To‘rtinchi usul uskunaning yoqilishi yoki kommutatsiya qilinishining alohida tamoyilini taklif etadi, bu uning ishlashini ta’minlaydi (bu usuldan kamdan-kam foydalaniladi).
Bank ishida ikkinchi guruhdagi shaxsni identifikatsiyalash vositalari ko‘proq tarqalgan: aniq bir predmet (kartochka, elektron kalit, jeton). Tabiiyki bunday kalitdan foydalanish birinchi guruhdagi identifikatsiyalash vositalari va usullari bilan hamjihatlikda amalga oshiriladi: ma’lumotdan foydalanish (maxfiy kod, parol).
Chet el kapitali ishtirokidagi Savdogar aksiyadorlik tijorat banki Ishtixon filiali – tadbirkorlik, bunyodkorlik va taraqqiyot xizmatida.
Chet el kapitali ishtirokidagi Savdogar aksiyadorlik tijorat banki Ishtixon filiali ning asosiy vazifalari:
• Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga, fermer va dehqon xo`jaliklariga o`zlarining ishlab chiqarish faoliyatini mustahkamlash va kengaytirishlari uchun mikrokreditlar berish, keng ko`lamdagi bank hamda konsalting xizmatlari ko`rsatish;
• Mikrokreditlar berish yo`li bilan mikrofirmalar, oilaviy biznes va kasanachilik rivojlanishini rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash xisobiga tadbirkorlik sohasi kengayishiga ko`maklashish;
• Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejani, uning moliyaviy holatini, kreditni to`lash bo`yicha majburiyatlari ta`minlash manbalarini sinchiklab tahlil etish asosida mikrokreditlarning qaytarilishini ta`minlash;
• Mikrokredit berish bo`yicha xizmatlar ko`rsatishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investisiya va grantlarini jalb etish;
• Qishloq joylarda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga xizmat ko`rsatish uchun qo`shimcha imkoniyatlarni ta`minlaydigan filiallar va mini-banklar tizimi orqali moliyaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish.
Chet el kapitali ishtirokidagi Savdogar aksiyadorlik tijorat banki Ishtixon filialibugungi kunda bank o`zining yetuk mutaxassislari bilan 410 mingdan ortiq mijozlariga sifatli bank xizmati ko`rsatib kelmoqda.
Chet el kapitali ishtirokidagi Savdogar aksiyadorlik tijorat banki Ishtixon filialio`z mijozlariga milliy hamda chet el valyutasida quyidagi bank xizmatlarini ko`rsatadi:
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning xisob-varaqalarini ochish va hisob-varaqalar bo`yicha hisob-kitob yuritish;
omonatlarni jalb qilish;
kreditlar va uning foizlarini o`z vaqtida qaytarilishini ta`minlash bilan, o`z mablag`lari va jalb etilgan mablag`lar hisobidan o`z nomidan kreditlar berish;
mablag` egasi yoki mablag`ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag`larini boshqarish;
pul mablag`larining to`lov va hisob-kitob xujjatlarini inkassa qilish;
uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
qimmatli qog`ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog`ozlarni boshqarish, qimmatli qog`ozlar bilan boshqa operasiyalarni bajarish;
bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko`rsatish;
jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po`lat sandiqlarni ijaraga berish;
WESTERN UNION xalqaro pul ko`chirish xizmatlarini amalga oshirish;
moliya lizing xizmatlari ko`rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |