Rivojlanayotgan mamlakatlarda kambag’allik darajasini o’lchash usullari.
Avvalambor men birinchi navbatda rivojlanayotgan davlat qanaqa bo’lishi kerakligi haqida to’xtalib o’tishni joiz deb hisoblayman. Rivojlanayotgan davlat - bu boshqa mamlakatlarga nisbatan kamroq rivojlangan sa'noat ba'zasi va inson taraqqiyot indeksi (HRI*) pastroq bo'lgan suveren davlat hisoblanadi.
Biroq, bu ta'rif umumiy qabul qilingan emas.
Qaysi davlatlar ushbu toifaga tegishli ekanligi haqida ham aniq kelishuv mavjud emas. Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy belgilari va guruhlanishi «Rivojlanayotgan mamlakatlar» atamasi ikkinchi jahon urushidan keyin mustam laka tizimining parchalanishi va sobiq mustam - lakalaining mustaqillikka erishishlari natijasida paydo bo‘lgan. Mazkur mamlakatlar guruhiga jahon xo‘jaligi mamlakatlarining 80 %, jumladan, Osiyoning Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va Isroildan tashqari barcha mamlakatlari, Afrikaning Janubiy Afrika Respublikasidan tashqari barcha mamlakatlari va Lotin Amerikasi mamlakatlari kiradi, dunyo aholisining 85 % esa ularda istiqomat qiladi1. Ingliz tilidagi adabiyotlarda rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari «emerging markets» atamasi bilan nomlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa «bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan mamlakatlar» yoki oddiygina «bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar», deb taijima qilinadi. Bu kategoriyaga bozor islohotlarini amalga oshirishda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishgan, milliy bank-moliya tizimini mustahkamlash va jahon xo‘jaligiga muvaffaqiyatli integratsiyalashayotgan yetakchi rivojlanayotgan hamda postsotsialistik mamlakatlar kiradi. Bu guruhga kiruvchi mamlakatlar xalqaro kapital bozorlarida investitsiya resurslari eksportyori va impontyori sifatidagi rolining keskin oshib borayotganligi bilan ham ajralib turadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun qator umumiy xususiyatlar xos. Iqtisodiyotining ko‘p ukladliligi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda modernizatsiya jarayonlari natijasida iqtisodiyotning zamonaviy va an’anaviy sektorlari yonma-yon shakllanadi. Iqtisodiyotda davlatning roli. XX asr mobaynida rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodityotida davlatning roli katta bo'ldi. Bu mam lakatlarda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari davlat ixtiyorida boiishining sababi -davlat ularni o‘zi tashkil etganligi bilan bog‘liq. Sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarga iqtisodiy va siyosiy bog‘liqligi. Rivojlangan mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha jiddiy farqlarning mavjudligi rivojlanayotgan mamIakatlarni quvib yetadigan rivojlanish yo‘liga undaydi. Quvib etadigan iqtisodiy rivojlanish sharoitida iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoni ichki va tashqi omillar ta ’sirida amalga oshiriladi.
HRI*- (HUMAN REVOLUTION INDEX)
1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Rivojlanayotgan_mamlakat//
Ushbu mamlakatlarga rivojlangan mamlakatlardan katta miqdorda kapital, texnologiyalar va tadbirkorlik tajribasining kirib kelishi natijasida iqtisodiy rivojlanishda bogiiqlik fenomeni yuzaga keladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi jamiyatning ijtimoiy tuzilishi rivojlangan mamlakatlardan keskin farq qiladi. Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar jiddiy ijtimoiy muammolarga duch kelmoqda. Bu mamlakatlarda demografik portlash muammosi bilan birgalikda aholi daromadlari bo‘yicha kuchli ijtimoiy tabaqalashuv, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma, yuqori ishsizlik darajasi va yashirin iqtisodiyotning salmoqli ulushi mavjud. Ishlab chiqarish kuchlarining past darajada rivojianganligi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy infratuzilm aning texnik jihatdan ta ’m inlanish borasida qoloqlik mavjud. Rivojlanayotgan mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xorijiy kapital va TMK* rolining katta ahamiyatga egaligi. 1950- yillarda bu mam lakatlarda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning yetakchi kompaniyalari neft, tabiiy gaz, mineral resurslarni qazib chiqarish sohasining 70—100 % ini nazorat qilgan2. Rivojlangan mamlakatlarning kompaniyalari Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida qishloq xo‘jalik yerlarining katta qismiga egalik qilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlar strategik rivojlanishining vazifalari quyidagilardan iborat:
- iqtisodiy qoloqlikni bartaraf etish;
- iqtisodiyotni erkinlashtirish;
- rivojlangan mamlakatlar bozoriga kirib borishni kengaytirish uchun kurash. Rivojlanayotgan mamlakatlaming tavsiflanishi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni tasniflashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
- geografik joylashishi;
- sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning rivojianganligi;
- sanoat m ahsulotlarining eksportdagi ulushi;
- iqtisodiy rivojlanish darajasi.
Yuqori daromadli mamlakatlar. Bu mamlakatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi milliy daromad 12 616 dollardan oshadi, ularga Saudiya Arabistoni (18 030 dollar), Quvayt (44 730 dollar), Q atar (78 720 dollar) kabi mamlakatlar kiradi. 2. 0 ‘rta daromadli mamlakatlar. Bu guruhga aholi jon boshiga to ‘g‘ri keluvchi yalpi milliy darom ad 1036 — 12 615 dollarga teng bo‘lgan m am lakatlar kiradi. 3. Past daromadli mam lakatlar. Bu guruhga aholi jon boshiga to ‘g‘ri keluvchi yalpi milliy darom ad 1035 dollargacha b o ‘lgan m am lakatlar kiradi. Past darom adli m am lakatlar guruhiga Afrikaning Sahroyi Kabirdan janubdagi m am lakatlam ing deyarli barchasi, Osiyodan — Afg‘oniston (570 dollar), Nepal (700 dollar), Bangladesh (840 dollar), Tojikiston (860 dollar), Qirg‘iziston (990 dollar) Lotin Amerikasidan — Gayana (550 dollar) kabi m am lakatlar kiradi3.
Demak, rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha bir-biridan farqlanuvchi uch turdagi mamalakatlar guruhidan iborat:
TMK*- (Transmilliy korparartsiya)
2. 3 https://uz.warbletoncouncil.org/tendencia-paises-economias-altos-ingresos-2018/
- yangi industrial mamlakatlar;
- o ‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari;
- qoloq mamlakatlar.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashtiristi modellari. Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy farqni bartaraf etishning strategik vositasi -bu sanoatlashtirish siyosatidir. Ushbu siyosatning asosini qayta ishlash sanoati tashkil qiladi. Dunyo amaliyotida sanoatlashtirishning quyidagi nazariyalari mavjud: - endogen rivojlanish;
- «yangi iqtisodiy tartib»;
- «o‘z kuchiga tayanish».
Rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyotida quyidagi sanoatlashtirish dasturlari qo‘llanilgan:
- Sanoatning asos (bazis) tarmoqlarini rivojlantirish va shu orqali keyinchalik iste’m ol tovarlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo'yish (Jazoir, Efiopiya, Misr, Vyetnam)4.
- Importning o’rnini qoplash siyosati — og‘ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va xorijiy kapitalni cheklash orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirish (Lotin Amerikasi mamlakatlari).
- Eksportga yo‘naltirilgan siyosat - ayrim tovarlarni tashqi bozorga olib chiqish uchun ushbu tovarlami ishlab chiqarishga ixtisoslashish (Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari).
- Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatiashish dav- iamalga oshirildi va modem izatsiyalash m uddati 10-25 yilni tashkil etdi5. Bu o'tish iqtisodiyoti, xususan, O‘zbekiston uchun juda muhim va e’tiborga loyiq hisoblanadi.
Rivojlanayotgan m am lakatlarda barqaror rivojlanish tendensiyasining istiqbolda saqlanib qolishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi:
- budjet taqchilligining yuqori emasligi;
- boshqariladigan davlat qarzi;
- barqaror bank tizimi;
- past siklik ishsizlik darajasi;
- barqaror iqtisodiy o ‘sish sur’atlari daromad yoki xarajat 1,25 dollardan (xarid qobiliyati bo'yicha) oshmaydigan mutlaq kambag‘allik tushunchasidir. Ko‘rsatkich mutlaq kambag‘allik darajasining chegarasi hisoblanadi va hozirda dunyoda 1,4 mlrd kishi ushbu chegarada yashamoqda. Bundan tashqari xalqaro iqtisodiy tashkilotlar to m onidan aholi tarkibida kambag‘allikni aniqlashda kunlik daromadi 2.0 va 2,5 dollargacha b o ‘lgan ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi6.
5. 6 https://cpcontacts.byu11.domains.byu.edu/publication?id=4B270L4&hl=br&source=economics//
Tahlillar ko‘rsatishicha, past daromadli mamlakatlarda aholining 83,2 foizi bir kunlik daromadi 2,5 dollargacha bo’lgan kambag‘allik darajasidan past darajada yashaydi. Ushbu ko'rsatkich Afrika va Osiyoning ba’zi malakatlarida 85,0% dan past emas (Mali (87,2), Nigeriya (86,3), Liberiya (97,0), Madagaskar (95,4), Bangladesh (8 6 ,2 )7.
Rivojlanayotgan mamlakatlaming jahon iqtisodiyotidagi mavqeyining ortib borishi rivojlanayotgan mamlakatlaming jahon xo‘jaligidagi o‘rni ularning iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga qaramasdan, rivojlanayotgan mamlakatlaming iqtisodiy jihatdan rivojlanishlari har bir mamlakatdagi ichki holat va hukumatlarning olib borayotgan iqtisodiy siyosatlariga bog‘liq.
Jahon banki iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’z rasmiy saytida doimiy tarzda e’lon qilib boradi. Xo’sh unda jahon banki kambag’allik darajasini qanday o’lchaydi degan savol tug’uladi. Quyida Jahon banki turli mamlakatlardagi kambag‘allik darajasini qanday o‘lchashi haqida ma'lumot beriladi.
Jahon banki metodikasi.
Jahon bankining 2020.03.03 sanasida o’z rasmiy saytida e’lon qilingan ma'lumotlariga ko‘ra, 736 million kishi o‘ta kambag‘allik sharoitida kun kechirmoqda8.
1990 yilda Jahon banki ekspertlari kambag‘al davlatlarda qo‘llanadigan standartlardan foydalanib, dunyodagi kambag‘al aholi sonini o‘lchashni taklif qilishgandi. 15ta davlatdagi kambag‘allikning milliy darajasini o‘rganib, xarid qobiliyati asosida valuta kurslarini qo‘llagan holda (xarid qobiliyati; butun dunyodagi ana shu narxlar asosida hisoblanadi) qayta hisoblashdi. Tovar va xizmatlar to‘plami narxini barcha mamlakatlarda to‘g‘ri taqqoslash uchun ana shunday qilingan9.
Natijada ekspertlar o‘rganilayotgan qashshoq mamlakatlarning oltitasida kambag‘allik darajasi kuniga bir kishi uchun 1 dollarga yaqin ko‘rsatkichni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich ilk xalqaro qashshoqlik chegarasi sifatida qabul qilinadi.
Dunyo mamlakatlaridagi hayot qiymatidagi tafovutlar ortib borgani sababli Jahon banki global kambag‘allik ko‘rsatkichini vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqish zaruriyatiga duch keldi. 2017-yilda bank dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida qabul qilingan kambag‘allik darajasi asosida ana shu ko‘rsatkichni qayta hisobladi10.
7. 8. 9. 10 https://www.worldbank.org/en/home//
Natijada global qashshoqlik chegarasi 1,25 dollargacha ko‘tarildi. 2019 yilda chegara qayta ko‘rib chiqildi va 1,9 dollargacha ortdi. Bundan tashqari, Jahon bankida o‘rtadan past, o‘rta va yuqori– 3,2 dollar, 5,5 dollar va 21,7 dollar daromadlarga ega mamlakatlar uchun kambag‘allikning yuqori darajalari qabul qilingan. Bank mutaxassislari bu ko‘rsatkichlar pul mezonlariga asoslangani va ular ta'lim olish, sog‘liqni saqlash xizmatlari va suv hamda elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik kabi jihatlarni hisobga olmasligini ta'kidlashadi.
Jahon banki rivojlanayotgan mamlakatlarda kambag’allikni aniqlashda kambag‘allik chegarasidan degan tushunchadan foydalanadi. Kambag’allik chegarsi nima ekanligi haqida esa quyida keltirib o’taman.
BMT kambag‘allik chegarasini asosiy tovar va xizmatlar (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar-joy haqini to‘lash, suv bilan ta'minlash, elektr energiyasi, maktab ta'limi, tibbiy xizmat) uchun zarur bo‘lgan daromadlar sifatida belgilaydi. Kambag‘allik darajasi nisbiy tushuncha sanaladi va muayyan mamlakatdagi umumiy farovonlik darajasiga bog‘liq. Kambag‘allik mutlaq va nisbiy kabi turlarga bo‘linadi. Mutlaq kambag‘allikda kun kechiruvchi odamlar biologik tirik qolishni ta'minlaydigan minimal ehtiyojlarnigina qondirishlari mumkin.
Hukumat mahalliy organlari aholining kam ta'minlangan qatlamlarini aniqlash, ijtimoiy himoya sohasidagi vazifalarni aniqlash maqsadida kambag‘allik chegarasini belgilaydi. Bunda turli mezonlardan foydalaniladi, boy mamlakatlarda qashshoqlik chegarasi, kambag‘al mamlakatlarga qaraganda yuqoriroq. 1990 yildan boshshab har yili Jahon bankining «Kambag‘allik va yalpi farovonlik» ma'ruzalari e'lon qilinadi. So‘nggi ma'ruza 2018 yilning oktabr oyida chiqarilgan. Undagi asosiy ko‘rsatkich qashshoqlikning xalqaro chegarasi bir kishi uchun kuniga 1,9 dollar miqdorida ekanidir11.
Bundan tashqari, kambag‘allik daromadlar darajasi bo‘yicha kommunal xizmatlar (suv, elektr energiyasi), sog‘liqni saqlash yoki ta'lim olish imkoniyatini aks ettirmagani uchun ko‘p o‘lchamli kambag‘allik ko‘rsatkichi kiritildi. Ana shu tushunchaga mos ravishda global darajadagi kambag‘allar ulushi monetar kambag‘allik bilan taqqoslaganda taxminan 50 foizga yuqoriroq. Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, 736 million kishi (aholining 10 foizi) o‘ta qashshoqlik sharoitida (kuniga 1,9 dollardan kam kirimga ega), dunyo aholisining deyarli yarmi – 3,4 mlrd kishi – kuniga 5,5 dollardan kam tushumga ega. Qashshoqlik darajasi eng yuqori qit'a Afrika, sayyoradagi eng qashshoq mamlakatlar – Kongo demokratik respublikasi (o‘ta qashshoqlik darajasi – 77,1 foiz) va Madagaskar (77,6 foiz)12.
11. 12 https://www.linkedin.com/company/the-world-bank//
Do'stlaringiz bilan baham: |