Iqtisodiyot” kafedrasi “Korxona Iqtisodiyoti va Innovatsiyalarni boshqarish” fanidan


Joriy qilingan innovatsiyalar soni (2019 yil)7



Download 280,91 Kb.
bet19/21
Sana18.02.2022
Hajmi280,91 Kb.
#452226
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-kurs

Joriy qilingan innovatsiyalar soni (2019 yil)7




Jami

Shu jumladan tadqiq qilinganlar:

o‘z kuchi bilan

boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda

ulardan :

boshqa tashkilotlar tomonidan

ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda

oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda






















Texnologik innovatsiyalar

1816

1523

117

41

5

176

shu jumladan:



















mahsulotlar bo’yicha innovatsiyalar

1118

973

73

15

4

72

jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar

698

550

44

26

1

104

Marketing innovatsiyalar

51

39

-

-

-

12

Tashkiliy innovatsiyalar

39

29

-

-

-

10

2019 yilda o‘zlashtirilgan innovatsiyalar jami ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmining 20,8 foizini (2221,5 mlrd.so’m) tashkil etdi.



2.2. Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida.

O’zbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar yuksaltira oladi .Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida novatorlik, yangilikni kiritish, hayotga tadbiq etish yo’li bilan rivojlanishni ta’minlash yotadi. Tadbirkorlik taraqqiyoti intiluvchanlikda, novatorlikda, yangiliklarni tadbiq etmoqlikda, tavakkal qilmoqlikda, qaltislika qo’l urmoqlikda va o’z qarorlaridan qaytmaslikda hamda ma’suliyatni seza bilmoqlikdadir. Bularni jami innovatsiya faoliyatiga ham xos bo’lgan belgilar bo’lib, tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida xizmat qiladi.


Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo’lgan yutuqlarni va yuqori daromadni ta’minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi, u faol rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi.
Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo’linadi:

  • mahsulot innovatsiyasi;

  • texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi;

  • ijtimoiy innovatsiya.

Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini yangilash jarayonini namoyon etadi.
Texnologiya innovatsiyasi - ishlab chiqarish imkoniyati (potentsial) yangilash jarayonidir
Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida yaxshilash jarayonini namoyon etadi.
Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta’minlaydi. Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yo’lga qo’yishga, muntazam modernizatsiyalarni ta’minlashga, fan va texnika yutuqlari natijalarini joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta o’z taraqqiyotiga erishadi va yuksalib boradi, chunki u bunda bozor talablarini qondira oladi, natijalarga erisha oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bodishi shart. Kerak bo’lsa, xorijdagi yetakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tug‘dirib berishimiz lozim.
Rivojlanayotgan davlat sifatida O‘zbekistonda ham kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish milliy iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlashning muhim makroiqtisodiy omillaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda kichik biznes taraqqiyoti natijasida ularning mamlakatga yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot salmog‘idagi ulushining ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin.



4-rasm. O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi. 8
O

  • Sanoat

  • Savdo

  • Qishloq, o'rmon va baliq xojaligi

  • Qurilish

  • Boshqalar

‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIM dagi ulushi 2003-yilda 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2019-yilga kelib 53,3 foizga yetdi va 2003-yilga nisbatan 1,7 barobar oshdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2019-yil davomida 38,2 mingdan ortiq yangi kichik tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish imkonini berdi yoki 2018-yilga nisbatan 122,0 foizga ko‘paydi. Mazkur kichik biznes subyektlarining eng ko‘p qismi sanoat tarmog‘ida (27 foiz), savdo sohasida (21 foiz), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (13 foiz) va qurilish tarmog‘ida (10 foiz) tashkil etgan.

5-rasm. 2019-yil yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi (foizda).9

2019-yil yanvar-sentabr oylariga kelib, 38,1 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilinib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,6 foizga ko‘paydi. Eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar savdo sohasida (23,1 foiz), sanoat tarmog‘ida (22,4 foiz), qurilish tarmog‘ ida (12,9 foiz), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (11,8 foiz), yashash va ovqatlanishda (7.6 foiz), tashish va saqlashda (4 foiz) tashkil etilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning asosiy xususiyati shuki, uning uchun mintaqaviy omillar qoida tariqasida, investorlar jalb etish jarayoniga ta’siri jihatidan ustunlik qiladi. Investitsiyaviy muhit tahlilini tarmoqlar bo‘yicha olib borish zarurligini ko‘rsatib o‘tish kerak. Chunki, ijobiy investitsiyaviy omillar turli tarmoqlar uchun o‘ziga xos jihatlarga ega. Shu bois ham, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ish muhitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar faol davom ettirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hududlar bo‘yicha ulushini ham oshirmoqda.Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar nafaqat korxonalarda ishlatiladigan texnika va texnologik jarayonlarni yangilashni, balki boshqaruv va uning hisobini tashkil etishda innovatsion yondashuvni talab etadi. Shu nuqtai nazardan korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni baholashning amaliyotda qo‘llaniladigan ayrim jihatlarini tadqiq etish katta ahamiyatga ega. O’z navbatida Buxoro viloyati miqyosida olib qaraydigan bo’lsak 2019 yilda 53 ta korxona va tashkilotlar jami 110 ta innovatsion mahsulot, ishlar, xizmatlarni joriy qilgan bo’lib, ular tomonidan 76618,8 mln. so’mlik innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarildi.


5-jadval:
2019 yilda Buxoro viloyati bo’yicha o’z kuchi bilan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarish hajmi10

Jami

Ulardan:


2019 yilda birinchi marta o’zlashtirgan

2017-2018 yillarda birinchi marta o’zlashtirgan

2017-2019 yillarda takomillashtirilgan

76618,8

32712,3

30133,2

13773,3



Oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim, kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti, mustaqil izlanuvchilik) doktoranturada ta'lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi.
2019 yil oxiriga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar soni viloyat bo’yicha 56 kishini tashkil qildi. 31 nafar katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar qabul qilinib, 17 nafar katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar bitirdi.


6-rasm. 2019 yilda fan sohalari bo’yicha hududlar kesimida ilmiy tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlarni fan sohalari bo’yicha ulushi.11

O’zbekiston Respublikasida hududlar kesimida bu kabi o’zgarish va natijalar davlat tomonidan innovatsiyalarning qo’llab quvvatlanishi , innovatorlar va ilmiy tadqiqotchi xodimlarga yaratib berilgan shart-sharoit va qulayliklar hamda tadqiqotlarni har jihatdan qo’llab quvvatlash uchun ajratilgan moliyaviy ko’mak samarasidir .



Download 280,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish