2.Ishsizlikning kelib chiqish sabalari va namoyon bo’lish shakllari
Iqtisodchilar ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabalari qandayligi to’g’risida hanuzgacha bahslashadilar. Jumladan, bu masala klassik va keyns maktablari o’rtasidagi kelishmovchilik mavzulardan biridir. Bu bahs xususida qisqacha to’xtalamiz.Klassik(va neoklassik) nazariyaga ko’ra, ommaviy ishsizlikning asosiy sababi pasayish tomoniga bo’lgan yuqori va moslashuvchan bo’lmagan ish haqi hisoblanadi. Ish haqi o’z muvozanat darajasidan oshib, kasaba uyushmasining faolligi hamda davlatning aralashuvi tufayli o’sha darajada “o’rnashib qolganda” mehnat talabi bilan taklifi o’rtasida uzilish paydo bo’ladi, mana shu narsa ishsizlikni keltirib chiqaradi. Agar bozordan tashqari kuchlar (kasaba uyushmalari va davlat) firmalarni ish bilan bandlikni oldingi darajasida saqlashga majbur qilsa, buning oqibati mamlakatdagi xronik inflatsiya bo’lishi mumkin. Bundan –neoklassiklarning asosiy “resepti”–ish haqi darajasini ushlab turish va hatto kamaytirish kelib chiqadi. Shuningdek, bu maktab vakillarining (D.Rikardo, J.S.Mill , A.Marshall va boshqalar) fikricha, mehnat bozoridagi raqobat majburiy ishsizlikni istisno etadi. Bozor tomonidan belgilangan ish haqiga mehnat qilishni xohlagan har bir kishi osongina ish topa oladi.
Keynschilar (J.M Keyns , R. Godon va boshqalar) ishsizlikning asosiy sababi – “samarali talab” yetarli emasligidadir deb isbotlaydilar. Ushbu “samarali talab”ning tarkibiy qismi, bir tomondan shaxsiy iste’mol tovarlariga talab bo’lsa, ikkinchi tomondan, investitsiya talablariga (ishlab chiqarish vositalariga) talabdir. “Ish bilan band bandlik hajmi, demak ish bilan band emaslik yoki ishsizlik, -deb yozgan edi J.Keyns, -mutlaqo ravishda samarali talab bilan bog’liqdir ”. U “samarali talabni” davlar xarajatlarini ko’paytirish , davlatning bozor talabi (eng avvalo, investetsiyaviy tovarlarni) ko’paytirish hisobiga oshirish zarurligini ko’rsatgan.
Monetarchilar(M. Fridman, F. Kegen, D.Mayzelman, K .Brunner, A.Moltser va boshqalar) ish bilan bandlik faqat kutilmagan inflatsiya bilan bog’liq, chunki u ishsizlikning tabiiy darajasini o’zgartiradi, degan tushunchaga asoslanadilar. M.Fridmanning ishsizlikning tabiiy darajasi mavjudligi to’g’risidagi xulosasi muhim metodologik ahamiyatga egadir. Bu daraja mehnat bozori sharoitlari bilan qat’iy chegaralab qo’yilgan va davlat siyosati bilan o’zgartirilishi mumkin emas. Agar hukumat ish bilan bandlikni uning tabiiy darajasini talabni ko’paytirishning an’anaviy byudjet va kredit usullari bilan oshirmoqchi bo’lsa, bu choralar qisqa muddat samara keltirib, faqat narx-navo ko’tarilishiga olib keladi.
Institutsional iqtisodiyot nazariyasida (T.Veblen, J.Gelbreyt, D.Kommons va boshqalar) mehnat bozoriga iqtisodiyotning eng muhim sektori sifatida qaraladi.
T.Veblen bozorning tarixiy rivojlanishini tahlil etar ekan, industirial jamiyat taraqqiy etishi bilan raqobat kurashi markazi tovarlar va xizmatlar bahosi uchun kurash sohasidan mehnat bahosi va sharoiti uchun kurashish sohasiga ko’chishini aniqladi.
Mazkur yo’nalish tarafdorlari davlat mehnat bozoridagi rejali siyosatini bu yerda amal qiladigan institutlar orqali amalga oshirishi zarur degan fikrda bo’lganlar. J.Gelbreyt davlat ishi bilan bandlik darajasi yuqori bo’lishidan manfaatdor, chunki bu holat byudjetning daromad qismini ko’paytiradi va mamlakat boyligining ortishini ta’minlaydi deb ko’rsatgan.
Institutsional maktab vakillari qarashlarini tahlil etish asosida ularning mehnat bozorini tartibga solish bo’yicha nuqtai nazrlari to’g’risida quyidagi xulosaga kelish mumkin, ya’ni shaxs erkin hamda kasb malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladigan ijtimoiy tartib o’rnatish uchun jtimoiy iqtisodiy siyosat quyidagi vazifalar xal etilishini ta’minlashi zarur:
Odamlarning qobiliyatiga muvofiq tanlagan kasbga o’qish uchun teng imkoniyat yaratish;
Xodimlarning mehnat jarayoniga ko’milish, malaka oshirish, xizmat vazifasi bo’yicha ko’tarilish uchun teng imkoniyatlar yaratish;
Mehnatni rag’batlantirish xodim va uning oilasi munosib turmush kechirishini ta’minlaydigan darajada bo’lishi;
Xodimlar bilan ish beruvchilar o’rtasida mehnat munosabatlarini tartibga solish
Yuqorida bayon etilganlardan ishsizlikning kelib chiqishi sababi mehnat bozorida Ishchi kuchi taklifining unga talabidan ortiqligi natijasi ekanligi anglatadi . Lekin mehnat bozori faqat, muayyan bir vaqtda mehnat resurslariga talab va uning taklifi nisbatini aks ettiradi xolos. Ana shu nisbatni tashkil etadigan mehnat resurslari mehnat bozori tashqarisida (moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, muomala sohalarida) shakllanadi . Bu ishsizlik tarkibida ham o’z ifodasini topadi. MDH mamlakatlardagi voqelik ishsizlikning iqtisodiy turg’unlik pasayishi sur’atlari bilan bevosita aloqasini tasdiqlamaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarish hajmlari deyarli ikki marta qisqarganda, ish bilan band bo’lganlar soni 10% dan ortiqroq kamayishi mumkin. Fikrimizcha, buning sababi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Birinchidan, bu iqtisodiyotda davlat sektorining saqlanganligidir.Bozor islohotlarining boshlarida, davlat mulki ustuvor bo’lgan va korxonalarni, shu jumladan, qaror keltiradiganlarni ham davlat tomonidan qo’llab – quvvatlash davom etgan ish haqining onda–sonda va kechikuvchi idekasatsiya qilinishi munosabati bilan inflatsiya darajasining kamayishi korxonalarga, hatto ishlab chiqarish kamaygan sharoitlarda ham, aholini ish bilan bandligini saqlash imkonini beradi.
Ikkinchidan, bu yashirin ishsizlikning to’liq bo’lmagan ish vaqti, ta’minot saqlanmagan ta’tillar shaklida ko’payishidir. Rasman ish bilan band bo’lgan bunday ishchilar hech qayerda ishsizlar sifatida ro’yxatga olinmaydi, ular garchi mohiyatiga kora sezilarli darajada ishsiz bo’lsalarda, rasman boshqa ish joyini qidirmaydilar. Qoidalarga ko’ra, qisman ish bilan band bo’lganlar ikkinchi marta ish bilan bandlik yoki o’z-o’zini ish bilan band qilish deb atalmish aholini ish bilan bandligiga ega bo’ladilar.
Uchinchidan, ishsizlikning kuchli o’sishi ayniqsa, keskin iqtisodiy o’zgarishlardan keying dastlabki yillarda mehnat bozoridagi taklif kamayganligi tufayli ko’zga tashlanmaydi. Qo’llanilgan muddatdan oldin pensiyaga chiqarish, uy xo’jaligida ish bilan band bo’laganlar sonini ko’paytirish (asosan, ayollar) yakka tartibdagi mehnat faoliyatining keng tarqalishi–bu iqtisopdiyot yashirin sektorining rivojlanishini jadallashtirad –bularning hammasi bozordagi ishchi kuchi taklifini kamaytiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat bozorini tartibga solishda ish haqi bilan bog’liqligi ayniqsa, muhim ahamiyatga egadir. Buni “Fillips egri chizig’i” orqali kuzatishimiz mumkin . Yangi Zellandiyada tavallud topgan , uzoq vaqt davomida Angiliyada ilmiy tadqiqotlar olib borgan Olban Uiliyam Fillips 1891- yildan 1958- yilgacha bo’lgan davrni qamrab olgan ma’lumotlar asosida ana shu bog’liqlikni asoslab bergan. XX asrning 70-yillarida inflatsiya sur’atlari va ish haqi darajasi bir vaqtda o’sishining imkoniyati yo’qligini inkor etgan voqealar sodir bo’ldi. Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft narxini oshirib yubordi. Buning oqibatida stagflyatsiya – ishlab chiqarishning pasayishi hamda inflatsiya sur’atining o’sishi ro’y berdi.
“Fillips egri chizig’i”ning zamonaviy modellari inflatsiyaning o’sish sur’atlarini – narxning avvalgi darajasidan o’zgarishi quyidagi 3 omilga bog’liqligiga asoslangan, ya’ni:
Kutilayotgan inflatsiyaga;
Davriy inflatsiyaga;
Taklifning sok o’zgarishiga ;
Nobel mukofotining lauriyati K.A.Pissarides o’zining “Ishsizlikning muvozanat nazariyasi” asarida ishsizlik ish bilan band xodimlar va ishsizlarning manfaatlari bir–biriga zidligi sababli yuzaga kelish g’oyasini ilgari suradi. Shuning uchun agar ish haqi faqat ish bilan band xodimlar mavjud bo’lgan firma darajasida belgilanadigan bo’lsa, ishsizlik muvozanati samarali bo’lmaydi. Chunki ishsizlar va bo’sh ish joylari mavjud firma savdodan tushadigan foydadan ish bilan band xodimlar mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan kompaniya kabi yetarlicha manfaatdor bo’la olmaydi. Bunday kompaniya jamiyat manfaati nuqtai nazaridan ijtimoiy samarali emas .
Ishsizlikning asosiy sabablaridan yana biri bu-mehnat bozorida nomutanosiblikdir. Ushbu nomutanosiblik, ayniqsa iqtisodiy tanazzul, urush, tabiiy ofatlar va boshqalarda kuchaymoqda.
Ishsizlik bozor iqtisodiyotining muhim sherigi hisoblanadi. Tabiiy me'yorda bo'lgan mehnat zaxirasi uning samarali ishlashining omillaridan biridir.
Ishsiz odamlar va ularning oilalari ko'pincha moddiy muammolarga duch kelishadi. Ishsizlarning moliyaviy ahvoli, ularning asosiy qismi naqd pul jamg'armalariga ega emasligi sababli og'irlashadi, shuning uchun ular ish joyidan mahrum bo'lganda, ishsizlik nafaqalari bilan yashashga majbur bo'ladilar, ularning miqdori juda oz. Ishsizlarning oilalarida bo'sh vaqt, ta'til va bolalar ta'tilini o'tkazish, sport o'ynash, turli to'garaklarga, sektsiyalarga tashrif buyuradigan bolalarga va hokazolarga nisbatan ko'proq muammolar mavjud. Ishsizlik har bir shaxs uchun ish, kasb, mutaxassislikni majburiy yo'qotish, qayta tayyorlash va yangi kasbiy bilimlarni olish zaruriyati, yangi ish qidirish bilan bog'liq. Odamlar o'z odatlarini, ijtimoiy doirasini, eski turmush tarzini o'zgartirishga majbur. Ular ertangi kunga kamroq ishonishadi. Ishsizlikning hissiy oqibatlari orasida o'zini past qadrlash, tushkunlik va o'z joniga qasd qilish moyilligini nomlash moda. Ishsizlikdan kelib chiqadigan stress holati odamning turli kasalliklarga moyilligini oshirishi mumkin.
Ba'zi tadqiqotchilar ishsizlik bilan bog'liq stress oila a'zolarining bir-birlariga g'amxo'rlik qilish qobiliyatini pasaytiradi, natijada o'smir bolalar uylaridan tez-tez qochib ketishadi va er-xotin o'rtasidagi munosabatlardagi mojarolar kuchayadi. Shu bilan birga, bunday vaziyat bolaning mustaqilligining rivojlanishiga, uning o'qishga, mehnatga bo'lgan munosabatining o'zgarishiga olib keladi. Bolalar mehnati ko'plab ijobiy tomonlarga ega. Yaxshi ish intizomni, bag'rikenglikni, o'zini o'zi qadrlashni, mehnatsevarlikni o'rgatishi mumkin. Bundan tashqari, ortiqcha yuk bolalarning sog'lig'i va ta'lim sifatiga ta'sir qiladi. Ko'pgina bolalar hech qanday bilim va kasbiy ko'nikmalarsiz pul topish va qulay yashash mumkin degan xulosaga kelishadi. Bunday hollarda o'spirinlarning o'qish va mehnatini birlashtirish masalasini oqilona hal qilish zarur.Va nihoyat, ishsizlik va jinoyatchilik o'rtasidagi bog'liqlikni ta'kidlash kerak. Shunday qilib, ishsizlik nafaqat ushbu pozitsiyaga tushgan har bir kishiga, balki uning oila a'zolariga ham halokatli ta'sir ko'rsatadi. Barcha kuchlarni safarbar etish va qiyin vaziyatdan chiqishga yordam berish jamiyat va ijtimoiy ish bo'yicha mutaxassislarning vazifasidir. So’nggi yillarda turli G’arb mamlakatlarida ishsizlar soni turlicha bo’ldi. Eng kam ishsizlar ko’rsatgichiga ega mamlakat-bu Shveytsariyadir. Buyuk Britaniya va Italiyada esa ular soni ancha ko’pchilikni tashkil qiladi. Yevropadan tashqarida ishsizlikning barqaror past darajasi Yaponiyada saqlanib turibdi. G’arb mamlakatlarida keyingi o’n yilliklar davomidagi ishsizlikning yuqori darajasi quyidagicha izohlanadi:
1.Sanoat tarmoqlarida xalqaro raqobatning kuchayishi. 1947 yili jahon sanoatining 60% i AQSH hissasiga to’g’ri keladi. Bugun bu ko’rsatkich 15% ga yaqin sonni tashkil qiladi.
2.Butun jahon iqtisodiy inqirozi, bunga sabab (yoki turtki) 1973 yildagi neft krizisi bo’ldi. U bugungi kungacha o’tib ketgani yo’q.
3.Sanoatda mikroelektronikaning qo’lanilishi o’sib, ishchi kuchlariga bo’lgan ehtiyojning qisqarishiga olib keldi.
4.Ishlashni hohlovchi ayollarning soni ortib borishi cheklangan miqdordagi ish joylariga talabgor kishilar miqdorining ko’payib ketishiga olib kelmoqda.
Demak, ishsizlikning sababi har doimgidek mehnatga bo’lgan bozor talabining o’zgarib turishidir. Bu, o’z navbatida, tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishidan kelib chiqadi. Texnika taraqqiyoti, mashinalarni ko’plab ishlatish ish kuchiga bo’lgan talabni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshirib, ozchilik mehnati bilan ko’proq mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Iqtisodiy turg’unlik va tushkunlik davrida mehnatga talab kamayadi, bu esa ishlab chiqarishning o’zidagi qisqarish bilan izohlanadi. Ish haqi oshib ketganda ham ish joyi qisqaradi, chunki, masalan, 10 kishi oladigan ish haqi 8 kishiga berilsa, 2 kishi ishsiz qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |