2-rasm. O`zbekiston Respublikasidagi tijorat banklari jami aktivlari.7
2-rasmdagi ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdi-ki, tijorat banklarining jami aktivlari barqaror ravishda o‘sish sur’atlarini qayd etgan, xususan 2014-yilda, 20 %, 2015- yilda 25 %, 2016-yilda 29%, 2017-yilda 98.7 %, 2018-yilda esa 214420 mlrd.so`mni tashkil etmoqda. 2017-yilga nisbatan 28.7 % ga ortgan. Yuqoridagi natijaga erishishda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentabrda PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoniga binoan mamlakatimizda milliy valyuta “So‘m” ning qariyb ikki barobarga devalvatsiya qilingani, natijada 1 AQSH dollari 8000 so‘mdan ortiqqa baholanib tijorat banklarining chet el valyutasida shakllangan aktivlari so‘mda ikki barobar oshiq holda aks etganligi sabab bo‘ldi. Ammo bu holning salbiy tarafi xorijiy valyutada kredit olgan qarzdorlarnig tang ahvolga tushib qolishidir. Chunki endi ular bankdan olgan 1 so‘mini foizlarsiz 2 so‘m qilib qaytarishga majbur, foizlarni ham qo‘shsak undan ham ortiq summaga aylanadi bu turkum qarzlar. Mamlakatimiz tijorat banklarining asosiy ko‘rsatkichlari jumladan kredit qo‘yilmalari ham yillar davomida yuqori sur’atlar bilan o‘sib kelmoqda. Buni quyidagi ko`rsatkichklar orqali ko`rishimiz mumkun:
3-rasm. Tijorat banklari kredit qo`yilmalari.8
Yuqoridagi ma’lumotlardan tijorat banklarining kredit qo‘yilmalari 2013- yilda 26500 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib 5 baravarga oshgan va 110700 mlrd so‘mga yetgan. 2016-yilga nisbatan 110 % ga o‘sgan. 2018-yilda esa bu ko`rsatkich 164 670 mlrd so`mni tashkil etdi. Kredit qo‘yilmalari nominal miqdor jihatidan so‘ngi esa besh yil davomida o‘rtacha 52 % lik o‘sish sur’atlarini qayd etib kelayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Albatta, bunday yuqori o‘sishga yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek amalga oshirilgan devalvatsiya siyosati natijasida xorijiy valyutada berilgan kreditlarning so‘mda ikki barobar ortiq shaklda aks etgani ham sabab bo‘lgan. Ammo devalvatsiya ta’sirini inobatga olmagan holda kredit qo‘yilmalarinig so‘ngi yillarda o‘sish sur’ati o‘rtacha 20 % dan yuqori, buni esa ijobiy holat sifatida baholash mumkin.Tijorat banklarimizning jami aktivlari, ularning kredit qo‘yilmalarini so‘ngi 10 yillikda yuqori sur’atlar bilan o‘sib kelayotgani, albatta, ijobiy holat bo‘lib, bu tijorat banklari faoliyatining iqtisodiyotga ta’siri va ulushining ortib borayotganligidan dalolat beradi, buni quyidagi tijorat banklarinining asosiy ko‘rsatkichlari va ularning YaIM dagi ulushi keltirilgan (2-jadval) ma’lumotlari orqali ham bilib olishimiz mumkun.
Tijorat banklarining kredit faoliyati tahlil qilinganda quyidagi yo`nalishlarga e`tibor qaratilishi muhim ahamiyatga ega deb o`ylaymiz:
Kredit mablag`larining tahlil davridagi harakati;
Kredit portfelining diversifikatsiyasi, ya`ni uning iqtisodiyot tarmoqlariga taqsimlanishi holati;
Kreditning qaytaruvchanligini baholash;
Kreditning maqsadli ishlatilishi va ta`minotini baholash;
Muammoli kreditlarning mavjudligi va ular bilan ishlash darajasi;
Kreditlarning samaradorligi;
Kredit mablag`lari harakati tahlili bank kreditlari to`g`risidagi moliyaviy hisobot hamda kredit portfeli ma`lumotlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu tahlil natijasida umumiy kreditlar qoldig`i yangidan berilgan kreditlar ulushi, kredit hisob raqamlari bo`yicha debet va kredit aylanmalari, hisobot davrida kredit qo`yilmalarining o`sishi, kreditlar bo`yicha yo`qotilishi mumkun bo`lgan mablag`larni qoplash zaxirasining yetarligi, muddati uzaytirilgan kreditlar kreditlar ulushi kabi masalalar o`rganiladi.
Albatta, tijorat banklarimizning aktivlari va kredit qo‘yilmalarining o‘sishiga devalvatsiyaning qay darajada ta’sir etishi ularning tarkibida xorijiy valyutadagi aktivlar va kreditlarning ulushi qay darajada ekanligiga bog‘liq. Buni quyidagi 2-jadvalga ma`lumotlaridan ko`rishimiz mumkun. Tijorat banklarimizning jami ajratgan kreditlarida xorijiy valyutada berilgan qismi 2018-yilda 43 %ga, ya’ni 22.5 trln.so‘mga teng ekanligini, 2019 yil yakuniga kelib esa xorijiy valyutada berilgan kreditlar qoldig‘i 68.8 trln.so‘mga yetdi va kredit portfelidagi ulushi 62% ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |