xodim munosabatlarining o‘zaro muvofiqlashuvi jarayonidir. U yoki
bu boshqaruv uslubini qo‘llashdan maqsad, tashkilot manfaatini
qidiruvchi vazifani iloji boricha tez va samarali bajarishdan iborat.
Qo‘llanilayotgan uslub bundan keyingi shu kabi topshiriqning qay
tarzda bajarilishiga zamin yaratadi va jamoaga vazifani bajarish
imkonini beradi. Afsuski, ko‘pchilik jamoalar va xatto rahbarlar biron
vaziyatni bajarishda doimo eski namunaga murojaat etishga o‘rganib
qolganlar va bu holat shu kabi vazifani bajarish uslubi deb atalishi
mumkin. Lekin yangi vazifa takrorlanmas bo‘lib, uning doimo biron
yangi jihatlari mavjud va bu vaziyatda eski namunadan, uslubdan
foydalanish maqsadga erishishni to‘la-to‘kis ta'minlay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |