakat bir vaqtning o‘zida huquq, siyosat va iqtisodiyot sohalarida tegishli o‘zgarishlami parallel ravishda amalga oshirish zarur bo’lganligi uchun yanada murakkablashayotir.

Iqtisodiyotni qayta qurish malum darajada ishlab chiqarishning qisqarishiga, infiyatsiyaning o‘sishiga, ishsizlikning vujudga kelishiga, davlat sektorining qisqarishiga olib kelmoqda. Bunday salbiy hodisalarga barham berish kerak. Shu munosabat bilan soliq siyosati va mamlakatimizdagi soliq organlari tizimining samarili isloh qilinishi iqtisodiyotimizni bozor iziga ko‘chirishda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillarida namoyon bo’ladi.

Bugungi kunda juda keskin tanqidga uchrayotgan, juda qaynoq munozaralarga sabab bo‘layotgan, isloh qilish bo’yicha tahlil obyekti va qarama-qarshi g‘oyalarga ega bo’layotgan soliqlardan bo‘- lak islohotlaming boshqa bir yo‘nalishi yo‘q. Boshqa bir tomondan esa, soliq tizimi bozor munosabatlarining eng muhim elementlaridan bo’lib, mamlakatdagi iqtisodiy o‘zgarishlaming muvaffaqiyati ko‘p jihatdan unga bog’liq.

Shuning uchun ham hozirgi vaqtda yaratilgan soliq tizimini keskin (tubdan) qayta o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish zamr. Bunday hollarda faqat bir daqiqalik samarani (qaytimni) hisobga olmasdan, balki bu takliflarning mamlakat iqtisodiyoti va moliyasining barcha tomonlariga qay darajada ta'sir etishi albatta, inobatga olinmog‘i lozim.

Tabiiyki, ideal (benuqson) soliq tizimini jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlaming o‘zigaxos xususiyatlari, undagiyara- tilgan ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatini hisobga oluvchi muhim nazariy asos yordamidagina yaratish mumkin.

Soliq tizimi xo‘jaliklardagi bozor munosabatlari rivojlanishiga ta'sir qilishi, tadbirkorlikning taraqqiy etishiga yordam berishi va bir vaqtning o‘zida aholining kam ta'min- langan qatlami turmush tarzining pasayib ketishiga to‘sqinlik qilishi kerak.

Ana shunday sharoitda bozor iqtisodiyotida soliq tizimini tashkil qilishning asosiy prinsiplari tariqasida quyidagilami ko‘rsatish mumkin:

• yuridik va jismoniy shaxslaming daromadlari, ularning mulkiy ahvolini hisobga olish imkonini bemvchi soliq tizimi, ularning turlari, to‘g‘ri (bevosita) hamda egri (bilvosita) soliqlar nisbatining bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos tarzda rivojlanishi;

• mulkchilik shakliga va uning tashkiliy-huquqiy shakllariga bog’liq bolmagan holda xo‘jalik samaradorligi uchun barcha soliq to’lovchilarga nisbatan yagona talablarni o‘matish maqsadida soliqqa tortish uslublarini universallashtirish;


Download 121,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish