3.”ROBINZONAD” usuli.
Tadqiqotning bu usuli ROBINZONAD usuli deb nom oldi. Shu usul yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy, ishlab chiqarish munosabatlari chiqarib tashlanadi, iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni kuchaytiriladi, ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soxtalashtiriladi. Biz yukorida merkantilizm ( boylik asosi muomala soxasida), fiziokratizm (yer), iktisodiy ta’limotlarini kurdik. Avtriya maktabining nazariyotchilari esa yukoridagilardan farqli kapitalizmni faqat bozor munosabatlari bilangina bog‘langan yakka xo‘jaliklarning mexanik yig‘idisi deb tasvirlab, mehnatning kiymatni belgilashdagi rolini inkor etdilar. qadriyat nazariyasi Avstriya maktabining konsepsiyalarida markaziy o‘rinni oldi, bu nazariya «eng yukori foydalilik» nomini oldi.Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari ijtimoiy mazmundan mahrum bo‘lgan «ne’mat» va «qadriyat» kategoriyalari (foydalilik) naf tushunchalari bilan almashtirildi. Bunda tovarning kadr kimmati shu mahsulotning foydaliliga va noyobligi bilan o‘lchanadi.
K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat-ijtimoiy zarur mehnatning ifodasi, mehnat esa uning birdan-bir manba ekanligi to‘g‘risidagi qoidani noto‘g‘ri deb e’lon qildilar.Ular qiymat kategoriyasini sub’ektiv mazmun (kimmat) bilan to‘ldirdilar. Uning ustun omili sifatida iste’mol qiymat yoki moddiy ne’matlarning foydaliligi (nafi) qabul etildi. Bem-Baverkning fikricha, Avstriya maktabi iste’mol qiymatiga murojaat etish orqali qadriyatni «Lozim bo‘lgan daraxtdan, ildizning o‘zidan» taxlil eta boshladi.
Shunday qilib Avstriya maktabining iqtisodchilari avalgi davrdagi ilmiy nazariyaning qiymat-tovarlarning ob’ektiv xususiyati bo‘lib, mana shu xususiyat bu tovarlarning ichki mazmunini belgilaydi, degan tub qoidani rad etish orqali qiymat hosil bo‘lishi jarayonini qayta ko‘rib chiqiladi. Yangi yo‘nalish hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari asosidir.
Ular buni baho beruvchilik mulohazalariga va individlarning psixogiyasiga bog‘liq bo‘lgan sub’ektiv kategoriyaga aylantirib qo‘ydilar. Bu esa navbatdagi yangi nazariya bo‘lib, bu nazariya qiymatni u hosil bo‘ladigan sharoit va manbadan ishlab chiqarish va mehnat sohasidan butunlay ajratib qo‘yadi. Byom-Baverkning hamma mulohazalari jarayonni oydinlashtiradigan, ushbu kategoriyada ifodalanadigan ishlab chiqarish munosabatlarini kengaytiradigan fikrlar asosiga qurilgan. «Eng yuqori foydalilik», «noyoblik» nazariyalari Avstriya maktabi va boshqa yangi konsepsiyalar uchun asos bo‘ldi, Byom-Baverkning ta’biricha, qadriyat to‘g‘risidagi ta’limot daromadni taqsimlash, shu jumladan, yer rentasi, ish haqi, kapitaldan olinadigan foyda to‘g‘risidagi butun o‘z doktrinasining markaziy bandidir.Kembridj maktabi. A.Marshall va uning narx, ish haqi hakidagi nazariyalari. Kapitalizmdan imperializmga o‘tish davrida Angliyada Kembridj dorilfununida iqtisodchilar maktabi vujudga keldi.Maktabning nomi ham shu dorilfununning nomidan olingan. Alfred Marshall (1842-1924) marjinalizmning «Kembridj maktabi» lideri hisoblanadi. U Kembridj (Angliya) universitetida o‘qidi, uni tugatdi va shu yerda butun hayoti davomida o‘qituvchilik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |