O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTITETI
MAKROIQTISODIYOT KAFEDRASI
Raqamli axborot texnologiyalari fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Turli sohalardagi AATning xususiyatlari
Bajardi:
(5520100)Ijtimoiy ish:pensiya ta’minoti 2-kurs
talabasi Obidjanov Otabek
Qabul qildi:
katta o’qituvchi Alimov Oybek
Toshkent-2022
Reja:
Kirish
1.Axborot texnologiyalari mazmuni va uning vazifalari
2. Axborotni tasniflash tamoyillari.
3.
Axborot texnologiyalari va iqtisodiy axborotlar tizimi.
Foydalanilgan ilova va adabiyotlar ro’yxati.
1.Axborot texnologiyalari mazmuni va uning vazifalari
Hozirgi kunda, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, yangilanish, yangi hayotga
qadam qo‘ygan bir paytda O‘zbekiston o‘zini hamma tomonlama rivojlantirishga bor
kuchi bilan intilmoqda. Shu jumladan, davlatimiz korxona va tashkilotlarida axborot
texnologiyalarini muhim o‘rin tutishi haqida aytib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Albatta,
rivojlanishni hech qanday texnikasiz tasavvur qila olmaymiz, binobarin, biz hozirda
texnika zamonida yashab turibmiz. Bugungi kunda texnika shu darajada
rivojlantirildiki, buning natijasida inson mehnati samaradorligini, ya’ni ishni bajarilish
tezligini, vaqtni tejashlikni, aniqligi va shu kabilarni bir necha martaga oshirishga
muvaffaq bo‘lindi. Bularning hammasini jamiyatning har bir sohasida, ya’ni iqtisodiy
sohadami, ilmiy sohalardami yoki boshqaruvdami, qo‘yingki hamma joyda ko‘rishimiz
mumkin. Sanoatni avtomatlashtirish ishchi kuchidan to‘la foydalanish, mahsulot
sifatini nisbatan yaxshilash imkoniyatini bergan bo‘lsa, boshqaruvda esa ma’lumotlarni
qayta ishlash, saqlash, ma’lumotni bir joydan ikkinchi joyga uzatish, yetqazish singari
bir qancha ishlar qilinmoqda.
Axborot inqiloblari Sivilizatsiya rivojlanishi tarixida bir necha axborot
inqiloblari ro‘y berdi - axborotni qayta ishlash sohasida tub o‘zgarishlar ro‘y bergani
tufayli ijtimoiy munosabatlarda o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o‘zgarishlar oqibati
sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo‘ladi, ya’ni:
1-inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog‘lik, Bu sifat va miqdor
jihatidan ulkan sakrash bo‘ldi. Bilimlarni ajdodlardan avlodlarga yetqazish
imkoni paydo bo‘ldi.
2-inqilob (XVI asr o‘rtalari) sanoat, jamiyat, madaniyat va ish faoliyatini
tashkil etishda keskin o‘zgarish yasagan kitob nashr etishning kashf qilinishi
bo‘ldi.
3-inqilob (XIX asr oxiri) elektrning kashf etilishi bilan bog‘lik bo‘lib, u
tufayli telegraf, telefon, radio yuzaga keldi. Bular axborotni istalgan hajmda
uzatish va jamlashga imkon yaratdi.
4-inqilob (XX asrning 70-yillari) mikroprotsessor texnologiyasi kashf
etilishi va SHKning paydo bo‘lishi bilan bog‘lik.
Mikroprotsessorlar va integral chizmalarda kompyuterlar, kompyuter
tarmoqlari, ma’lumotlarni uzatish tizimlari (axborot kommunikatsiyalari) yaratiladi. Bu
davrda uch fundamental yangilik yuzaga keladi, ya’ni:
- mexanik va elektr vositalaridan axborotning elektron vositalariga o‘tish davri;
- barcha qurilma, asbob , mashinalarning keskin rivojlanilishi;
- dasturiy-boshqaruv qurilma va jarayonlarni yaratish. Bu davr haqida ancha
to‘liq tasavvur hosil qilish uchun quyida keltirilgan EHMlari avlodlari almashuvi bilan
tanishish va uni axborotni qayta ishlash hamda uzatish sohasidagi bosqichlar bilan
qiyoslash maqsadga mufoviq.
1-avlod (50-yillar boshi) Element bazasi – elektron chiroqlar. EHM katta hajmi,
ko‘p elektr quvvati iste’mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda
dasturlanishi bilan ajralib turgan.
2-avlod (50-yillar oxiridan) Element bazasi yarim o‘tkazgichli elementlar.
Oldingi avlod EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan.
Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan.
3-avlod (60-yillar boshi) Element baza - integral chizmalar. EHM hajmining
keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, mahsuldorligining ortishi. Ma’lum
masofadagi terminallardan alohida bo‘lish.
4-avlod (70-yillar o‘rtalaridan). Element bazasi - mikroprotsessorlar, katta
integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. SHK larning ommaviy
chikarilishi. Rivojlanish yo‘nalishi: yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli ko‘p
protsessorli hisoblash tizimlari, arzon mikroEHMlarni yaratish.
5-avlod (80-yillar o‘rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila
boshlandi. So‘ngri axborot inqilobi yangi soha - yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun
texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog‘lik axborot
sanoatini oldingi qatorga ilgari surmoqda. Axborot texnologiyalari, ayniqsa
telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy
qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari
sohasidagi yutuqlarga tayanadi.
Axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar Hozirgi zamonda
iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu informatsion texnologiyalar (ya’ni,
axborot texnologiyalar) hisoblanadi. U ma’lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlashni
amalga oshirib, asoslangan boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
"Axborot" (informatsiya) so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib biron-bir voqea, hodisa,
fakt yoki faoliyat haqida xabar qilish ma’nosini bildiradi. Axborot tushunchasi real
voqe’likning amaliy holatini to‘la mazmunda aks ettirishdan iboratdir. Axborot atrof-
muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o‘rtasida ma’lumotlar
ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan
umummilliy tushunchadir.
Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat
saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu
ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish
imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni
foydalaniladigan ma’lumotlar, deb atasa ham bo‘ladi. Iqtisodiy axborot - axborotning
eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari,
moddiy zahiralar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to‘g‘ridan
to‘g‘ri bog‘liqdir. Axborot texnologiyasi (AT) ob’ekt , jarayon yoki hodisaning holati
haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish
vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Axborot
jamiyati:
Axborot
jamiyatiga
o‘tishda
kompyuter
va
telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash
sanoati yuzaga keladi. Axborot jamiyati - ko‘pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa
uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga
oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatidir. Axborot jamiyatiga xos xususiyatlarni
quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
- axborot inqirozi muammosi hal etildi, ya’ni axborot mo‘l-ko‘lligi va axborot
taqchilligi o‘rtasidagi ziddiyat yechildi;
- boshqa zahiralarga qiyoslanganda axborot ustuvorligi ta’minlandi;
- rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo‘ladi;
- eng yangi axborot texnika va texnologiyalari yordamida avtomatlashtirilgan
holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllandi;
- axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab
olib, umumiylik xususiyat kasb etmoqda;
- butun insoniyat sivilizatsiyasining axborot birligi shakllanmoqda;
- zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun sivilizatsiya
axborot zahiralariga erkin kirishi amalga oshdi. Ijobiy tomonlardan tashqari, salbiy
oqibatlar ham oldindan ko‘rilgan:
- ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi;
- axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning xususiy hayotini buzib
yuborishi;
- sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi;
- ko‘pgina odamlarning axborot jamiyati muhitiga moslashishi qiyinligi.
Axborot - xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zahira bo‘lib,
energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega.
Axborot zahiralari - alohida hujjat va alohida hujjat to‘plami, axborot
tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot
tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to‘plamidir. Moddiy zahiralar - ijtimoiy
mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan mehnat
predmetlari yig‘indisidir, masalan, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya,
yarim tayyor mahsulotlar, detallar va hokazolar.
Tabiiy zahiralar - kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish
uchun jamiyat tomonidan foydalanadigan tabiat ob’ektlari, jarayonlari,
sharoitlaridir. Mehnat zahiralari - jamiyatda ishlash uchun umumiy ma’lumot va
kasbiy bilimlarga ega kishilardir. Moliyaviy zahiralar -davlat yoki tijorat
tuzilmalari ixtiyorida bo‘lgan pul mablag‘laridir. Energetika zahiralari - energiya
quvvati mavjud mahsulotlar, masalan, ko‘mir, neft, mahsulotlari, gaz,
gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar.
Kibernetika, so‘ngra hisoblash texnikasi va axborotlashtirishning paydo
bo‘lishi va rivojlanishi bilan axborot so‘zi o‘zining dastlabki ma’nosini saqlab
qolgan bo‘lsada, ayni paytda bir qator yangi ma’nolarga ham ega bo‘ldi. Axborot
deganda biz qandaydir bir tizim haqida ma’lumotlar, dalillar, bilimlar
yig‘indisini tushunamiz.
Tizim haqidagi axborot yoki kuzatish yo‘li bilan yoki ham tabiiy, ham
modelli tajribalar natijasida yoki mavhum gipotetik tizimlarni o‘rganish -
mantiqiy xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin. Tajriba o‘tkazilguncha
mavjud bo‘lgan axborot aprior, tajribadan keyingisi - aposterior deyiladi. U
shuningdek chin yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Axborot olish jarayoni
ko‘pincha statistik xususiyatga ega bo‘lgani uchun tizim haqidagi axborot
(ayniqsa murakkabi) determinlashgan yoki ehtimollashgan ham bo‘lishi
mumkin.
Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai
nazarlar yuzaga kelgan:
Axborot - xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zahira
bo‘lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega.
Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat,
san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar,
axborot zahiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga
tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda.
Axborot - fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika
ma’lumotlari, bilimlari yig‘indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur
talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining ma’lumoti va
“xom-ashyo”sidir.
Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli
sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig‘indisidir, ya’ni
axborot zahiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning
intellektual hayoti bilan cheklanadi. Ko‘rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi
eng to‘liq, axborot jarayonlari ko‘p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani
bermoqda. Chindan ham, axborot jamiyat va inson faoliyatining barcha
sohalariga
kirib
bormoqda.
Axborot
texnologiyalari,
ayniqsa
telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy
qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa
vositalari sohasidagi yutuqlariga tayanadi. Axborot texnologiyasi (AT) ob’ekt,
jarayon yoki xodisaning xolati haqida yangi sifat axboroti olish uchun
ma’lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang‘ich axborot) vosita va
uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. Axborot jamiyatning
moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari,
axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |