Uyda o‘qishga hammada ham sharoit bor emas
O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dastur – PISA ma'lumotiga ko‘ra, aksariyat mamlakatlarda raqamli formatga o‘tishda bir qator kamchiliklar bor. Jumladan, Janubiy Koreyada ijtimoiy va iqtisodiy nochor maktablarning chorak qismidagi har beshinchi o‘quvchisida uyda o‘qish uchun sharoiti yo‘q.
IHTTga a'zo mamlakatlardagi 9 foiz o‘quvchi, Indoneziya, Tailand, Filippinda esa 30 foizdan ko‘proq o‘quvchilar o‘qishi uchun hattoki tinch joyga ega emaslar.
Meksikadagi boy oilalardagi 15 yoshli o‘quvchilarning 94 foizida uylarida internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bor bo‘lsa, kam ta'minlangan oilalarning faqatgina 29 foizi bunday imkoniyatga ega.
Indoneziyada 34 foiz o‘quvchining uyida kompyuter bor. Bu ko‘rsatkich Peruda ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari yaxshi oilalardagi o‘quvchilari orasida 88 foiz, kam ta'minlangan oilalardagi o‘quvchila orasida 17 foizga teng. Daniya, Sloveniya, Norvegiya, Polsha, Litva, Islandiya, Avstriya, Niderlandiya va Shveytsariyada 95 foiz o‘quvchi, AQShda ijtimoiy-iqtisodiy holati yaxshi oilalardan bo‘lgan 15 yoshli o‘quvchilarning barchasining uyida kompyuter jihozlari mavjud.
Maktablarda raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish xususida so‘z borar ekan, o‘rta hisobda IHTT mamlakatlarida 15 yoshli o‘quvchilarning 63 foizi tahsil oladigan maktablar raqamli qurilmalardan foydalanishning zaruriyati haqida yozma bayonotlar qabul qilgan. 62 foiz maktablarda direktorlar va o‘qituvchilar o‘rtasida raqamli qurilmalardan pedagogik maqsadlarda foydalanish to‘g‘risida muntazam munozaralar olib boriladi. 60 foiz maktablarda o‘quvchilarni internetdan foydalanish intizomi va mas'uliyatiga o‘qitish haqida maxsus kurslar olib boriladi.
Dunyo mamlakatlari tomonidan karantin davrida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning aksariyati raqamli texnologiyani joriy qilish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmoqda.
Shuning uchun xorijiy mamlakatlarda texnologiyadan foydalanish imkoniyatlari qandayligi xususidagi tahlillarga e'tibor qaratish o‘rinli.
Texnologiyadan foydalanish va o‘qituvchining tayyorgarligi haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, PISA`ning 2018 yilgi tadqiqotida qatnashgan 65 foiz maktablarning direktorlari o‘qituvchilarining ta'lim berishda raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish ko‘nikmalari mavjud deb hisoblaydi.
IHTTga a'zo mamlakatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning 60 foizi o‘qiyotgan maktablarda o‘qituvchilarning dars tayyorlashda raqamli texnologiyani integratsiya qilishga vaqti yetarli. Ushbu ko‘rsatkich Xitoyda 90 foiz, Yaponiyada esa 100 foizni tashkil etadi.
IHTTga a'zo mamlakatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning taxminan 50 foizi o‘qiyotgan maktablarda onlayn platforma bor. Argentina, Kosta-Rika, Kosovo, Panama, Lyuksemburg, Yaponiya, Peru, Shimoliy Makedoniya, Belarus va Marokashdagi o‘quvchilarning 30 foizdan kamrog‘i o‘qiyotgan maktablar onlayn platformaga ega. Singapur, Xitoyning 4ta provinsiyasi, Makao, Daniyadagi o‘quvchilarning 10dan 9 nafari o‘qiyotgan maktablarda onlayn platforma mavjud.
Daniya va Yangi Zelandiyada o‘qituvchilarning 80 foizi darslarni AKT qurilmalaridan foydalangan holda olib borishadi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti COVID-19 pandemiyasiga qarshi samarali javob choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun davlatlar tomonidan ta'lim sohasiga oid quyidagi mazmundagi qarorlar qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi:
muqobil ta'lim dasturlarini amalga oshirish jarayonida, birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muxtoj o‘quvchilar va oilalar uchun yetarli yordamni ta'minlash;
maktablar tomonidan har bir o‘quvchi bilan mustahkam aloqa tizimini yo‘lga qo‘yish va har bir o‘quvchining o‘zlashtirishi bo‘yicha kunlik monitoringni shakllantirish;
o‘qituvchilar va maktab direktorlarini masofadan turib ishlashga o‘rgatish;
ota-onalar va o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘qituvchilar va ularga yordam beradigan ishchi guruhlarini tashkil etish hamda ularni yangicha ishlash tizimlariga o‘rgatish;
faqat jismoniy emas, balki o‘zlashtirishi past va psixologik tushkunlik holatida bo‘lganlarga alohida e'tibor qaratish;
yaqin kelajakda biror xizmat turlarini butunlay yangidan yaratish emas, balki, birinchi navbatda mavjud ta'lim xizmatlarini takomillashtirish lozim.
Koronavirus pandemiyasi butun dunyoga, butun dunyo iqtisodiyotiga, ijtimoiy hayotiga, madaniy-ma’rifiy jarayonlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Hech bir soha chetda qolmadi, infektsiyaning tarqalishi ortidan har jabhada zararlar ko‘paydi.
Odamlarning ko‘nglidagi xavotir, vahima va tushkunlik holatlari bir tomonda, ammo ishsizlik sonining keskin darajada oshishi mamlakatlar uchun alohida jiddiy muammoligicha qolayapti. Dunyoning millionlab korxona va tashkilotlari faoliyati to‘xtagani 2 milliarddan ziyod ishchining turmushiga ta’sir ko‘rsatdi.
Kambag‘al aholining soni oshishi oldini olish maqsadida jahon mamlakatlarida va O‘zbekistonda turli choralar ko‘rilayapti. Bugun O‘zbekistonda ham 196 ming ta korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmi keskin kamaygan. Tabiiyki, buning natijasida ishsizlarning katta soni vujudga keldi. Shu sabab davlat tomonidan aholini moddiy ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yishga harakat qilinayapti. Bu borada ehtiyojmand oilalarga berilayotgan bir martalik ko‘mak, aholining alohida ijtimoiy qatlamiga to‘lanadigan nafaqalarning avtomatik tarzda uzaytirilganligi (masalan, muddati mart-iyun oylarida tugaydigan 2 yoshgacha va 14 yoshgacha nafaqa pullari hech qanday hujjatlar talab qilinmasdan avtomatik tarzda uzaytirilmoqda, albatta, 2 yosh va 4 yosh chegarasi bundan musnasno) ni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning muhim chorasi sifatida alohida ta’kidlash lozim. Shu bilan birga karantin davrida iqtisodiy qiyinchiliklarni yengish, odamlarning turmush darajasi pasaymasligi uchun yanada aniq choralar ham kerak bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |