O’zbekiston miqyosida kambag’allik ko’rsatkichlari, uning darajasini pasaytirishga qaratilgan islohotlar.
O‘zbekistonga tegishli ko‘rsatkichlar:
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda dastur ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Uni amalga oshirish uchun 700 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.
2019-yil 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi kambag‘allik darajasiga oid statistika keltirildi.
«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12-15 foiz yoki 4-5 million aholimiz kambag‘al. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi14.
14 https://yuz.uz/uz/news/
O’zbekistonda islohotlar:
Dunyo bo‘yicha kambag‘allik – yirik muammolardan biri bo‘lib, uning sabab va oqibatlari birgina davlatning yechimi bilan cheklanmaydi. Kambag‘allik va uning oqibatlaridan aziyat chekadigan aholi qatlamlarining turmush darajasini oshirish va hayotini barqarorlashtirish, zaruriy shart-sharoitlar bilan ta’minlash borasidagi harakatlar dunyo hamjamiyati diqqat markazidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. 2020 yilning 24 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida muhtaram Prezidentimizning eng nufuzli minbarda ilk marotaba sof ona tilimizda yangragan nutqlari ayni paytdagi dunyo voqeyligini real aks ettirgani, keltirilgan tahlil va takliflar o‘z asosiga ega ekanligi bilan jozibadordir15. Zotan, Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida “Tobora tashvishli ohang kasb etayotgan qashshoqlikning ovozi butun dunyo hamjamiyatini, barchamizni bezovta qilishi zarur” deb ta’kidladilar. Bu bejiz emas, albatta. Binobarin, davlatimiz rahbari tomonlaridan kambag‘allikni qisqartirish masalasini global miqyosda olib chiqilishi quyidagi sabablar bilan izohlanadi: Birinchidan, BMT, Jahon banki kabi qator xalqaro tashkilotlari so‘nggi 30 yil mobaynida global miqiyosda kambag‘allikni qisqartirish borasida ijobiy natijaga ega bo‘lib, ularda yetarli tajriba va yo‘nalishlar bazasi shakllandi. Kambag‘allikni qisqartirish muammosi aynan iqtisodiy-moliyaviy imkoniyatlari nisbatan cheklangan hamda institutsional bazaning yetarli darajada rivojlanmagan
mamlakatlarda kuzatiladi. Ikkinchidan, global tus olgan koronavirus pandemiyasi butun dunyoda nafaqat kambag‘allik, balki qashshoqlik darajasining oshib ketishi xavflarini kuchaytirmoqda. Umuman olganda, dunyoda kambag‘allik darajasining oshib ketishi:
(a) yangi turdagi (yoki boshqa) yuqumli kasalliklarning avj olishi va keng tarqalishiga:
(b) odamlarning moddiy ahvoli yoki inson kapitalining yomonlashuvi oqibatida qator mamlakatlarda rivojlanish istiqbollarining salbiy tomonga o‘zgarishi, ularda nobarqarorlik xatarlarining kuchayishi va ushbu muammolarning global tus olishiga olib kelishi mumkin.
Olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasida bo‘lganlar mamlakatimiz jami aholisining taxminan 12-15 foizini, ya’ni, 4-5 mln. kishini tashkil etmoqda. Bu 4-5 mln. aholining bir kunlik daromadi 10-13 ming so‘mdan oshmaydi, ayniqsa, bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lgani bilan, oila daromadining kamida 70 foizi shu oilada biror kishi og‘ir kasal bo‘lganda, uni davolatishga sarflanadi16.
15. 16 https://xabar.uz/uz/economy/post/
Bunday muammolarni hal etishga, umuman iqtisodiy taraqqiyotga erishish bo‘yicha munosabatlarni tartibga soluvchi tizimni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4653- sonli Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etildi17. Hozirda mazkur yo‘nalishda tizimli, ya’ni, aholi kambag‘al qatlamining: doimiy daromad manbaini yaratish; davr talabidan kelib chiqib inson kapitalini rivojlantirish; to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash kabi ta’sirchan mexanizmlar orqali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu bosqichlarda nazarda tutilgan masalalar doirasida quyidagi maqsadli indikatorlarga erishish belgilangan: - kambag‘al aholining ish bilan bandligiga to‘liq erishish, bunda bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali yiliga 100 mingdan ortiq ehtiyojmand va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan fuqarolar uchun ish o‘rinlarini kvotalash; - o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan kambag‘al aholi qatlamlarining 50 ming nafarini ro‘yxatga olish, faoliyatini boshlash, mehnat qurollari sotib olishi va boshqa maqsadlar uchun subsidiyalar ajratish;
- kambag‘al aholi qatlamini kasb-hunar, xorijiy til va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha mikrokreditlar ajratish orqali faoliyatini boshlashi yordamida 50 ming nafar kambag‘al aholi bandligini ta’minlash18.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-4653-sonli qarori.Tadbirkorlikni rivojlantirish va kasbga o‘qitish orqali kambag‘allikni kamaytirish choralari belgilandi.
Hozirgi kunda kambagʻal oilaning shaxsiy kompyuter bilan taʼminlanganligi Respublikadagi oʻrtacha oiladan 12 barobarga, shaxsiy mashina bilan – 11 barobarga, konditsioner bilan – 8 barobarga, changyutgich bilan – 4 barobarga, kir yuvish mashinalari bilan – 4 barobarga, muzlatgich bilan – 2 barobarga, televizor va uyali aloqa vositalari bilan – 1,5 barobarga kamligi kuzatiladi.
17. 18 https://lex.uz/docs/-4776766.page/
Aholining kambagʻal qatlami mamlakatga xos boʻlgan tezkor iqtisodiy oʻsishdan foyda koʻrish imkoniyatidan mahrum boʻlibgina qolmay, jamiyatning turli sohalarida ishtirok etish imkoniyati cheklanganligi tufayli rivojlanishga ham hissa qoʻsha olmaydi.
Davlat bepul oʻrta taʼlimni taʼminlaydi, tibbiy xizmatlarning asosiy paketini kafolatlaydi, “ijtimoiy ahamiyatli va xavfli” sharoitlar uchun parvarish zaif deb tasniflangan guruhlarga ixtisoslashgan yordam va kam taʼminlangan oilalarga imtiyozlar beradi. Ammo, bundan-da koʻpi amalga oshirilishi lozim.
Chunki kambagʻallik holatida tushib qolishdan koʻra, undan chiqib ketish koʻp karra qiyinroq. Oʻzi qishloq sharoitida yashovchi kambagʻal odam kasal boʻlib qolgan sharoitda doktorga uchrashish uchun shaharga qatnashiga toʻgʻri keladi. Uning dori-darmon xarajatlariga yoʻl kira ham qoʻshiladi. Kambagʻal oila farzandi pul topish ilinjida taʼlim olish imkoniyatidan mahrum boʻlib qolishi mumkin, bu esa uning kelajakdagi daromadlari darajasiga taʼsir etadi. Shuning uchun ham koʻp hollarda “kambagʻallik” va “kambagʻallik qopqoni” tushunchalari birga ishlatiladi.
Oʻzbekistondagi kambagʻallik haqida maʼlumot (ular kimlar, qayerda va qanday hayot kechiradilar.
Oʻzbekistonda kambagʻallikni oʻlchashda faqat dastlabki ikkita usul qoʻllaniladi. Oziqlanishga asoslangan usulning natijalari kambagʻallik darajasini 11,4% ekanligini koʻrsatadi. Ikkinchi yondashuv natijalariga asoslanib esa kuniga 5,5 dollar chegarani olganda kam taʼminlanganlik darajasi 36,6% va 3,6 dollar deb olganda - 9,6%ni tashkil etadi. Jahon bankining hisob-kitoblariga koʻra, kambagʻallikning yuqori darajasi Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida kuzatilmoqda19.
Soʻnggi yillarda kambagʻallik darajasini oʻrganish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan omma uchun ochiq maʼlumotlar bazasini yaratishda sezilarli yutuqlarga erishildi. Ular bizga kambagʻallikni tavsiflash, uning omillari, shuningdek, aniq dasturlar va siyosiy islohotlarning kambagʻallikka taʼsiri toʻgʻrisidagi koʻplab farazlarni sinab koʻrish imkonini beradi. Masalan, kambagʻal boʻlgan va boʻlmagan odamlar yoki uy xoʻjaliklarining xususiyatlarini taqqoslab, kambagʻallikning sababini aniqlash va unga qarshi kurashning aniq parametrlarini belgilash mumkin. Bunda maʼlumot quyidagi yoʻnalishlarda tahlil qilinishi mumkin:
19 https://review.uz/uz/post/ozbekistonda-kambagallik-darajasi.page/
• Oila aʼzolarining xususiyatlari: yoshi, jinsi, millati, maʼlumoti va sogʻlik darajasi.
• Uy xoʻjaligining demografik xususiyatlari: oila boshligʻining jinsi, ishlash yoshidagi aʼzolarga toʻgʻri keladigan bolalar va qariyalar soni.
• Mulk: yer, chorva mollari, asboblar va ijtimoiy kapital.
• Faoliyat turlari: faoliyat sohasi, tomorqa faoliyati, bandlik turi.
• Joylashuv: qishloq / shahar, viloyat, tuman.
• Kommunal xizmatlardan foydalanish: elektr energiyasi, ichimlik suvi, tibbiyot muassasasi, maktab, ijtimoiy yordam dasturlari.
• Bozorga kirish va xususiy xizmatlar: bozorlargacha masofa, yoʻl infratuzilmasi, moliyaviy xizm Masalan, Rossiya tajribasi shuni koʻrsatadiki, uy xoʻjaligining kambagʻal boʻlishiga 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning mavjudligi, ishsiz oila aʼzolarining borligi, qishloq joylarda yashashi, barqaror daromad manbalarining yoʻqligi va ularning norasmiy sektorda bandligi va mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi yomonligi kabi omillar taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Shunday qilib, Oʻzbekistondagi kambagʻallikning yana-da aniq tasvirini unga qarshi kurash boʻyicha asosiy chora-tadbirlar va tavsiyalarning mazmunini belgilaydi. Ushbu sohada olib borilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, kam taʼminlangan oila 7 kishidan iborat boʻlib, oila boshligʻining oʻrtacha yoshi 50 yoshdan yuqori va u oliy maʼlumotga ega emas. Jumladan, 11% kam taʼminlangan oilaning boshligʻi ishsiz, 93% holatlarda esa oliy maʼlumotga ega emas va faqat 24% oʻrta maxsus maʼlumotga ega. Kam taʼminlangan uy xoʻjaliklarining 43% doimiy ish joyiga ega emas. 93% markaziy isitish tizimiga, 96% markaziy kanalizatsiya tizimiga va 66% markaziy suv taʼminotiga ulanmagan20.
Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi koʻmagida olib borgan shunga oʻxshash tadqiqotlar natijalariga koʻra esa respublikada kam taʼminlangan uy xoʻjaliklarining ahvolini quyidagicha tavsiflanishi mumkin: ular 3 bolali qishloq joylarda istiqomat qiluvchi, oila aʼzolarining maʼlumot darajasi yuqori boʻlmagan va chet elda mehnat qila oladigan mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan uy xoʻjaliklaridir. Shu bilan birga, kam taʼminlanganlik darajasi aniq mintaqaviy xususiyatga ega.
20 https://rost24.uz/oz/news/iqtisodiyot/1491//
Ushbu natijalar Jahon bankining 2014-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotini inklyuziv diagnostikasi boʻyicha xulosalari bilan mos keladi21. Xususan, eng kam taʼminlangan uy xoʻjaliklari bolalari koʻpayishi sababli kattaroq ekanligi, shuningdek, ishlaydigan kattalar soni kamligi qayd etilgan. Erkaklar orasida farovonlik darajasi har xil boʻlgan guruhlar oʻrtasida mehnat holatida jiddiy tafovut yoʻq. Biroq kam taʼminlangan ayollarning ishchi kuchi tarkibidagi ishtiroki ancha past, har uchinchi kam taʼminlangan oilaning boshligʻi ayol kishi. Isteʼmol (daromadlar) oʻrtasidagi tafovutni belgilovchi uchta eng muhim omil bu oila boshliqlarining jinsi, maʼlumoti va bandlik holati. Ushbu natijalar mamlakatning kambagʻallik muammosini hal qilishda aksariyat mintaqalarda taʼlim sifati, bandlik darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganlik imkoniyatlari va yashash sharoitlari muhimligini tasdiqlaydi. Kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha tavsiyalar kam taʼminlangan uy xoʻjaliklarining xususiyatlari, jamiyat hayotida ishtirok etishda iqtisodiy-ijtimoiy toʻsiqlar va rivojlanishning istiqbolli yoʻnalishlari, shuningdek, makroiqtisodiy va mikro darajada siyosatga asoslangan boʻlishi ularning muvaffaqiyatini belgilaydi.
Inklyuziv biznes modellarini ishlab chiqish. Bugungi kunda dunyoda aholisining kam taʼminlangan qatlamlari energiya, suv taʼminoti, kanalizatsiya, axborot texnologiyalari kabi koʻplab sohalarda sezilarli darajada qondirilmagan ehtiyojlarga ega. Shu bilan birga, rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining turgʻunligi sharoitida kam taʼminlangan guruhlar ishtirokidagi bozor segmentlarining jozibadorligi oshib bormoqda. Kambagʻallar jamiyatning iqtisodiy faol qismi sifatida, agar ularning ishlab chiqarish faoliyatida ishtirok etish imkoniyatlari kengaytirilsa, ishchilar yoki tadbirkorlar sifatida iqtisodiy oʻsish jarayonlarida ham ishtirok etishlari mumkin. Shuning uchun zarur bilim va koʻnikmalarning yetishmasligi muammosini hal qilish va kambagʻallarning taʼlimiga investitsiya kiritish rivojlanishning asosiy omilidir. Bundan tashqari, mazkur inklyuziv biznes modellari bozor sharoitlariga moslashtirilishi kerak, bu yerda institutlar, infratuzilma va taʼlim darajasi nisbatan past, taqdim etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar doʻkonlarda arzon boʻlishi, maqbul va faol ravishda reklama qilinishi kerak boʻladi. Bunday mahsulotlar tan narxi va sotish bahosi oʻrtasidagi kichik farq bilan tavsiflanadi, ammo savdo hajmi katta boʻladi. Bu nafaqat arzon tovarlarni, balki kambagʻallarning qondirilmagan ehtiyojlarini qondiradigan qadriyatlarni yaratishni ham anglatadi.
21 https://pravacheloveka.uz/oz/news/uz6553/
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki iqtisodiyot hech qachon bir nuqtada turg’un vaziyatda to’xtab qolmaganidek unga bog’liq bo’lgan tushunchalar ham doim o’zgarib turadi. Kambag’allikga qarshi xozirgi davrda butun dunyo qattiq kurash olib borayotganini hisobga olib uni mutlaq bir yakka mamlakat muammosi sifatida qarash noto’g’ri hisoblanadi.
Kambag’allikni mamlakat miqyosida uning darajasini pasaytirish uchun ishlab chiqilgan islohotlarning amaliyotda to’laqonli qo’llanishini ta’minlash jamiyat oldida turgan eng dolzarb muammo hisoblanadi chunki ko’p xollarda mamlakatlarda iqtisodiy tomondan kuchli salohiyatga, keng qamrovli loyiha va dasturlar ishlab chiqiladi ammo uning amaliyotda realniy qo’llanilishga kelganda kamchiliklar kuzatilmoqda. Shu sababdan har bir jarayonni bosqichma-bosqich idora etib, aholining kambag’al qatlamini ilmiy salohiyatlarini kuchaytirish eng muhim vazifa hisoblanadi.
Umumiy qilib aytganda kambag’al odamga baliq sotib olib bergandan, unga baliqni qanday ovlashni o’rgatish uni kambag’allik darajasini pasaytirishga ulkan darajada hissa qo’shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |