10 – holat
Yosh ishchi mehnat va ishlab chiqarish intizomini bir necha bor buzmoqda. Master u bilan suxbatlar oʻtkazdi. Jarima solishga ham toʻgʻri keldi. Yosh ishchi ishlaydigan brigadada 12 kishi bor, ulardan biri uning doʻsti hamma narsada uni qoʻllaydi, 6 kishi jamoa ishlari bilan unchalik qiziqmaydi, ishdan soʻng uyga ketishga shoshiladi. kishi jamoatchilik topshiriqlarini bajarishadi, brigadir kasaba uyushmasi qoʻmitasi a’zosi.
Yosh ishchi bilan yana "favqulotda holat" yuz berdi. Uning axloqini baholashda siz master oʻrnida nima qilar edingiz?
1. Brigada jamoasi yigʻilishida yosh hodimning harakatini muxokamaga qoʻyar edim.
2. Jamoa qatnashuvisiz oʻzim qaror qabul qilar edim.
3. Yosh ishchining harakati muxokamasiga faqat brigada faollarini taklif qilar edim.
Boshqa javob yoʻq.
11 - holat
Boshqaruv hodimlari qanday asosiy kategoriyalarga boʻlinadi?
1. 2-kategoriyaga: rahbarlar va muhandis - texnik hodimlar.
2. 3-kategoriyaga: rahbarlar, mutaxassislar, hizmat koʻrsatuvchi-yordamchi-texnik va hizmatchi personal.
3. 4-kategoriyaga: yuqori pogʻonali rahbar (boshliq, oʻrinbosari), oʻrta pogʻonali rahbar (boʻlim boshligʻi, sektor va byuro boshliqlari), muhandis-texnik xodimlari va kichik hizmat xodimlari.
12 -holat
Kasaba uyushmasi etakchisini tanlash kerak. 3 ta nomzod bor. Quyida ularning harakteristikasi keltirilgan. Kimni tanladingiz?
1. Birinchisi-a’lochi, muloyim, oʻziga ergashtira oladigan, oʻz fikrida tura oladigan.
2. Insonlar bilan quruq munosabatda boʻladigan tabiatga mijozga ega ikkinchi nomzod, vazifalarni bajarishda tezkor savolni aniq belgilab, uning bajarilishini tashkil eta oladi.
Uchinchi nomzod - jamoa fikriga tayanadigan, oʻziga ergashtira oladigan, koʻngilsizliklardan uzoq yuruvchi, ayniqsa ish jarayonida odamlarning oʻzaro munosabatlari bilan bogʻliq hollarda.
13 - holat
Ishlab chiqarishga kelgan yosh mutaxassislarga rahbarlarni (ustozlarni) tayinlovchi (belgilovchi) qoidalari ustida oʻylab koʻring. Sizning fikringizga quyidagi berilgan uchta savoldan qaysi biri haqiqatda haq odilona (toʻgʻri)?
1. Ma’muriy ishlab chiqarishga kelgan har bir yosh mutaxassisga zarur boʻlgan maxsus tayyorgarlikni oʻtagan va yoshlar tarbiyasi bilan shugʻullanishni istagan eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan rahbarlarni biriktirib qoʻyish shart.
2. Ilgʻor (etakchi) ishlab chiqaruvchilardan yoshlar tarbiyasi bilan shugʻullanishni istaydiganlarni aniqlash (koʻrsatish) zarur va ularga maxsus tayyorgarlikdan oʻtish uchun imkoniyatlar yaratib berish zarur.
Ayniqsa yosh ishchilarga biriktirilish toʻgʻrisidagi savolni esa rahbarlarning oʻzlari hal etishlari lozim.
Ishga kirayotgan yosh ishchini ishlab chiqarishda rahbarning harakati bilan tanishtirish, unga yoshlar bilan ishlashning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida toʻliq axborot berish zarur. Bundan soʻng yosh mutaxassisga oʻzi rahbarni tanlashni taklif qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |