Iqtisodiyot” kafedrasi “Korxona Iqtisodiyoti va Innovatsiyalarni boshqarish” fanidan


-jadval: Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning tashkiliy shakllari3



Download 280,91 Kb.
bet12/21
Sana18.02.2022
Hajmi280,91 Kb.
#452226
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
1-kurs

3-jadval:


Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning tashkiliy shakllari3





Shakl



Ehtimol bo’lgan sarmoyadorlar



Qarz
mablag’larini
oluvchilar



Shaklardan
foydalanishning
afzalliklari

Bizning mamlakatimiz sharoitida shakldan foydalanishning murakkabligi

Difitsitli
moliyalashtirish



Xorijiy davlatlar hukumatlari. Xalqaro moliyaviy institutlar. O’zbekiston
Respublikasining korxonalari va tashkilotlari

Hukumat

Innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishi va nazorat qilinishi

Moliyalashtirishning nomaqsadiy xarakteri tashqi va ichki davlat qarzlarini o’sishi. Byudjetning xarajat qismini ko’paytirish

Aktsiyadorlik
(korporativ)
moliyalashtirish

Tijorat banklari, instituttsional sarmoyadorlar

Korporatsiyalar, korxonalar

Korporatsiya (korxonalarda investitsiyalardan foydalanishning variant belgisi)

Nomoddiy xarakteri haqiqiy loyihalarp bozorida emas, balki faqat qimmatbaho qog’ozlar bozorida ishlash. Sarmoyador xatarining yuqori darajasi

Loyihani
moliyalashtirish

Hukumatlar, xalqaro moliyaviy institutlar. Tijorat banklari. Mamlakat korxonalari.
Xorijiy
sarmoyadorlar
instutsional
sarmoyadorlar

Investitsion
loyiha.
Innovatsion
loyiha

Moliyalashtirishning maqsadli xarakteri. Xatarlarni taqsimlanishi.
Davlat-ishtirokchi
moliyaviy
muassasalarning
kafolati.
Nazoratning yuqori
darajasi

Investitsiyaon muhitga bog’iqlik, kredit xaratlarining yuqori darajasi. Beqaror qonunchilik va soliq tartibi.

Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion jarayon sarmoyalarni ham xususiy va ham davlat manbalaridan oladi. AQSH va Yevropa mamlakatlarida ularning ulushi taxminan teng Yaponiyada xususiy investitsiyalarning ulushi 80%dan oshib ketadi. Moliyalashtirishning eng ixcham shakli- xatarli sarmoyalar - xususiy manbalarga asoslanadilar. Innovatsion jarayonlar uchun, shubhasiz, ITTIR ni innovatsion jarayondagi belgilab beruvchi bo’g’in sifatida moliyalashtirish eng katta ahamiyatga ega. Masalan, agar 2018 yilning boshida xususiy jamg’armalar, shaxsiy xorijiy kiritmalar va sanoat korporatsiyalari asosiy samaradorlar bo’lgan bo’lsalar, 2018 yilni oxirida u quyidagi ko’rinishni olgan:
Nafaqa fondlariga xususiy xatarli sarmoyalar barcha kiritmalarining 47%;
Xususiy jamg’armalarga -125%;
Xorijiy kiritmalarga -10%;
Yirik korporatsiyalarga - 10%;
Sug’urta kompaniyalariga - 13%;
Davlat va xayr - ehson fondlariga - 7% to’g’ri keladi.
Bunda xatarli moliyalashtirishning umumiy fondi 2018 yil ichida AQSHda 14 marta ko’paygan. 2019 yil arafasidayoq bu mamlakatda investitsiyalarning foydaliligini pasayishida innovatsion sarmoyalarning ba’zi bir ortiqchaligi kuzatilgan. Xatarli biznes uchun moliyaviy mablag’larni taqdim etish tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlaridan tubdan farq qiladi. Innovatsion venchurli biznes moliyalashtirilayotgan loyihani barbod bo’lishi imkoniga yo’l qo’yadi. Birinchi yillar loyiha tadbirkori sarflangan xarajatlar uchun moliyachilar oldida javobgarlikka ega emas va ular bo’yicha foizlarni to’lamaydi. Xatarli saromoyalar sarmoyadorlari birinchi besh yilda yangi tashkil qilingan firmaning aktsiyalarini xarid qilish bilan chegaralanadilar. Agar mulk aktsiyalar bilan berilgan bo’lsa, aktsiyadorlar ularni start davri tugagunga qadar birjada sotish huquqiga ega emaslar. Agar innovatsion firma foyda bera boshlasa, unda u xatarli sarmoyalar kirituvchilami mukofotlashning asosiy manbai bo’ladi.
Eng yangi ko’p ilm iste’mol qiluvchi sohalardagi tatbiq etuvchi firmalar misoli yo’q tijorat xavfiga duchor bo’ladilar. Faqat investitsiya kiritilayotgan yirik texnik loyihalarning o’ndan bir qismi yetarlicha rentabelli bo’ladi. Venchurli fond, shunday qilib, umumiy biznes tarkibidagi o’zining innovatsion sherigini ehtiyot qilgan holda, bu xatarni o’ziga qabul qiladi.Innovatsion fondlar ko’psonli tatbiq etuvchi firmalar bilan, ayniqsa ularning yashash davrlarining eng qiyin, boshlang’ich bosqichida mahkam bog’langan o’ziga xos aqliy diversifikatlar (har tomonlama rivojlantiruvchilarga) aylanadilar. Innovatsion fondlar akademik fan, hammadan avval universitetlar bilan yaqindan hamkorlikka muhim ahamiyat beradilar. Universitetlar laboratoriyalarida yuqori rentabelli texnik loyihalar ishlab chiqariladi, ular venchurli moliyalashtirish uchun ayniqsa o’ziga jalb qiluvchi bo’ladilar. Innovatsion banklar judayam faollar, ular odatda istiqbolli g’oyalarni o’zlari qidiradilar, eng foydali, o’zini tez qoplovchi texnik loyihalar ijrochilari bilan xo’jalik aloqalarini yo’lga qo’yadilar. Eng istiqbolllli innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar xususiy kasbiy boshqariladigan innovatsion venchurli fondlarga murojaat qiladilar. Qoidaga ko’ra, byurokratik himoya va ko’p bosqichli bo’ysunishdan xoli bu fondlar, innovatsion tadbirkorga kerakli boshlang’ich sarmoyalarni, shu jumladan start oldi xarajatlarni beradilar.
Yaponiyada innovatsion tadbirkorlik biroz boshqacha shakllanadi.Bu mamlakatning hukumati an’anaviy ravishda sanoat ITTKI moliyalashtirishga katta mablag’lar ajratmaydi: ITTKIga xarajatlarning 25% ga yaqini davlat ulushiga to’g’ri keladi. Yillar o’tishi bilan ustuvorliklarning majmuasi o’zgaradi, ammo printsipial ishlab chiqarishlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tamoyili qoladi. Yaponiya eng yirik milliy dasturlarni (kosmik tadqiqotlar, biotexnologiya va genetika, ekologiya, Tinch okeanining tadqiqoti, energiyaning eng yangi noan’anaviy manbalari va hokazo) amalga oshirishni boshlaydi. Ilmiy-texnik siyosat davlatning butun iqtisodiy strategiyasining o’zagi bo’ladi. Davlat xususiy samoyalarga nisbatan o’zining innovatsion siyosatini faol amalga oshiradi. Masalan, tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishi belgilangandan keyin TSSV tegishli ishlab chiqarish sohasiga ega barcha yirik sanoat korporatsiyalariga dasutarlar va yirik loyihalarni amalga oshirish bo’yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi. Bunda vazirlik loyiha, nou-xau haqidagi ilmiy va ilmiy-texnik axborotlarni taqdim etadi, tadqiqotlarga yirik universitelar va boshqa ilmiy jamoalarni jalb qiladi, laboratoriya va boshqa ilmiy uskunalarni beradi. Dasturlarni moliyalashtirish bo’yicha xarajatlarni ishtirochi-korporatsiyalar amalga oshiridilar. Davlat sotish bozorlarni kafolatlamaydi. Xususiy sarmoyadorning zimmasiga nafaqat amaliy innovatsion faoliyatni, balki mahsulotning an’anaviy yuqori sifati va narxlarning yetarlicha past darajasini saqlab qolishda yangi bozorlarni shakllantirish vazifasi ham tushadi. Davlat har xil to’g’ridan to’g’ri va vositali choralar bilan xususiy sarmoyalarni zamonaviy innovatsion strategiyaning o’zaniga yo’naltiradi.
Tadqiqot qiluvchi assotsiatsiyalar davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning har xil shakllaridan foydalanadilar. Bunda asosiy fondlarga soliq 25 %ga kamaytiriladi. Yaponiya sanoat kompaniyalarida innovatsion faoliyat ichki korporativ bo’linmalarda loyihaviy vaqtincha guruhlar shaklida va ichki venchurlar ko’rinishida to’liqroq amalga oshiriladi. Ko’pincha ichki venchurli bo’linmalar korporatsiyaning mavjud bo’lgan bo’linmalar bazasida tashkil qilinadilar. Ichki venchurli vazifalarning yig’indisi va mustaqillikning darajasi bo’yicha vazifasi bo’linmalar-kompaniyaning mahsulotli bo’linmalariga o’xshashlar. Ammo agar keyingilar mavjud ishlab chiqarishlarning joriy rentabelligini qo’llab-quvvatlash uchun javobgarlikka ega bo’lsalar, ichki venchurning mustaqilroq tashkilotlari loyihani ishlab chiqish davrida foyda olinishi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar va korporatsiya tomonidan yangi ishlab chiqarishni rentabelligiga erishgunga qadar subsidiyalarni to’liq oladilar.
Innovatsion jaryonni rivojlanishini boshqarishning o’zagi deb davlatning ilmiy - texnik siyosatini hisoblash zarur. Ijtimoiy rivojlanishning barcha elementlari va bo’g’inlarida innovatsiyalar (yangilik kiritishlar, ilmiy- texnik yutuqlar) ni yaratish va tadbiq etish bo’yicha jarayonlar, hamda fan va texnika yutuqlarini (ham ishlab chiqvrish - texnik va ham iste’mol belgilanishida) o’zida ro’yobga chiqaruvchi ilmiy - texnik siyosatining obyekti bo’ladilar.
Davlat ilmiy - texnik siyosati:

  • ilmiy - texnik yutuqlarni tatbiq etilishi va ishlab chiqarishni yangilanishi tufayli malakt mahsulotining raqobatbardoshligini ta’minlovchi innovatsion faoliyatni oshishiga ko’maklashishi;

  • zamonaviy texnologik tartibning asosini tashkil qiluvchi bazisli va yaxshilanuvchi innovatsiyalari har tomonlama qo’llab-quvvatlanishini ta’minlash;

  • raqobatli bozor innovatsion mexanizmini samrali faoliyat yuritishi uchun sharoitlar yaratishi;

  • texnologiyalarning mintaqalararo va xalqaro tranferi, xalqaro investitsion hamkorlik, milliy invesvatsion tadbirkorlikni manfaatlarini himoyalashga ko’maklashish zarur. Innovatsion faoliyatni davlat tomontdan qo’llab-quvvatlanishining aniq shakllariga quyidagilar kiradilar:

  • to’g’ridan to’g’ri moliyalashtirish;

  • yakka kashfiyotchilar va kichik tatbiq etuvchi korxonalarga imtiyozli bank ssudalarini berish;

  • katta soliq imtiyozlaridan foydalanuvchi venchurli innovatsion fondlarni tashkil qilish;

  • yakka kashfiyotchilar uchun davlat potentli bojlarini pasaytirish;

  • resursni tejovchi kashfiyotlar bo’yicha potentli bojlarni to’lash muddatlarini kechiktirish;

  • texnologiyalar, texnoparklar tarmog’ini tashkil qilish va h.k.

Davlat ilmiy - texnik siyosatini amalga oshirishda foydalanadigan tartibga solishning(to’g’ridan to’g’ri va vositali) shakllari va usullari bozor munosabatlarini vujudga kelishi davrida xalq xo’jaligini sotsial- iqtisodiy o’zgarishlarida egiluvchan va adekvat bo’lishi kerak.Innovatsion jarayonlarning ko’rsatib o’tilgan ta’riflari, hamda davlatning hozirgi jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy roli davlat idoralarining innovatsion faolityani tartibga solish bo’yicha vazifalarini aniq belgilab beradi.



Download 280,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish