II BOB.O‘ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNING RIVOJLANISHI 2.1 .Xalqaro turizm rivojlanishining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri - Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasi keng jahonga yuz tutdi va xalqaro aloqalarga kirishib ketdi, O‘zbekiston xalqaro aloqalarining rivojlanishida turizm sohasi alohida ajralib turadi. Mustaqillikdan oldin O‘zbekiston aholisi sobiq markaz ruxsati bilangina chet ellarda sayohat qilib kelar edi, xorijiy turistlar ham avval Moskvaga kelib, so‘ng O‘zbekistonga tashrif buyura olishar edi. Buning ustiga, turizmdan olinadigan barcha daromadlarni (shuningdek, valyuta daromadlarining ham hammasini) to‘g‘ridan-to‘g‘ri sobiq markazga jo‘natish majburiy edi. Xorijiy turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlar harajati O‘zbekiston byudjetidan qoplanar, buning evaziga markazdan hech nima olinmas edi. Ya’ni, xalqaro turizmdan O‘zbekiston faqatgina zarar ko‘rar edi.
- Mustaqillikka erishgandan so‘ng O‘zbekiston hukumati birinchilar qatorida turizm sohasining rivojlanishiga alohida e’tibor qarata boshladi va buning uchun mas’ul bo‘lgan yagona tashkilotni tuzdi. O‘zbekiston Respublikasida turizmning rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan tashkilot «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasidir. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 iyuldagi UP-447 raqamli «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining tashkil etilishi» to‘g‘risidagi Farmoni asosida tashkil etilgan. «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining tarkibiga alohida-alohida xo‘jalik faoliyati yuritgan «Inturist», «Sputnik» va Kasaba ittifoqlarining turizm va ekskursiyalar bo‘yicha Kengashi kabi tashkilotlarning mintaqaviy tarkibiy bo‘linmalari birlashtirildi.
2.2. Xalqaro turizm xizmat bozorida o‘tkazilayotgan islohotlar va xavfsiz turizm - Turizm xizmat bozorida o‘tkazilayotgan islohotlarimizning mantiqiy yakuni qo‘yidagi masalalarga qaratilgan: turizmni boshqarish tizimining doimiy ravishda takomillashtirib borilishiga; hukumatimiz tomonidan turizmni rivojlantirish maqsadida markazlashgan holda ajratiladigan mablag‘lar hajmining ortib borishi sharoitida O‘zbekistonning turistlik salohiyatidan samarali foydalanishga; mamlakat byudjetiga tushadigan mablag‘larni oshirishga; xususiy korxonalar va mahalliy aholining moddiy-ma’naviy farovonligini ta’minlashga.
- Mustaqillik yillaridan so‘ng, O‘zbekiston dunyo turizm xizmat bozoriga dadil qadamlar bilan kirib borib, jahon turizmidagi o‘z o‘rnini barqaror egallab bormoqda. TDIU olimlarining tadqiqotlari bo‘yicha, mustaqillik-ning dastlabki yillarida O‘zbekistonda jahon bo‘yicha xalqaro turizmdan olingan daromadning faqatgina 0,002 % gina olingan. (2010 yilda O‘zbekistonda xorijiy turistlardan 15 mln. AQSH doll. miqdorida daromad olingan) hamda dunyo bo‘yicha xalqaro sayohatga chiqqan turistlarning 0,01 % gina qabul qilingan (2010 yilda O‘zbekistonga 596,7mingta xorijiy turist tashrif buyurgan). Hozirda O‘zbekistonga dunyo bo‘yicha xalqaro turizmga chiqqan insonlarning 0,03 % idan ortig‘i keladi (2016 yilda dunyo bo‘yicha 1941,9 mln. kishi xalqaro turizmga chiqqan) hamda dunyo bo‘yicha xalqaro turizmdan olingan daromadning 0,004 % ni tashkil qilgan. (2015 yilda dunyo bo‘yicha xalqaro turizmdan 6680 mlrd. AQSH doll. miqdorida daromad olingan). Ko‘rinib turibdiki, shu yillarda O‘zbekistonning xalqaro turizmdan daromad olishdagi hissasi 2 barobarga, xalqaro turistlarni jalb qilishdagi ulushi 3 barobarga ortgan. Bu vaqt mobaynida jahonda xalqaro turizm ham yuksak sur’atlarda rivojlanayotganligini inobatga oladigan bo‘lsak (dunyo bo‘yicha xalqaro turizm o‘rtacha yiliga 10 %dan o‘sgani holida O‘zbekistonda xalqaro turizm yiliga o‘rtacha 17 % dan o‘sayapti), erishilgan ko‘rsatkichlarning ahamiyatini yanada chuqurroq his qilish mumkin. O‘zbekistonda turizmning rivojlanishida erishilgan ko‘rsatkichlar bilan qo‘yiroqda keltirilgan jadvallar orqali yanada aniqroq tanishish imkoni mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |