2. Axborotni tasniflash tamoyillari.
Axborot doimo o‘z manbalariga va axborotdan foydalanuvchilarga ega
bo‘ladi. Xabarlarni axborot manbaidan axborot iste’molchisiga yetkazib berish
yo‘llari va jarayonlari axborot kommunikatsiyalari deb ataladi. Hozirgi davrni
informatikasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda
hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy
zahirasi - axborotdir. Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob’ektlar
to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni o‘zgartiruvchi, o‘zaro konseptual bog‘lik
ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi.
Informatikada axborot bilan bir qatorda ma’lumotlar tushunchasi ham keng
qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan,
balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash
mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni
kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga
aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan ma’lumotlar, deb atasa ham
bo‘ladi. Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib qo‘yilsa,
avvalgi ma’lumot axborotgga aylanadi. XX asr oxirlarida ilg‘or mamlakatlarda
fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot
jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bo‘lmoqda. Butun dunyo
makonining elektron kvartira va kottejlarida yashovchi kishilar yagona
kompyuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmoqda. Istalgan
turar joy turli elektron uskunalar va kompyuterlashgan moslamalar bilan
jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi,
moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan
oqimida zarur axborotni ko‘rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni
ko‘zda tutadi. Axborot tanlash ancha mehnat talab qiladigan, demakki, qimmat
turadigan jarayon. Shuning uchun uni tasniflash zarur. Tasnif tizimini axborotga
qo‘llash uchun quyidagicha yondashish zarur:
1.axborotni tahlil qilish tasnif va qiyoslash vositalari asosida bo‘lishi
kerak;
2 tasnif asosiga turli omil va koordinat tizimlari quyilishi lozim;
3 ayrim omil va koordinat tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi
mumkin, masalan aniq bir bozor va tovarlarni bilish zarur;
4 tahlilning mohiyati va teranligi avvalo berilgan axborot turi va hajmiga
bog‘lik. Axborotni turli belgilarga qarab tasniflash mumkin.
1. Axborot olish usuli bo‘yicha quyidagilarga ko‘ra tasniflanadi:
a) tadqiqot davomida bevosita so‘rov varaqalari yordamida, telefon
so‘zlashuvlari va shaxsiy suhbat yo‘li bilan olib borilishi mumkin;
b) davriy va maxsus adabiyotlarni o‘rganish orqali;
v)ma’lumotlarni telefaks yoki tayyorlangan magnitli tashuvchilar
vositasida uzatish. Odatda bu axborot maxsus axborot agentliklari so‘rovi
bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunday axborot u yoki bu muammo yoki muhitga
muvofiqligi, shuningdek to‘laqonligi va ishonarliligi bilan ajralib turadi.
Ma’lumot va xabarlarni optik disklar (kompakt disklar) da uzatish so‘nggi
yillarda keng ommalashdi. Ularda nafaqat matn, balki istalgan boshqa video va
audio axborot yozuv ham olib boriladi.
2. Qayta ishlash usuliga ko‘ra ma’lumotlar birlamchi, ikkilamchi, hosila,
mantiqiy xulosa va yakunlarga bo‘linadi. Jumladan, boshlang‘ich axborot odatda
voqe’likda yuz beruvchi jarayonlarni kuzatish natijasida shakllanadi va qayta
ishlanmasdan qayd etiladi. Ikkilamchi axborot uz asosiga ko‘ra birlamchi
ma’lumotlarga tayanadi. Hosila axborot dastlabki, ikkilamchi yoki boshqa
axborotni qayta ishlash natijasidir. Shu bilan birga, tadqiqotlarda boshlang‘ich
axborot sifatida rejalashtirish, hisob va tahlil vazifalarini hal etish jarayonida
olingan ma’lumotlar kiritiladi.Shu munosabat bilan boshlang‘ich va hosila
axborotni uning yuzaga kelishi muhiti va foydalanish nuqtai nazaridan ko‘rib
chiqish lozim.
3. Tadqiqot ob’ekti nuqtai nazaridan axborot eng avvalo tashqi
makromuhit ta’sirini hisobga olgan holda ma’lumotlar bazasini yaratish va
avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banklaridan foydalanish uchun ancha
asoslangan yo‘nalishni tanlash maqsadida bozor ehtiyoji va talablarini
o‘rganishga yo‘naltirilgan.
4. Funksional vazifasiga ko‘ra axborotni quyidagicha tasniflash mumkin:
a)yangi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishda bozorda firmaning
moliyaviy va iqtisodiy ahvoli qanday bo‘lishini ochib beruvchi axborot;
b) bozorning aniq segmentida raqobatchilar holatini ifodalovchi axborot;
v) amalda erishilganiga qaraganda ko‘zlangan natijadan chetga chiqishni
aniqlash bo‘yicha axborot (chetga chiqish sabablarini belgilash ). Bu uchala
turlar bab-baravar muhim, zero ulardan birgalikda foydalanishgina firma
vazifalarini samarali hal etishni ta’minlaydi. Axborotning birinchi turi -
prognozlash va rejalashtirish funksiyasi bilan; ikkinchisi - hisob-kitob funksiyasi
bilan; uchinchisi - nazorat va tahlil funksiyalari bilan bog‘likdir.
5. Vazifasiga ko‘ra axborot ma’lumotnoma, tavsiyanoma, me’yoriy va
signalli turlariga bo‘linadi. Ma’lumotnoma axborot ko‘proq tanishtiruvchi
xususiyatga ega, ob’ektlarning qancha barqarorligi belgilarini tavsiflaydi va
ma’lumotnomalar tizimi shaklida namoyon bo‘ladi. Xorijiy ma’lumotnoma
axborotini avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning
soni yildan-yilga uzluksiz ko‘payib bormoqda. Tavsiyanoma axborot o‘z
navbatida bosma nashrlarda e’lon qilingan va tijorat ma’lumotlar bazalaridagi
ma’lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni o‘tqazish natijalariga
ko‘ra shakllanadi. Me’yoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi
va foydalaniladi. U ishlab chiqarishning turli elementlari rejali, miqdoriy
o‘lchovini tavsiflovchi ilmiy va texnik asoslangan me’yorlar tizimini aks ettiradi.
Signalli axborot muhitdagi ob’ektlar faktik holatining rejasidan chetga chiqishi
paydo bo‘lganda yuzaga keladi. Chetga chiqish sabablari aniqlangandan so‘ng
ularni bartaraf etish tadbirlari ko‘riladi.
6. Taqdim etish usuliga ko‘ra axborot matn, jadval, matritsa, grafik va
dinamik qatorlarga bo‘linadi. Matn axboroti eng ko‘p rasmiylashtirilgandir, shu
bois uni qayta ishlash uchun hozirgi paytda gipermatn dastur tizimi ko‘rinishida
maxsus dasturiy vositalar qo‘llanilmoqda. Bunday tizimlar matn hujjatlar
ma’lumot bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo‘ljallangan. 7.
Axborot o‘zining barqarorligiga ko‘ra o‘zgaruvchan, shartli-doimiy va doimiyga
bo‘linadi. O‘zgaruvchan axborot ob’ektlar ishlashining miqdoriy va sifat
xususiyatlarini aks ettiradi. Shartli-doimiy va doimiy axborotlar muhitning
doimiy o‘lchamini aks ettiridi, shu bois ular uzoq vaqt mobaynida o‘zgarmas
bo‘lib qoladi. Axborotning pragmatik o‘lchovi iste’molchi tomonidan oldiga
qo‘ygan maqsadga erishish uchun axborotning foydaliligini (qimmatligini)
belgilab beradi. Ushbu o‘lchov ham u yoki bu tizimdagi axborotdan foydalanish
xususiyatlari bilan bog‘liq nisbiy ko‘rsatkichdir.
Axborotning o‘lchashda ikki parametr kiritiladi, bular axborotning
miqdori (I) va hajmi (V). Ushbu parametrlar ko‘riladigan yondashuvga qarab har
xil tahlillanishi mumkin. Sintaksis axborot o‘lchov miqdori – bu ob’ektning
ma’nosi bo‘lmagan axborotlari deb hisoblanadi. Xabarlarning axborot hajmi (Vd
) belgilar miqdori bilan aniqlanadi. Har xil sanoq sistemalarida elementar o‘lchov
birligi har xil bo‘ladi. Masalan, ikkilik sanoq sistemasida bu BIT, o‘nlik sanoq
sistemasida DIT (masalan, 10001101 ushbu xabarning hajmi Vd=8 bit, 110859
ushbu xabarning hajmi Vd=6 dit.).
Axborot miqdorini sintaksis yondashuvda faqatgina entropiya (tizimni
noaniq holati) tushunchasi orqali aniqlasa bo‘ladi, chunki biror-bir tizim haqida
biz qabul qilgan axborot ushbu tizim haqidagi bilimimizni o‘zgartiradi. Ushbu
konsepsiya quyidagicha beriladi, faraz qilamiz, α tizimi haqidagi boshlang‘ich
ma’lumotga egamiz. Tizimni noaniqlik holatini H (α ) funksiyasi orqali
aniqlaymiz. Qo‘shimcha β ma’lumot qabul qilinganda biz qo‘shimcha axborotga
Iβ(α) ega bo‘lamiz. Natijada tizimni noaniqlik holati Hβ (α ) ga teng bo‘ladi.
Demak tizim haqidagi axborot miqdori Iβ(α) quyidagicha aniqlanadi Iβ (α)=Hβ
(β) – Hβ (α ), ya’ni noanikliqni o‘zgarishi bilan axborot miqdori aniqlanadi. Agar
tizim N holatga ega bo‘lsa Shennon formulasi bo‘yicha uning entropiyasi teng
bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |