Iqtisodiyot” fakulteti “menejment” kafedrasi



Download 28,36 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2022
Hajmi28,36 Kb.
#410999
1   2
Bog'liq
kurs ishi

22222222222

Bugungi kunga kelib korporativ tuzilmalar o'z faoliyatlarini kengaytirib borishlari natijasida vakolatxonalar, sho'ba korxonalar, 248 filiallar tashkil etishga e’tibor qaratadilar. Bunday tarkibiy bolinmalaming tashkil etilishi va faoliyat yuritishi bilan bogliq moliyaviy munosabatlar ham korporativ moliyaviy munosabatlarda foydani maksimallashtirib borish hamda mulkdorlar moddiy farovonligini oshirib borish nuqtayi nazaridan alohida e’tibor talab qiladi. Bizga malumki, milliy amaliyotda korporativ tuzilmalarning, ayniqsa aksiyadorlik jamiyatlarining yuqori turuvchi tashkilotlar (xo'jalik birlashmalari, xoldinglar, kompaniyalar, uyushmalar, kontsemlar va hokazo) bilan bevosita bogliq holda faoliyat ko'rsatishi keng qollaniladi. Bunda xoldinglar aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketiga bevosita egalik qiladi va natijada moliyaviy qarorlar qabul qilish bevosita xolding qarori asosida tashkil etiladi. Bugungi kunda korporativ tuzilmalar faoliyatini tijorat banklarisiz tasawur qilib bo'lmaydi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.Karimov takidlaganlaridek, “Iqtisodiy islohotlami amalga oshirishda bank tizimi amalda lokomotiv vazifasini bajarishi, xo'jalik yurituvchi barcha subyektlami o'z ishlarini qayta tashkil etishga, bozor mexanizmlarini dadil va jadal egallashga da’vat etuvchi omil bolishi darkor”64. Tijorat banklari korporativ tuzilmalarning naqd pulsiz hisobkitoblarini tashkil etishlari bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditlash (investitsiyalash), faktoring, lizing va boshqa xizmatlarni ham ko'rsatadi. Amaldagi qonunchilikka ko'ra “Sug'urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar tolaydigan sug'urta mukofotlaridan, shuningdek sug'urtalovchining boshqa mablaglaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug'urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovonini (sug'urta pulini) tolash yoli bilan ulaming manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”65. Shundan kelib chiqqan holda sug'urta kompaniyalari korporativ tuzilmalar faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bolgan moliyaviy risklami boshqarishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion institut ham hisoblanadi va moliya bozori orqali korporativ tuzilmalarga investitsiya kiritadi. 5, Korporativ tuzilmalar tomonidan qimmatli qog'ozlar emissiyasi va ularni joylashtirish fond biijalari orqali amalga amalga oshiriladi. Bunda investorlar bevosita fond biijalarida joylashtirilgan korporativ qimmatli qog'ozlami xarid qilish orqali korporativ tuzilmalar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Bundan tashqari fond biijasi ham aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Shu o'rinda mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan fond bozori orqali aksiyalar muomalasi tashkil etilganligi, shuningdek tor doirada korporativ obligatsiyalar muomalasi mayjudligini ta’kidlab o'tishimiz lozim.

Korporativ tuzilmalar kapital jalb qilish nuqtayi nazaridan investitsiya institutlari, xususan investitsiya va pay fondlari bilan munosabatlarga kirishadi. Bunda “investorlaming pul mablaglarini jalb etish va ulami investitsiya aktivlariga qo'yish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs - aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir” 67 . Keltirilayotgan ta’rifdan ham ko'rishimiz mumkinki, investitsiya fondlari bevosita qimmatli qog'ozlar bozorida faoliyat ko'rsatadi va korporativ qimmatli qog'ozlar bilan ham operatsiyalarga kirishadi. Milliy qonunchiligimizga ko'ra,“aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari, sug'urta tashkilotlari, investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablaglarini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ulaming investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo'lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar, mablaglarining hosil bolish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo'lmish byudjetdan tashqari fondlar, ustav fondida davlatga tegishli ulush bolgan xo'jalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari, fond va tovar biijalari har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tishi kerak” 68. Shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ixtiyoriylik asosida ham auditorlik tekshiruvi jalb qilinishi mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, korporativ tuzilmalar o'z faoliyati davomida auditorlik tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarga kirishishga majbur. Ayrim moliyaviy qarorlarni qabul qilishda auditorlik xulosasi talab etilishi ham korporativ tuzilmalar va auditorlik tashkilotlarining o'zaro hamkorligiga xizmat qiladi. Xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosabatlar o'z-o'zidan muntazam amalga oshirib borilishi bilan xarakterli. Chunki belgilab olingan faoliyatni amalga oshirish orqali qo'yilgan maqsadga erishish, ya’ni foydani maksirpallashtirish uchun xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosabatlar tashkil etilishi talab etiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aktivlar bahosi bevosita talab va taklif asosida shakllanadi. Shuningdek malum bir holatlarda aktivlaming bozor bahosini aniqlash baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Korporativ tuzilmalar o'z faoliyatlari davomida malum bir moliyaviy operatsiyalami amalga oshirish uchun baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishlariga to'g'ri keladi. Qo'shimcha ravishda qonunchilik talablari asosida baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish bo'yicha majburiy holatlar ham mavjud. “Garov to'g‘risida”gi Qonunga ko'ra, “Garov narsasini baholash garovga qo'yuvchi bilan garovga oluvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra yoki baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o'tkazish orqali amalga oshiriladi” 69. Baholash to'g'risidagi qonunchilikka ko'ra, “Baholashni o'tkazishni davlatga tola yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan: baholash obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ulaming qiymati aniqlanayotganda; baholash obyektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda; baholash obyektlari sotilayotganda yoki o'zga shaxsga boshqacha tarzda o'tkazilayotganda; baholash obyektlari bilan bogliq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda; baholash obyektlari yuridik shaxslaming ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir. Baholash o'tkazish baholash obyektining qiymati to'g'risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda; ipoteka krediti berilayotganda; taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bolinayotganda; mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo'yilayotganda; soliqlar va boshqa majburiy tolovlar to'g'ri tolanishi ustidan nazorat о ‘t kazilayo tganda majburiydir”70, deb belgilab qo'yilgan. Yuqoridagilar asosida talridlash mumkinki, korporativ tuzilmalar bank kreditlarini jalb qilish jarayonida garov ta’minotini baholash yuzasidan baholovchilarga bevosita murojaat qiladi. Umuman baholovchilar faoliyati nafaqat garovni baholash, balki qimmatli qog'ozlami baholash, biznesni baholash va hokazolarda ham namoyon boladi. Lizing kompaniyalari bilan moliyaviy munosabatlaming tashkil etilishi natijasida korporativ tuzilmalar o'z faoliyatlariga yangi texnologiyalar, asosiy vositalar jalb qilishlari mumkin. Korporativ tuzilmalaming asosiy vositalar sotib olish imkoniyati cheklangan sharoitda lizing xizmatlaridan foydalanish nisbatan samarali bo'lishi mumkin. Soliq maslahatchilari bilan munosabatlarda esa soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish, soliqlami rejalashtirish, soliq xatoliklarini bartaraf etish va hokazolarga e’tibor qaratiladi. Bu haqda to'rtinchi bobda atroflicha to“xtalib o'tamiz.



Shuningdek, korporativ tuzilmalar konsalting firmalari, yuridik xizmatlar ko'rsatuvchi subyektlar, ilmiy tadqiqot muassasalari, birjalar va boshqa ijtimoiy hamda bozor infratuzilmalari subyektlari bilan ham moliyaviy munosabatlarga kirishishlari mumkin. Bugungi kunda korporativ moliyaviy munosabatlarda birlashishlar va qo'shib olishlar operatsiyalari xalqaro miqyosda keng qollanilib kelinayotgan amaliyotlardan biri ekanligidan kelib chiqqan holda mazkur masalaga e’tibor qaratishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Korporativ moliyaviy taraqqiyotda har qanday korporativ tuzilma rivojlanish strategiyasini belgilashda o'z tashkiliy tuzilmasi doirasida yoki boshqa mustaqil iqtisodiy subyektlar bilan birlashish orqali rivojlanishga e’tibor qaratadi. Shu boisdan korporativ birlashishlar va qo'shib olishlar bugungi kunda korporativ moliyaviy munosabatlaming tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi. Bunda bir kompaniya tomonidan boshqa bir kompaniya ustidan nazorat o'matilishi natijasi hisoblangan qo'shib olish operatsiyalari, shuningdek ikki yoki undan ortiq kompaniya yanada yirikroq kompaniyani tashkil etish maqsadida o'zaro birlashishlari hisobiga yangi kompaniyalar faoliyati tashkil etilishi kabilami alohida qayd etib o“tishimiz mumkin. Birlashish va qo'shib olish bitimlari orqali yangi biznesni tashkil etishdan asosiy maqsad biznesga qo'shimcha elementlami birlashtirish va integratsiyalash hisobiga kompaniyaning strategik ustunligini ta’minlashdan iborat. Moliyaviy jihatdan yuqori salohiyatga ega kompaniyalar bozorda yanada raqobatbardosh bolgan kompaniyani tashkil etish maqsadida nisbatan kuchsiz bolgan kompaniyalami o'ziga qo'shib olishga harakat qiladi. Shuningdek, moliyaviy jihatdan o'zaro teng kuchga ega kompaniyalar bozorda o'z ulushini ko'paytirish yoki o'z samaradorligini oshirish maqsadida o'zaro birlashadilar. Keltirib o'tilayotgan ustunlik jihatlar tufayli qo'shib olinuvchi kompaniyalar ko'p hollarda o'zlarini boshqa kompaniyalar xarid qilish usuli orqali qo'shib olishlariga rozi boladi. Chunki, ular keskin raqobat muhitida o'zlarining mustaqil ravishda jon saqlab qola olishlariga ko'zlari yetmaydi. Korporativ birlashish va qo'shib olish operatsiyalari aniq hisob-kitoblarga qat’i ravishda asoslanishini ham unutmaslik lozim. Chunki bunday operatsiyalar muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi natijasida biznesning tugatilish holatlari ham ko'p uchraydi. Korporativ tuzilma pul mablaglaridan samarali foydalanish maqsadida turli maqsadli fondlami shakllantiradi. Har bir pul fondining o'z maqsad va vazifalari belgilanadi. Pul fondlarini shakllantirish orqali korporativ tuzilma o'z faoliyatini kerakli mablaglar bilan ta’minlashga intiladi, faoliyatini kengaytirib boradi; pul oqimlari harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani o'zlashtiradi va joriy etadi; subyektlami iqtisodiy raglsatlantiradi; byudjet, bank va hokazolar bilan hisob-kitoblami amalga oshiradi.
Download 28,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish