Iqtisodiyot” kafedrasi “Korxona Iqtisodiyoti va Innovatsiyalarni boshqarish” fanidan



Download 280,91 Kb.
bet20/21
Sana18.02.2022
Hajmi280,91 Kb.
#452226
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-kurs

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o’rnida shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki innovatsiyalar muhim iqtisodiy komponent hisoblanib, iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni rivojlantirishda, korxonaning doimiy faoliyat yuritishi va iqtisodiy o`sishida katta rol o`ynaydi. Ishlab chiqarish sohasida innovatsion institutlar faoliyatini mukammallashtirish davlat innovatsion siyosatining muhim yo`nalishi hisoblanadi. Ko`pgina iqtisodiy ilmiy ishlarda innovatsion institutlar innovatsiyalarni tadbiq etishni amalga oshiruvchi, shuningdek, innovatsiya sohasida vositachilik va konsalting xizmatlari ko`rsatuvchi har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi ixtisoslashtirilgan korxonalar sifatida qaraladi.
Shunday qilib, O`zbekistonda ilm-fanni rivojlantirishning davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash borasida yangi tizim shakllantirildi. U barqaror iqtisodiy taraqqiyotning ancha zarur masalalarini hal qilishga qaratilgan kuch va vositalar kontsentratsiyasini ta`minlashga qaratilgan. Barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlash uchun faol innovatsion, sanoat, tarkibiy, ilmiy-texnik siyosatni yuritish zarur. Bu esa o`z navbatida davlat iqtisodiy quvvatining qayta tiklanishning boshlanishi uchun butun jamiyatga asos bo`lib xizmat qiladi.
2018-yil 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 3697-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, o’tkazilgan tahlil natijalari mamlakatda faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga to‘sqinlik qiluvchi, jumladan, quyidagi qator tizimli muammolar mavjudligidan dalolat beradi:
birinchidan, hududlarning mavjud resurs bazasi va salohiyatini hisobga olgan holda ilg‘or va zamonaviy innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar va innovatsiyalar bozorini tizimli tahlil qilish yodga qo‘yilmagan;
ikkinchidan, innovatsion loyihalar-startaplarga investitsiyalami jalb etish, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasiga innovatsiyalarni faol joriy qiluvchi iqtidorli tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish va muvofiqlashtirish ishlari lozim darajada amalga oshirilmayapti;
uchinchidan, innovatsion rivojlanish sohasida, ayniqsa, joylarda ishbilarmonlik muhiti past darajada, shuningdek, innovatsion va muvaffaqiyatli texnologik loyihalar- startaplarni ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega tadbirkorlarning yetishmovchiligi saqlanib qolmoqda;
to‘rtinchidan, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning ma’lumotlar bazasi mavjud emas, yangi resurslarni yaratish va tajribani biznes- tuzilmalarga o‘tkazish amaliyoti rivojlanmasdan qolmoqda;
beshinchidan, innovatsion ishlanmalar bozorini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari sust darajada ishlab chiqilgan, innovatsion g‘oyalardan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yilmagan, innovatsion ishlanmalarning sifati esa bozor talablariga javob bermaydi;
oltinchidan, innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar sohasiga texnika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va iqtidorli yoshlarni jalb etishga, shuningdek, biznes-inkubatorlarni yaratishga lozim darajada e’tibor qaratilmayapti;
yettinchidan, aholi o‘rtasida innovatsion tadbirkorlikni ommalashtirish ishlari samarali olib borilmayapti, innovatsion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga va ilgari surishga jalb qilishda texnik va psixologik to‘siqlar saqlanib qolmoqda. Bu kabi yechimini kutayotgan muammo va masalalarni hal etishda faqatgina O’zbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligi faoliyatiga tayanibgina qolmasdan turli sohalarda ilg’or , yanada kuchli bilim va salohiyat, intellektual qobiliyat egalari bo’lmish ertangi kunimiz egalari yosh tadqiqotchilarini tarbiyalash maqsadida ta’lim va o’qitish tizimida ko’plab qator o’zgarishlarni amalga oshirish ham o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda nafaqat O’zbekiston balki butun dunyo miqyosida kuchli bilim va malakaga ega bo’lgan tibbiyot xodimlari va innovatsion tibbiy asbob uskunalar, fiziklar, geologlar va foydali qazilmalarni izlab topish tadqiqotlarini olib borishda innovatsion texnikalarga ehtiyoj seziladi. O’zbekiston Respublikasida ana shu kabi og’riqli nuqtalarga e’tibor berish va aynan shu sohalarga yanada ko’proq e’tibor qaratish orqali moliyaviy manbalarni yo’naltirish davlat va jamiyat oldida turgan muammolarni hal etishda hamda innovatsiyalarga asoslangan barqaror iqtisodiyotni qurishda o’ziga xos va mos hamda beqiyos ahamiyatga ega .


Download 280,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish