Iqtisodiyot fakultiteti makroiqtisodiyot kafedrasi



Download 253,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.06.2022
Hajmi253,72 Kb.
#665429
1   2   3   4
Bog'liq
obidjanov otabek555555

 
 
 
 


3.
Axborot texnologiyalari va iqtisodiy axborotlar tizimi. 
Axborotlar tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud 
bo‘lgan, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o‘z boshqaruvi uchun 
tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu ayniqsa ishlab 
chiqarish jarayonlari - moddiy va madaniy ne’matlarni ishlab chiqarish bilan 
bog‘lik jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim 
ahamiyatga ega. Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun 
eng avvalo uning iqtisodiy ob’ektini boshqarish tizimidagi tutgan o‘rnini aniqlab 
olish lozim. Bu ob’ekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog‘lik. 
Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob’ekti va 
boshqaruv sub’ektini o‘zida namoyon etadi. Boshqaruv sub’ekti maqsadlarni 
shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni 
moslashtiruvchi, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlardan 
tashkil topadi. Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to‘g‘ri (T) va aks (A) 
aloqalar bilan bog‘langan. To‘g‘ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv 
ob’ektiga yo‘naltiradigan direktiv axborot oqimida ifodalanadi, aks aloqa teskari 
yo‘nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi axborot 
oqimida o‘z aksini topadi. Direktiv axborot boshqaruv apparati tomonidan 
yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat, atrof muhit haqidagi axborot va boshqaruv 
maqsadlariga muvofiq holda yaratiladi. Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash 
vositalari, ma’lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek ma’lumotlarni qayta 
ishlash bo‘yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining 
o‘zaro aloqasi iqtisodiy ob’ektning axborot tizimini tashkil etadi. 
Axborot tizimi (AT) - boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun 
xodimlarni turli xil axborot bilan ta’minlovchi ob’ekt haqidagi axborotni yig‘ish, 
uzatish va qayta ishlash bo‘yicha ma’lumotlar va kommunikatsiyaviy tizimni 
o‘zida namoyon etadi. Avtomatlashtirilganlik darajasiga qarab qo‘lda 


qilinadigan, avtomatlashtirilgan va avtomatik axborot tizimlari bor. Qo‘lda 
qilinadigan axborotlar tizimida -boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash 
funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, boshqasi inson tomonidan 
bajariladi. Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumotlarni qayta 
ishlashning barcha funksiyalari texnika vositalarida inson ishtirokisiz amalga 
oshiriladi. Qo‘llanish sohasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga 
ajratish mumkin: - ilmiy tadqiqotlar; - loyihalashtirishni avtomatlashtirish; - 
tashkiliy boshqarish; - texnologik jarayonlarni boshqarish; Ilmiy AT ilmiy 
xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahlil etish, tajribalarni 
boshqarish uchun mo‘ljallangan. Loyihalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi 
texnika 
ishlab 
chiqaruvchilar 
va 
muhandis 
loyihachilar 
mehnatini 
avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Tashkiliy boshqarishning AT –shaxslar 
funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu sinfga ham sanoat 
(korxona) ham nosanoat ob’ektlari (bank, birja, sug‘urta kompaniyasi) va ayrim 
ofislar (ofislar tizimlari) ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi. Texnologik 
jarayonini boshqarishning axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan (metallurgiya, energetika). 
Ko‘pgina korxonalar bozor sharoitida axborotga mulkchilikning, boshqa 
istalgan turlari kabi, saqlash, foydalanish va himoya qilish zarur bo‘lgan 
qimmatbaho zahira sifatida baho berishadi. Ishlab chiqarish va xo‘jalik 
faoliyatini boshqarish uchun zarur korxona buxgalteriya axborot tizimlari 
(BUAT) ni barpo etadi. Ularning asosiy maqsadi cheklangan zahiralardan, 
shuningdek, muqobil variantlardan foydalanishda asoslangan qarorlarni qabul 
qilish uchun korxona rahbariyatini moliyaviy axborot bilan ta’minlashdir. 
Buxgalteriya axborotining asosiy foydalanuvchilari korxona rahbariyatidir. Bu 
axborot asosida korxonaning so‘ngi hisobot davridagi sof foydasi, foyda 
me’yorining kutilayotgan hajmga muvofiqligi, ishlab chiqarilgan mahsulot 
tannarxi aniqlanadi.


Integrallashning bank axborot tizimlari (BAT) yagona dasturiy texnologik 
majmuani o‘rnida namoyon etadi, u moliya va kreditning belgilangan sharoitlari 
bo‘yicha nazorat qiladigan zahiralarni o‘zlashtirishi, qaytarilishi va 
balanslanganligini tezlashtirish vositasidir. Integratsiyalashgan BAT bank 
vazifalarining yig‘indisini yaxlit holda qamrab oladi. U alohida holdagi 
avtomatlashtirilgan vazifalar yig‘indisi emas, balki murakkab tizimga xos 
bo‘lgan kompleks dasturlardir. 
Axborot tizimlari ma’lumotlari bilan ishlash mutaxassislarga keng yordam 
beradi. Muhandislar va loyihachilar ishi samaradorligini oshiradi. Bunday 
axborot tizimlarining 18 vazifasi – tashkilotlarga yangi ma’lumotlarni 
integratsiyalash va qog‘oz hujjatlarni qayta ishlashga yordam berishdir. Sanoat 
jamiyati axborot jamiyatiga aylanib borar ekan, iqtisodiyot mahsuldorligi borgan 
sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bog‘lik bo‘la boradi.
Bunday tizimlar ayniqsa ishchi stansiyalar va ofis tizimlari ko‘rinishda 
bugungi kunda biznesda eng tez rivojlanmoqda. Ma’lumotlarni qayta ishlashning 
axborot texnologiyalari yaxshi tuzilmalashgan vazifalarni hal qilish uchun 
mo‘ljallangan, ularga ko‘ra zarur kirish ma’lumotlari mavjud.
Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ayrim mayda, doimo 
takrorlanuvchi operatsiyalarni avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo‘lmagan 
malakali xodimlarning operatsiyaviy (ijrochilik) faoliyati darajasida qo‘llanadi. 
Shu bois axborot texnologiyalari tizimlarini bu darajada qo‘llash xodimlar 
mehnati samaradorligini ancha oshiradi, ularni mayda operatsiyalardan ozod 
etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish zaruratiga olib keladi. 
Operatsiyaviy faoliyat darajasiga quyidagi vazifalar hal etiladi:
- firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqida ma’lumotlarni qayta 
ishlash; 


 - firmadagi ishlarning ahvoli haqida davriy nazorat hisobotlarin tuzish; 
- istalgan joriy savollarga javob olish va ularni qog‘oz hujjatlari yoki 
hisoblari ko‘rinishida rasmiylashtirish. Ma’lumotlarni qayta ishlash quyidagi 
jihatlar bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi:
- ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha firmaga zarur bo‘lgan vazifalarni 
bajarish. Har bir firma o‘z faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish va 
saqlashga qonunan haqli. 
Ular firmada nazoratni ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida 
foydalanishi mumkin.Shu bois istalgan firmada ma’lumotlarni qayta ishlash 
axborot tizimi albatta bo‘lishi va tegishli axborot texnologiyasi ishlab chiqilishi 
lozim;
- faqat yaxshi tuzilmalashgan vazifani hal etish mumkin;
- odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini 
bajarish;
- taftish jarayonida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan 
boshigacha ketmaketlik tartibida tekshiriladi;
- voqealar ketma-ketligiga urg‘u berish;
Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasining asosiy 
komponentlari va xususiyatlari quyidagicha: 
Ma’lumotlar banki. Firmaning mahsulot yoki xizmatlar ishlab 
chiqarshiga qarab uning har bir xatti harakati haqida tegishli ma’lumotlar yozuvi 
bo‘ladi. Odatda tashqi atrofga tegishli firma xatti harakatlari u ishlab 
chiqaradigan operatsiya sifatida alohida ajralib turadi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash. Firma faoliyatini aks ettiruvchi kelib 
tushayotgan ma’lumotlardan axborotni yaratish uchun quyidagi operatsiyalardan 


foydalaniladi: tasnif va guruhlash. Boshlangich ma’lumotlar odatda bir yoki bir 
necha ramzlardan tashkil topgan kodlar ko‘rinishida bo‘ladi. Ob’ektlarning 
ayrim belgilarini ifodalovchi bu kodlar yozuvlarni aynan o‘xshatish va guruhlash 
uchun foydalanadi; 
- yozuvlarni izchilligini tartibga solishga yordam beruvchi sortlash;
- arifmetik va mantiqiy opreratsiyalarni o‘z ichiga olgan hisoblashlar; 
- ma’lumotlar sonini kamaytirish uchun xizmat qiluvchi yiriklashtirish 
yoki agregatlashtirish;
Ma’lumotlarni saqlash. Operatsiyaviy faoliyat darajasidagi ko‘pgina 
ma’lumotlarni keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa darajada saqlash 
zarur. Ularni saqlash uchun ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Hisobotlar (hujjatlar)ni yaratish. Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot 
texnologiyasida firma rahbariyati va xodimlari uchun hujjatlar yaratish lozim. 
Boshqarishning axborot texnologiyalari maqsadi qarorlarni qabul qilishga 
aloqasi bo’lgan firma barcha xodimlarining axborot ehtiyojlarini qondirishdir.U 
boshqarishning istalgan darajasida foydali bo‘lishi mumkin.
Boshqaruvning axborot texnologiyasi xilma-xil turdagi hisobotlarni 
yaratishga mo‘ljallangan. Doimiy hisobotlar belgilangan grafikka muvofiq 
yaratiladi.
Maxsus hisobotlar boshqaruvchilar so‘rovi bo‘yicha yoki kompaniyada 
biror-bir rejalashtirilmagan hodisa ro‘y berganda yaratiladi. 
Qiyosiy hisobotlar turli manbalardan olingan yoki turli belgilarga ko‘ra 
tasniflangan va qiyoslash maqsadlari uchun foydalaniladigan ma’lumotlarni o‘z 
ichiga oladi.


Favqulodda hisobotlar istisno (favqulodda) tariqasidagi ma’lumotlarni 
qamrab oladi. Avtomatlashtirilgan ofis firma boshqaruvining barcha darajadagi 
menejerlari uchun, faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo‘llab-quvvatlash 
uchingina emas, balki ularga tashqi muhit bilan yangi kommunikatsiya 
vositalarini taqdim etishi jihatdan ham diqqatni o‘ziga tortadi. 
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi kommunikatsiya 
jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit bilan axborot uzatish va u 
bilan ishlashning kompyuter tarmoqlari va zamonaviy vositalar negizida tashkil 
etish va qo‘llab quvvatlashdir. 
Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta’minlovchi 
kompyuter va nokompyuter texnik vositalar uchun bir necha unlab dasturiy 
mahsulotlar ma’lum: matnli protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, 
elektron kalendar, audiopochta, telekonferensiyalar, shuningdek boshqaruv 
faoliyatining maxsus dasturlari kiradi. 
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning tizimi tarkibiga uch asosiy 
qism: ma’lumotlar bazasi, modellar bazasi va tizim osti dasturi kiradi, so‘ngisi 
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT), modellar bazasini boshqarish 
tizimi (ModBBT) foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasidagi interfeys bilan 
boshqarish tizimidan iborat. 
Ma’lumotlar bazasi qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning 
axborot texnologiyasida muhim rol o‘ynaydi. 
Ma’lumotlar bevosita foydalanuvchi tomonidan matematik modellar 
yordamida hisob-kitoblar uchun foydalanishi mumkin. Ma’lumotlarning bir 
qismi axborot tizimidan operatsiyaviy darajaga kelib tushadi.Ulardan samarali 
foydalanish uchun bu ma’lumotlar oldindan qayta ishlanishi lozim. 


 Firma operatsiyalari haqidagi ma’lumotlardan tashqari, qaror qabul 
qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi ishlashi uchun boshqa ichki ma’lumotlar, 
masalan, xodimlarning harakatlanishi haqidagi ma’lumotlar talab etiladi. Ular 
o‘z paytida kiritilishi lozim. Boshqarishning yuqori darajalarida qaror qabul 
qilishni amalga oshirish uchun tashqi manbalardan olinadigan ma’lumotlar 
ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Ichki ma’lumotlardan farqli ravishda tashqi ma’lumotlar odatda ularni 
yig‘ishga ixtisoslashgan tashkilotdan sotib olinadi. 

Download 253,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish