Loyiha davomiyligi - loyihaning amalga oshirish vaqtini davomiyligini ifodalovchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mazkur loyiha qisqa loyiha sirasiga kiradi, ya’ni uning davomiyligi 4 oydan, aniqroq aytganda boshlanish kunidan boshlab 30 haftadan keyin foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Loyihani moliyalashtirish – loyihaning umumiy summasi 500 mln so’mni tashkil qiladi. 300 mln so’m o’z mablag’lari hisobidan va 200 mln so’m kredit hisobiga to’lanadi. Loyihaga sarflangan mablag’larning qoplanish muddati, kelajakdagi foydaning joriy qiymati, loyihaning samaradorligi kabi ko’rsatkichlar loyiha tahlili bo’limida ko’rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |