4.Bank kreditlaridan foydalanish samaradorligini takomillashtirish istiqbollari Tijorat banklar faoliyatida kreditlarni takomillashtirish bugungi kunda eng dolzarb muommolardan biri hisoblanadi. Bu masala barcha davrlarda ham va hozirgi kunda ham dolzarb masalalardan biri sifatida qaraladi. Tijorat banklarining kredit turlarini takomillashtirishdan maqsadi bankning biznes rejasiga muvofiq mavjud resurslarni iqtisodiyotning real sektorini moliyalash va ularga tenglashtirilgan jarayonlarga joylashtirish yo‘li bilan tegishli yil uchun daromadlarni ta'minlash, xatarlarni diversifikatsiyalash va ularni kamaytirish vositalaridan foydalanish, kredit portfeli sifatini oshirish, amaldagi qonunchilik, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki me'yorlariga rioya qilishdan iborat bo‘ladi. Albatta, sohani takomillashtirish zamirida avvalo undagi mavjud muammolarni aniqlash va puxta o‘rganish muhim ahamiyatga ega, shuning uchun dastlab tijorat banklarimiz kreditlash amaliyotidagi bir qator kamchiliklar va muammolarga nazar tashlasak, demak, hozirda quyidagi muammolar mavjud:
1. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotining takomillashmagani.
Shuningdek, mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga kredit xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq quyidagi muammolarni alohida ko‘rsatib o‘tish zarur:
- aholi ayrim toifasining to‘lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar etarli darajada emasligi;
- olingan kreditlarning ko‘pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi;
- tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash bo‘- yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi;
- banklarning etarli resurs bazasiga ega emasligi;
- iste’mol krediti obyekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining sun’iy ravishda oshirilishi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda aholining asosiy qismi bank kreditlarini olib foydalanish uchun yetarli daromadga ega emas. Respublikamizda aholi daromadlari yildan yilga oshirilib borilmoqda, ammo shunga qaramay aholi real daromadlari darajasi bank kreditlaridan foydalanish darajasiga salbiy ta’sir qiladi. Ushbu muammolar tijorat banklarining jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotiga salbiy ta’sirini yuzaga keltirmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iste’mol kreditiga mamlakat iqtisodiyotidagi ham ijtimoiy ham iqtisodiy muhim vosita deb qarash mumkin. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan hisoblangan YaIMning yuqori sur’atda o‘sishi, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar realizatsiyasi hajmining ko‘payishi bilan ta’minlanadi.
Iste’mol krediti iqtisodiyotda naqd pul aylanishini qisqartirish hisobiga naqdsiz to‘lovlar salmog‘ini oshiradi. Ushbu natijalar mamlakatda inflyatsiya darajasini jilovlash, ishsizlikni oldini olish va yashirin iqtisodiyotning qisqarishini ta’minlaydi. Bundan tashqari bank kreditlari tarkibida istemol krediti o‘ziga xos daromadli va risk darajasi bo‘yicha past riskli aktiv hisoblanadi. Chunki iste’mol kreditida iste’mol omonatining rasmiylashtirilishi kredit riski darajasini pasaytiradi.
2. Respublikamiz tijorat banlarik amaliyotida mijozlar faoliyatiga taalluqli ma’lumotlar bazasining to‘la shakllanmaganligi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari amaliyotida mijozlarni kreditgalayoqatligini baholash va ularni kreditlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan omillar bo‘yicha informatsion baza shakllantirilmagan. Bu esa, banklarning kreditlash amaliyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, kreditlash samaradorligini pasaytiradi va bank kreditlarining muammoli aktivlarga aylanishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qarz oluvchilarning kredit tarixi to‘g‘risidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 2004 yil 23 apreldagi 197-sonli Qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Kredit axborotlari milliy instituti tashkil qilingan. Bunga asosan banklarni kreditlash amaliyotida kredit tarixini hisobga olish va kredit riskini belgilash zarur.12 3. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko‘rsatkichlarini baholash tizimining takomillashmagani.Respublikamiz tijorat banklarining kreditlash amaliyotida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda kamchiliklarning mavjudligi kreditlashning samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Mijozlar toifalari bo‘yicha, ya’ni jismoniy va yuridik mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash bilan bog‘liq quyidagi kamchiliklar mavjud:
- tijorat banklarida yuridik mijozlarning kreditga layoqatligini baholashda 3 ta asosiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bunda korxonaning faoliyat turi, ixtisoslashuvi va uning oboroti hisobga olinmaydi, ya’ni fermer xo‘jaligi, savdo korxonasi, to‘qimachilik va oziq-ovqat korxonasi yoki og‘ir sanoat korxonalarining kreditga layoqatligi bir xil usul asosida baholanadi. Fikrimizcha, bunday yondashuv mijozlarning kredit to‘loviga layoqatligini etarli darajada baholash imkonini bermaydi. Shu bilan birga, yuridik mijozlarning kreditga layoqatliligini pul oqimi tahlili asosida baholashning tartibi mavjud emasligi, tijorat banklaridakredit ta’minlanganligining ikkilamchi manbalariga suyanib qolishiga sabab bo‘lmoqda, bundan tashqari kreditlash amaliyotiga tijorat banklari xodimlariningkredit oluvchi xo‘jalik sub'yektlari moliyaviy hisobotini to‘g‘ri va haqqoniy tahlil etish uchun malaka va tajribasining yetishmasligi ham ta'sir ko‘rsatadi. Bu shubhasiz, muammoli kreditlarni va kredit mablag‘larini o‘z vaqtida unmaslik holatini vujudga keltiruvchi bosh omillardan biridir. Chunki xo‘jalik subyektlari bilan amaliy ishlash tajribasiga ega bo‘lmagan bank xodimi tomonidan tayyorlangan kredit yig‘ma jildi doimo qo‘shimcha nazoratni talab etadi. Lekin banklarda xizmat turlarining ko‘pligi va eng asosiysi, xo‘jalik subyektlari bilan ishlashda amaliy tajribasi bo‘lmagan xodimlarga murabbiylik qiluvchi ustoz xodimlarning yetishmasligi natijasida malaka va tajribasiz xodimlar xulosasi asosida moliyaviy ahvoli nochor bo‘lgan korxonalarga kredit berish holatlari yuzaga kelmoqda. Chunki, xo‘jalik subyektlari bilan ishlashda malaka va tajribasi bo‘lmagan xodimlar kredit oluvchining hisobotlarini tahlil etishda ko‘proq kompyuterga joylashtirilgan dasturlardan foydalanadilar. Bu esa, ularning o‘z malakalarini oshirishdan manfaatdorligiga putur yetkazadi.
- mijozlar tomonidan ko‘pincha o‘zlarining kredit to‘loviga layoqatlilik darajasini yuqori qilib ko‘rsatish maqsadida hisobotlardagi ko‘rsatkichlarni asossiz o‘zgartirib taqdim etish hollari ham uchramoqda. Kompyuter bank xodimlari ishini ancha yengillashtirdi. Lekin kompyuter inson mehnatining mahsuli ekanligini unutmasligimiz kerak. Chunki kompyuterdagi dasturlardan ongli ravishda foydalanilgan taqdirdagina ish unumli bo‘ladi. Bank xodimlari korxonaning balans hisobotlari to‘g‘ri tuzilganligini aniqlaganlaridan so‘nggina kompyuter dasturidan foydalanishlari zarur. Lekin bank xodimlari balans hisobotlaridagi ko‘rsatkichlarning haqqoniyligini, aktiv va passiv qismdagi qiymatlarning o‘zaro bog‘lanish asoslarini tekshirmay turib, kompyuter dasturlari orqali korxonaning to‘lov qobiliyatini, kredit to‘loviga layoqatliligini aniqlaydilar. Natijada, korxona tomonidan ko‘rsatkichlari haqqoniy bo‘lmagan hisobotlarning taqdim etilishi mijozlarni kredit to‘loviga layoqatlilikning asossiz ravishda birinchi yoki ikkinchitoifasiga kiritilishiga olib kelmoqda. Bank xodimi esa, kompyuter dasturida aniqlangan natijalar asosida kredit qo‘mitasiga ijobiy xulosa beradi. Kredit qo‘mitasi ham bank kredit nozirining mazkur xulosasiga tayangan holda kredit berish yuzasidan ijobiy qaror qabul qiladi. Natijada, bank krediti aslida moliyaviy ahvoli qoniqarsiz yoki nochor bo‘lgan xo‘jalik subyektiga «ishonch» asosida yoki nolikvid ta'minot asosida beriladi. Demak, berilayotgan kredit mijozga rasmiylashtirilayotgan davridayoq muammoli kredit mazmuniga ega bo‘ladi. Tijorat banklarida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashni takomillashtirish, kreditlash samaradorligini oshirib banklarning barqarorligini ta’minlaydi. Natijada mamlakat bank tizimi barqarorligi oshiriladi va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.
4. Qog‘ozbozlik hujjatbozlik ishlarining ko‘p ekanligi. Tijorat banklari faoliyatida mijozlarni kredit olishdan qaytaradigan jihatlardan biri ham aynan shu byurokratiyaning ko‘pligidir. Hozirgi vaqtda banklar garovga olinayotgan mulklarni rasmiylashtirish uchun xaddan ziyod ko‘p hujjatlar taqdim etilishini talab qilmoqda. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan ko‘pgina norozilik va ovoragarchiliklarga olib kelmoqda. Hozirda mamlakatimiz banklari garovni tanlab olish va baholash bo‘yicha ikki xil usulni qo‘llashmoqda:
1-usul bu - ko‘pgina tijorat banklari tomonidan garov obyektini xususiy baholash kompaniyalari tomonidan baholanishini talab etmoqda va kompaniya tomonidan baholangan obyekt hisoboti asosida garov mulki summasini aniqlamoqda.
2-usul bu - xususiy banklarimiz tomonidan qo‘llanilayotgan usul bo‘lib, bunda bankning o‘zining garovga olish bo‘yicha mutaxassisi tomonidan baholanib va uning xulosasi asosida ish qo‘llamoqda. Bu o‘z navbatida mijozga ko‘pgina qulayliklar yaratmoqda.
5. Mamlakatimizda tijorat veksellari muomalasining mavjud emasligi.
Mamlakatimizda tijorat veksellarining muomalasi 1997 – yilda tugatilgan edi. Ammo undan keyin mana qariyb 20 yildan ortiq vaqt o‘tdi hamki qayta yo`lga qo`yilmadi. Tijorat veksellari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga pul mablag‘larisiz ham o‘z faoliyatini amalga oshirish, tovar va xom-ashyolar sotib olish yokixizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi va o‘tkazma veksellar, ya’ni trattalar ularga asoslangan kreditlash shakli forfeytingning amaliyotda vujudga kelishiga va faktoringning kengayishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari jahon amaliyotida markaziy banklarning asosiy stavkalaridan biri hisob stavkasining ham amalda qo‘llanilishiga imkon yaratadi va veksellarni qayta hisobga olish yo‘li bilan tijorat banklariga Markaziy bankning kredit berish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yiladi, buning natijasida esa tijorat banklarining likvidliligi oshishi mumkin.
Tijorat banklarida kreditlarni takomillashtirish uchun quyidagi yo‘nalishlarni amalga oshirish o`rinli deb o`ylayman:
1. Tijorat banklarmizni rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida mavjud bo‘lgan kreditlsh shakllarini tadbiq qilish lozim. Jumladan kontokorrentkreditlash shakli, kredit kartalari orqali kreditlash, forfeyting kreditlarining huquqiy asoslarini yaratish va yo‘lga qo‘yish kerak, faktoring va overdraft kreditlarini taqdim etishni kengaytirish lozim va overdraft kreditlarini yuridik shaxslarga ham taqdim etishni yo‘lga qo‘yish lozim Bu orqali kredit operatsiyalarining jozibadorligi ortadi va xilma-xilligi ortadi.
2. Sifatli kredit portfelini shakllantirish va kredit monitoringini puxta tashkil etish va olib borish lozim. Kreditlash operatsiyalarining hajmi ko‘lamdorligi bilan birgalikda ularning risklilik darajasi oshib ketmasligi va sifatining yuqori bo‘lishi ham lozim. Chunki agarda bank kreditlarining sezilarli darajada kata qismi bir sohada to‘planadigan bo‘lsa, bu sohadagi salbiy o‘zgarishlar kreditning qaytmasligiga, bu esa o‘z navbatida bank foydasi tushishiga olib keladi. Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor kreditlash jarayonini to‘g‘ri va sifatli olib borishi zarur. Bank aktivlari va kredit portfeli sifatini oshirish, ular faoliyatidagi tavakkalchiliklarni, jumladan kredit tavakkalchiligini boshqarishni takomillashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kreditlar ajratish borasida qarorlar qabul qilishda banklarning kredit qo‘mitalari va mas’ul xodimlarining javobgarligini oshirish, kreditlardan foydalanish va qaytarilishi monitoringining mexanizmlarini bir xillashtirish, ular bo‘yicha tavakkalchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash, sifatli baholash va bartaraf etish, shuningdek, kreditlar bo‘yicha muammoli qarzdorliklarni paydo bo‘lishini oldini oluvchi choralar qabul qilish orqali tijorat banklarining kreditlash operatsiyalarini samarali tashkil etish va yuqorida berilgan barcha tavsiyalarni imkon qadar amaliyotga joriy etgan holda ularni takomillashtirish mumkin deb o‘ylayman.
3. Mamlakat va Markaziy bank tijorat banklarini himoya qiluvchi iqtisodiy siyosat olib bormog‘i kerak. Tijorat banklarini davlat dasturlariga jalb etishda ularning moliyaviy holatini hisobga olish lozim, ya’ni arzon resurslar yo‘q sharoitda ularni foiz stavkalari past bo‘lgan kreditlarni berishga majbur etmaslik lozim. Albatta arzon kreditlarga talab kata bo‘ladi va bu kreditlash operatsiyalarini ortishiga olib keladi ammo bankning foydasi kamayishiga va kelgusi faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
4. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko‘rsatkichlarini baholash tizimini takomillashtirish. Respublikamiz tijorat banklari amaliyotida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda muammolarni mavjudligi kredit portfeli sifatiga vauning barqaror o‘sishiga salbiy ta’sir qilmoqda. Mijozning kredit to‘loviga layoqatligining to‘g‘ri baholanishi kreditlarning o‘z vaqtida to‘la qaytishini ta’minlaydi. Tijorat banklari kredit siyosatini ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim deb o`ylayman:
- bank mijozlarining to‘lovga layoqatligi bilan birgalikda, banklarda kredit riski darajasini baholash tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda beriladigan kredit bo‘yicha riskni boshqarish usullarini belgilash;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni toifalarga ajratgan holda korxonalarning xususiyatlarini hisobga oluvchi, ya’ni qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo, aloqa va boshqa tarmoqlarni xususiyatiga qarab kredit to‘loviga layoqatlilikni baholashni joriy etish;
- banklar mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini baholashda faqa- tgina korxona faoliyatiga tegishli ma’lumotlarga suyanib qolmasligi zarur.
O‘zbekiston bank amaliyotida kreditga layoqatlilikni mijozlar faoliyatiga tegishli moliyaviy hisobotlar, biznes reja va boshqa ko‘rsatkichlarning tahlilidan tashqari, tashqi ma’lumotlarga asoslangan holda baholashni joriy qilish bugungi sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi. Mijozlar haqidagi tashqi ma’lumotlarning unga tegishli bo‘lgan ichki ma’lumotlar bazasiga nisbatan shaffofligi yuqori sanaladi. Tijorat banklari mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda faqatgina moliyaviy koeffitsentlar asosida emas, balki xalqaro bank amaliyotida keng qo‘llanilayotgan reyting tizimlari, garov obyektlari reestrini yuritishi va boshqa ma’lumotlar bazasini shakllantirishi hamda ushbu ma’lumotlarga tayangan holda kredit riski darajasini baholashi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Muammoli kreditlar mijozning pul mablag‘lari inqirozining natijasi bo‘lib hisoblanadi, lekin kuchsiz moliyaviy intizomga ega bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda kreditni qoplashga imkoniyati bo‘lsa ham uni so‘ndirishni qasddan hohlamaydigan mijozlar sinfi ham mavjuddir. Bunday holat 80-yillarning so‘nggida Bangladeshda kuzatilgan va bu vaziyat tartibga soluvchi organlar aralashmaguncha davom etib kelgan.13 Pul mablag‘lari bilan bog‘liq inqiroz birdan boshlanishi mumkin, biroq asta-sekin rivojlanib keladi. Bank kredit bo‘limi xodimlari ehtimoliy zararlarga qarshi kurashish bo‘yicha birinchi darajali himoya vositasi bo‘lib hisoblanadi va rivojlanib kelayotgan inqirozning dastlabki belgilarini aniqlab, tahlil qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Kredit bo‘limi xodimlari mijozlar bilan qanchalik o‘zaro yaqin aloqada bo‘lsa, mijoz faoliyatining moliyaviy holati haqida shunchalik ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar doimiy yangilab borilmasa, kreditning muammoliligini bildiruvchi belgilar sezilmay qolishi mumkin. Kredit berilgandan so‘ng u bo‘yicha zararlarni oldini olish uchun kerakli choralar ko‘rilishi lozim. Kredit bo‘yicha to‘plangan hujjatlar bankni mijoz to‘g‘risidagi barcha moliyaviy ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati bilan ta’minlashi zarur. Muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlash tizimini ishlab chiqish juda qiyin va bu yerda inson omili eng jiddiy to‘siqlardan biridir. Bunday kreditlarga mas’ul xodimlar bankni og‘ir vaziyatga olib kelganligi uchun tanqid ostida qolishdan qo‘rqib, xavfli belgilarni yashirishlari mumkin. Bundan tashqari, amaliyotning dalolat berishicha, muammoli kreditlar aniqlanganganidan keyin vaziyat kredit bo‘limi xodimlari o‘ylagandan ham yomonroq bo‘lib chiqadi. Shu tariqa, qimmatbaho vaqt yo‘qotilmoqda. Biroq, bank boshqaruvi o‘z kredit portfelining muammolari to‘g‘risida bila turib, ularni yashirish bilan bir vaqtning o‘zida kreditlar bo‘yicha zararlar o‘rnini yuqori riskli kreditlar berish hamda boshqa faoliyatlar bilan qoplash orqali vaziyatni yanada qiyinlashtiradi.14 Banklar bunday holatlarni oldini olish uchun kredit bo‘limi xodimlarining e’tiboridan chetda qolgan yoki yashirilgan muammoli belgilarni aniqlash maqsadida ichki audit bo‘limi orqali muntazam ravishda mustaqil hamda obyektiv tekshiruvlarni o‘tkazishi kerak. Shuningdek, nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlar ham muammoli kreditlarni aniqlab beradi. Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda tijorat banklari muammoli kreditlarning kelib chiqishini oldini olish hamda mavjud muammoli kreditlarni bartaraf etish jarayonini tizimli ravishda amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Erta paydo bo‘ladigan moliyaviy qiyinchiliklarning belgilariga o‘z vaqtida ahamiyat berish bank uchun vaziyatni yaxshilash hamda bank manfaatlarini himoya qilish uchun muammoli kreditlar kelib chiqishini oldini olish choralarini qo‘llashga imkon beradi. Bu choralarni iloji boricha ertaroq, ushbu holatni nazorat qilib bo‘lmaydigan darajaga etib borishidan hamda yo‘qotishlardan qochib bo‘lmasligidan oldin qo‘llash kerak bo‘ladi. Tijorat banklarida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashni takomillashtirish, kreditlash samaradorligini oshirib banklarning barqarorligini ta’minlaydi. Natijada mamlakat bank tizimi barqarorligi oshiriladi va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.
6. Respublikamiz tijorat banklari kreditlash amaliyotida zamonaviy kreditlash shakllaridan keng foydalanish lozim.
Tijorat banklarining kreditlash amaliyotida kreditlashning zamonaviy usullarini qo‘llash banklar va mijozlar uchun quyidagi ijobiy jihatlarni ta’minlaydi:
- banklar jalb qilingan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanadi;
- tijorat banklari mijozlari mablag‘larini bank talabiga ko‘ra kreditni qaytarishga yo‘naltirish mumkin;
- tijorat banklari tomonidan kreditlar qayta-qayta berilishi hisobiga kredit taklifini oshirishga xizmat qiladi;
- kredit hujjatlarini rasmiylashtirish tezkor va kredit olish imkoniyatlari yuqori;
- ushbu kreditlash shakllarining ko‘p maqsadliligi ishlab chiqarish korxo- nalarining aylanma mablag‘larini aylanishini tezlashtiradi va ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlaydi;
- mijozlar foydalangan kredit miqdori va muddatiga muvofiq foiz to‘lovlarni to‘laydi;
- kreditlash jarayonida resurslardan samarali foydalanish bilan birga, bank likvidliligini ta’minlaydi va boshqaradi;
- tijorat banklari kreditlash faoliyatida kredit resurslari ma’lum davomiylik asosida berilishi hisobiga kredit riskini pasayishini ta’minlaydi.
Tijorat banklari tomonidan kreditlashning zamonaviy shakllari va usullaridan foydalanish orqali respublikamiz banklarining kreditlash samaradorligi oshiriladi.
7. Tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasini shakllantirish orqali kreditlash salohiyatini oshirish lozim. Chunki tijorat banklari uzoq muddatli resurslarni jalb qilishda asosiy e’tiborni nodepozit manbalarga qaratishi maqsadga muvofiq. Jumladan, tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hajmini oshirish yo‘li bilan barqaror resurs bazani shakllantirish lozim.
Xulosa Tijorat banklarining kreditlari bank faoliyatida asosiy o’rin tutgan operatsiyalardan biridir. O’zbekiston Respublikasining “Bank va banklar to’g’risida”gi Qonunida bank atamasiga tushuntirish berilganda bu tashkilot uchta operatsiyani albatta amalga oshirishi kerakligiga urg’u berilgan. Bulardan biri kredit berish operatsiyasidir.
Bugungi kunda O’zbekistondagi tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni asosini kredit operatsiyalari tashkil etadi. Kredit operatsiyalari banklarni daromad manbai bo’lishi bilan birga bu operatsiyadagi har qanday salbiy oqibat bank daromadida salbiy o’zgarish sodir qiladi. Banklar kredit operatsiyalarining boshlang’ich nuqtasidan tortib qaytarilishigacha bo’lgan davri bir necha jarayonlarni o’z ichiga oladi. O’zbekiston tijorat banklari o’z faoliyatlari davomida qator muammolarga duch keladilar, ularni hal qilish esa iqtisodiyotning kelajakdagi taraqqiyoti uchun muhim hayotiy masaladir. Bu muammoni birinchi navbatda, ko’pchilik bank mijozlarining qoniqarsiz moliyaviy ahvoli keltirib chiqaradi. Barchaga ma`lumki, qachonlardir o’z bank tizimlarini isloh qilgan mamlakatlarning qariyb barchasi u yoki bu darajada shu muammoni hal qilish zarurati bilan to’qnashganlar. Kreditning mohiyati uning ichki beliglarini ochib berishga qaratilgan. Kreditning mohiyatini ochish - bu uning sifatlarini, kreditning muhim tomonlarini, uning iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida ko’rsatuvchi asoslarni bilish demakdir.
Kredit munosabatlarida mavjud bo’lishini muhim shart sharoitlaridan biri kredit beruvchi va kredit oluvchilar manfaatlarini o’zaro mos kelishidir. Tijorat banklarining kreditlari bank faoliyatidagi asosiy operatsiyalardan biridir. Bir tomondan bank krediti iqtisodiy subyektlar uchun zaruriy hollarda vaqtincha yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklarni yechishda yordam beruvchi muhim manba hisoblanadi. Boshqa tomondan esa, banklar faoliyatida eng ko’p daromad keltiruvchi operatsiya hisoblanadi. Kredit tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, kredit munosabatlari vujudga kelishi uzoq tarixga ega bo’lib, u sudxo’rlik kapitalini vujudga kelishi va rivojlanishi natijasida qaror topdi. Bunda ma’lum shaxslar o’z pullarini ma’lum haq (foiz) evaziga o’zgalarga, ya’ni pulga ehtiyoji bor kishilarga qarzga berganlar.
Kredit munosabatlari bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etib, mavjud resurslardan samarali foydalanish quroli sifatida katta rol o’ynaydi. Bizga ma’lumki, pul mablag’lariga ko’p holatlarda qarzga olingan mablag’lar, korxonalarning hisobvaraqasidagi mablag’lar va naqd pullar, aylanma mablag’lar va moliyaviy mablag’lar kiradi. Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. Uning asosiy elementlari bo’lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Bu tamoyillar kredit rivojlanishining birinchi bosqichida ko’zga tashlangan edi. Keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit qonunchiligida o’z aksini yaqqol topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega. Bular kreditning qaytarishlilik, muddatlilik, ta’minlanganlik, maqsadlilik va to’lovlilik tamoyillaridir.
Kurs ishimizga xulosa qilib aytganimda, pul-krediti korxonalar va tashkilotlarga o‘z mablag‘lari bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul mablag‘larini xo‘jalik oborotiga kiritish imkonini beradi va shu bilan ishlab chiqarishning o‘sishi va jadallashishi uchun zarur iqtisodiy zamin yaratadi. Banklar o‘z navbatida, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shimcha qarz mablag‘lari yuzaga kelishining asosiy manbai bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini qayta tuzilmalash, faol iqtisodiy siyosat yuritish, tadbirkorlikni rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishga yordam beradi.
Kurs ishini yozish jarayonida olib borgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, respublikamizda foliyat olib borayotgan tijorat banklarining kreditlari, turlari, shakllari, huquqiy asoslari va bozor iqtisodiyoti sharoitida bank kreditining roli qay darajada rivojlanayotganligini ko`rsatmoqda.