2.3 Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish
Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona,
firma va fermer xo‘jaliklarining ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy subyektlaming xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlaming xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to’lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makro darajada (mamlakat yoki jahon miqyosida)
milliy iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy mahsulot yalpi ichki mahsulot dinamikasi narxlar darajasining o‘zgarishi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari bu tahlil obyekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |