O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTITETI MAKROIQTISODIYOT KAFEDRASI
Mehnat iqtisodiyoti fanidan
Referat Mavzu: Mehnat bozorini tartibga solish zaruriyati va usullari.
Bajardi:(5520100)Ijtimoiy ish:pensiya ta’minoti 2-kurs
talabasi Dusov Ma’murbek
Qabul qildi: katta o’qituvchi Xajbakiyev Shuhrat
Toshkent-2022
Mundarija. Kirish………………………………………………………………….3
Mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va rivojlanish tamoyillari....................................................................................................6
Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishda jahon tajribasi.…………………………………………………………………………………………….……8
O’zbekistonda mehnat resurslarining hududiy harakatchanligini oshirish yo’nalishlari……………………………………………………………………………………………13 XULOSA……………………………...................................………………..20
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….……………………22
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mehnat bozori ish bilan bandlikni tartibga solishda faol rol o’ynaydi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mos ravishda ijtimoiy mehnat sohasidagi munosabatlarning rivojlanishini ham taqozo qiladi.
O’zbekistonda mehnat bozorini tartibga solishda mehnat resurslarining hududiy harakatchanligini oshirish talab etiladi.Chunki mamlakatimizda mehnat resurlarini notekis joylashgan bo’lib uni tartibga solishda aholi zichligi inobatga olinadi.Mustaqil ishni yozish jarayonida hududlar kesimida aholi zichligini aniqlash va uning harakatchanlik tendensiyalarini o’rganishga e’tibor qaratildi.
Mamlakatimizda 2030- yilgacha rivojlanishning Yangi O’zbekiston strategiyasining 85- maqsadi ham aynan mehnat bozori munosabatlarini tartibga solish v aholiga munosib ish o’rinlarini yaratishga qaratilgan. Dastur ijrosini taminlash maqsdida quyidagi maqsadlar belgilab qo’yilgan:
Norasmiy ishlayotgan 2,5 million nafar fuqaroning bandligini legallashtirishga yordam berish orqali ularda ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan to‘liq foydalanish imkoniyatini yaratish.
Ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 baravar kamaytirish, 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish. Ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishda mahalliy darajada (“mahallabay” tamoyili asosida) ijtimoiy ishlarni olib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yish.
Hududlar, shaharlar va tumanlar kesimida kambag‘al toifadagi oilalar, ayollar va yoshlarni yagona elektron hisobga olish tizimini yaratish, kambag‘allikning qayta tiklanish xavfini bartaraf etish. Hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish.
Ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha ehtiyojmand aholining kamida 85 %foizini ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va aholi qatlamlariga, shuningdek, vaqtinchalik og‘ir sharoitga tushib qolgan fuqarolarga to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat ijtimoiy yordamini ko‘rsatish.1
Bu esa, ish bilan bandlik oshirish va uning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishni zarurat etadi. Respublikada har yili aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlanadigan dasturlarni amalga oshirish, bo‘sh va kvotalanadigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zini o‘zi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda mehnat bozorida ro‘y berayotgan qator jiddiy o‘zgarishlar, xususan, ish bilan band bo‘lganlar sonining 1,5 barobarga, ish beruvchilar soni 4,5 barobarga oshgan. Xususan, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmining aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda ikki baravar o‘sishiga erishish, barcha xotin-qizlar va erkaklarni, shu jumladan, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni barqaror va samarali bandlik hamda munosib ish bilan, shuningdek, teng qiymatli mehnat uchun teng ish haqi to‘lanishini ta’minlash ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.2 Mehnat bozorini tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 20 oktyabrda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 apreldagi “2021 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori, “Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risida”gi 187-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.3