KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ilm-fanda e’tirof etilishicha, inson ongi borliqdagi voqelikni qabul qilish va idrok etishda sezgi organlari (ko’rish, eshitish, hid bilish, maza bilish, tuyg’u organlari) dan ko’rish kanali orqali kirib kelayotgan ma’lumotlarni bir necha bora tezroq qabul qiladi. Shu bois jadal sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan zamonimizda hayotdagi jamiki narsa-hodisalar ifodasi vizuallashib bormoqda. So’nggi yillarda zamonaviy ilm-fanda kommunikatsiyaning “vizual ma’lumot” (lot. visualis – ko’rish bilan bog’liq) deb atalmish noverbal vositalariga bo’lgan qiziqish sezilarli darajada oshgani geterogen (bir jinsli bo’lmagan) tarkibga ega bo’lgan matnlarni, ya’ni kreol(uyg’un) matnlarni yangi yo’nalishlari nigohida o’rganilishini taqozo etadi. SHu jumladan, vizual kreol(uyg’un) matnlarni o’rganish dolzarblik kasb etadi.
Bizga ma’lumki, uzoq vaqt davomida vizual kreol(uyg’un) matnlar ifodasi omma tomonidan tanqidga uchragan. Bunday matnni tahlil qilishda uni yaratayotgan produtsient hamda mazkur matnni idrok qiluvchi shaxs – retsipientlarning o’rni ham ahamiyatli ekanligi e’tirof etiladi.
Mazkur kurs ishida ko’tarilgan mavzu tadqiqot sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi PF – 4797-son «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to’g’risida»gi, 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi, 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-sonli qarori, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-son; 2019 yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” PF-5850-son; 2020 yil 20 oktyabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o’zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” va 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmonlari va qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ma’lum darajada xizmat qiladi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Kreol(uyg’un) matn asosidagi tadqiqotlar pedagogika, metodika, o’zbek adabiyotshunosligi va tilshunosligida ushbu hodisa bugungi kunga qadar alohida tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganilmagan bo’lib, D.E.Rajabov, T.Boboev, G.Jo’raeva, M.Jumaboev, S.D.Quronov, R.Rajabova, S.Matchonov, Z.Mamatolimov, V.Jabborov, U.I.Nosirovalarning ilmiy ishlari va tadqiqotlarida qisman yoritilgan1.
Tadqiqotning maqsadi kreol matn haqida ma’lumot berish, boshlang’ich sinflarda kreol matndan foydalanish zaruriyati va uning imkoniyatlarini yoritishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
kreol matn haqida tushuncha berish, atamani izohlash;
kreol matnning verbal va vizual tarkibiy qismlari o’rtasidagi semantik munosabat turlarini aniqlab, tahlil qilish;
kreol matnning bolalar vizual imkoniyatini oshirish, ularda qiziqish uyg’otishini ta’kidlash.
Tadqiqot obyekti boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darsliklaridagi kreol matn namunalari.
Tadqiqot predmetini boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darsliklaridagi kreol matn tarkibiy qismlari tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |