Iqtisodiyot” fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi mavzu: “O’zbekiston Respublikasining pul-kredit siyosati” mavzusidagi kurs ishi


-rasm.Bozor iqtisodiyoti subyektlarining o`zaro ta`siri



Download 418,34 Kb.
bet5/12
Sana16.03.2022
Hajmi418,34 Kb.
#493110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Azimova

1-rasm.Bozor iqtisodiyoti subyektlarining o`zaro ta`siri.4
Hozirgi davrda real hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi.
Masalan, AQSh iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotidan sezilarli farq qiladi.
Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi:
- birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u iqtisodiyotda faol rol o‘ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi;
- ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o‘laroq, AQSh iqtisodiyotida yirik korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud. Bu yerda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvetsiya iqtisodiyotida ham 90% dan ortiq xo‘jalik faoliyati xususiy firmalarda to‘plangan bo‘lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishga erishmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank kreditining o`rni beqiyosdir. Iqtisodiy katagoriyaga amal qiluvchi har bir mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tish va unda ish yuritishda uning o’rni va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul “ bozor tili ” dab bejiz aytilmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromad-xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Krеdit tоvar-pul munоsabatlari mavjud sharоitdagi takrоr ishlab chiqarish jarayonining ajralmas bir qismi bo’lib, tоvar ishlab chiqarish krеdit munоsabatlari vujudga kеlishining tabiiy asоsi hisоblanadi. Krеditning vujudga kеlishini nafaqat ichki istе’mоl uchun tоvar ishlab chiqarish dоirasidan emas, balki asоsan yuridik jihatdan mustaqil bir-biriga mulkdоr sifatida qarama-qarshi turuvchi va iqtisоdiy munоsabatlarga kirishishga tayyor tоvar egalari faоliyat ko’rsatayotgan muоmala dоirasidan qidirish kеrak. Ishlab chiqarish fоndlarining dоiraviy aylanishidagi va fоndlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli krеdit munоsabatlari paydо bo’lishining iqtisоdiy asоsidir. Iqtisodiyotni rivojlantirishning hozirgi sharoitida barcha sohalarda bo’lgani kabi bank sektorida o’tkazilayotgan islohotlarda sezilarli siljishlar va o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu o’zgarishlar mustaqillik yillarida jahon andozalariga mos keladigan bank tizimini bosqichma-bosqich barpo etish bilan hamohang tarzda davom ettirilmoqda.
O’zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga qaramligi yo’qligi va tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib turdi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Bugungi kunda kapitalning yetarlilik darajasi 24,0 foizdan oshib, bu esa qabul qilingan umumiy xalqaro standartlardan 3 barobar ortiqdir. 2012 yil yakunlari bo’yicha bank tizimining likvidligi 65,0 foizdan ortmoqda, bu esa talab etiladigan minimal darajadan 2 barobar yuqoridir”5.
Tijorat banklari o’zining iqtisodiyotda tutgan o’rni va o’ziga xos faoliyati bilan bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi sifatida yuzaga keldi. Tijorat banklarining bugungi kundagi faoliyatiga e’tibor beradigan bo’lsak, iqtisodiyotning hech bir sub’ekti yo’qki, u bugun bank xizmatidan foydalanilmayotgan bo’lsin. Bundan tashqari banklar o’z mijozlariga moliyaviy broker sifatida ham xizmat ko’rsatmoqda. Banklarning bunday funksiyani bajarishlari korxona tashkilotlarning qimmatli qog’ozlar bozori operatsiyalarida qatnashishlari uchun qulay sharoit yaratmoqda. Tijorat banklarining kreditlari bank faoliyatida asosiy o’rin tutgan operatsiyalardan biridir.
O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 apreldagi “Bank va banklar faoliyati to’g’risida”gi qonunida bank terminiga tushuntirish berilganda, bu tashkilot uchta operatsiyani albatta amalga oshirishi kerakligiga urg’u berilgan bo’lib, bulardan biri kredit berish operatsiyasidir. Jahon bank faoliyatida bank terminiga moliyaviy univermag degan tushuncha berilganiga qaramay kredit operatsiyalari barcha bank-lar faoliyatida muhim o’rin egallagan. Bir tomondan bank krediti iqtisodiy subyektlar uchun zaruriy hollarda vaqtincha yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklarni yechishda yordam beruvchi muhim manba hisoblansa, ikkinchi tomondan esa banklar olib borayotgan jarayonlari ichida eng ko’p foyda beruvchi jarayondir.
Ma’lumki, kredit portfelining mohiyatini va uni shakllantirish jarayonini tubdan anglash uchun, biz avval kreditning mohiyatini, u bilan bog’liq bo’lgan muammolarni o’rganib chiqishimiz zarur. Kredit va umuman kreditlash mexanizmi borasidagi muammolar jahonning yetakchi olimlari, iqtisodchilari va tadqiqotchilari tomonidan o’rganib chiqilgan va ular tomonidan kreditlash jarayoniga turlicha fikrlar bildirilgan. Tijorat banklari kredit portfelining sifatini baholash va undagi mavjud bog’lanishlarni aniqlash uchun kreditning mohiyatini bilish yetarli emas. Banklar tomonidan amalga oshirilayotgan kreditlash jarayoni yuzasidan barcha ma’lumotlarni o’zida mujassam qilgan kredit portfelining shakllantirish va boshqarish jarayonlarini o’rganib chiqish muhim ahamiyatga egadir.
Rossiyalik olim E.V.Tixomirovning o’tkazgan tadqiqotlariga ko’ra kredit qo’yilmalari hajmining oshishi natijasida kredit portfelining sifati saqlanib qoladi. Tarmoqlar bo’yicha kreditlashning ko’lami mamlakat iqtisodiy holatiga bog’liq bo’lishi ta’kidlab o’tilgan.6V.V.Evsyukov, A.A.Kochetigov va D.N.Trutnev rossiyalik olimlari bank kredit porfelini shakllantirning kompleks yondoshuvi yuzasidan tadqiqot olib borganlar. Ular tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda kredit taqdim qilish bo’yicha qarorlar qabul qilishda yordam beruvchi qarzdorning kredit riskini, bozor va bank likvidligi risklarini kompleks tahlil qilish metodikasi keltirilgan. Bu olimlar, xozirgi kunda kreditlashda qarz oluvchining kreditga layoqatligini baholash mexanizmi nazariy-metodologik jixatidan yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi, matematik apparatning sust qo’llanilishi, ekspertlarning sub’ektiv hulosalariga asoslanib qolish, qarzdorning reyting ko’rsatkichlaridan iqtisodiy asoslantirilmagan holda kredit hajmining limitini belgilash ta’kidlab o’tganlar.
Tijorat banklari faoliyatining barqarorligi va raqobatbardoshligi ularning resurslarini to’g’ri tashkil qilish va ulardan oqilona foydalanishga bog’liq. Shuni ta’kidlash lozimki, tijorat banklarining depozit va kredit portfelini tashkil qilish, boshqarish, uni diversifikatsiya qilish sohasida qator echilmagan muammolar mavjud. Bozor iqtisodiyoti keng rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning kredit siyosatiga, ularning kredit portfeli va uning sifatiga, undan foydalanish darajasiga katta e’tibor beriladi. Banklar faoliyatida kredit operatsiyalari asosiy o’rinni egallagani uchun ularning kredit portfelini to’g’ri tashkil qilish banklarning samarali va barqaror faoliyat ko’rsatishi uchun imkoniyat yaratib beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kredit operatsiyalarini olib borishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar banklar daromadining kamayishiga, ba’zi hollarda ularning sinib ketishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli banklarning kredit portfeli va uning sifatini nazorat qilib borish kredit risklarini kamaytirishning omili va tijorat banklarining samarali faoliyatining garovidir. Banklarning kredit portfeli, uning holati to’g’risida biron fikr bildirishdan oldin, dastlab kredit portfelining iqtisodiy mohiyatini tushunib olishimiz lozim.
Banklarning kredit portfeli to’g’risidagi tushuncha bizning amaliyotimizga va iqtisodiy tushunchalarimiz safiga yaqinda kelib qo’shilgan tushunchalardan hisoblanadi. Ba’zi xorijiy davlatlar iqtisodchilari tomonidan yuqoridagi mavzuning ba’zi tomonlarini ochib beruvchi ilmiy ishlar chop etilganligini inobatga olmasa, O’zbekiston iqtisodchilari o’rtasida banklarning kredit portfeli, uning mohiyati, tarkibi, uning sifati bo’yicha tahlili sohasida ilmiy ishlar o’tkazilib, chop qilingan emas. Shu sababli banklarning kredit portfeli va uni tashkil qilish masalalari juda dolzarb va bahslashuvni talab qiluvchi masalalardan biri hisoblanadi.
Berilgan kreditlarning o’z vaqtida banklarga qaytarilishi kreditlash jarayonining qay darajada tashkil qilinishiga, kredit berish va qaytarilishining muddatlariga rioya qilinishiga, kreditlar, ayniqsa muddati o’tgan yoki uzaytirilgan kreditlar bo’yicha hisob-kitob operatsiyalarining to’g’ri olib borilishiga, kreditlar bo’yicha zararlarni qoplash rezervi miqdoriga, banklararo kredit va markazlashtirilgan kreditlar bo’yicha operatsiyalarning qonuniyligiga va kreditlarni to’g’ri turkumlash bo’yicha banklarda o’tkaziladigan analitik operatsiyalarning sifatliligi va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Banklar tomonidan bajariladigan barcha kredit operatsiyalar ularning kredit portfelida o’z ifodasini topishi va har bir bank kredit portfelining sifatli bo’lishiga erishishi zarur. Bu esa kreditlarning o’z vaqtida qaytib kelishiga asos bo’lishi mumkin.
Tijorat banklari kredit portfelining mohiyati to’g’risida keltirilgan ta’riflar mohiyati jihatdan xilma xil bo’lib, ular banklarning kredit portfeli, uning iqtisodiy mohiyati, tarkibi, qiyosiy ta’rifi to’g’risida barcha tomonidan ma’qullangan aniq bir fikrni ifoda qilmaydi. Masalan, amerikalik iqtisodchilar Kris J. Barltrop, Diana Mak Noton “kredit portfeli - bu kreditlarni turkumlashni o’z ichiga oladi” deb ta’riflashsa, boshqa bir guruh iqtisodchilar kredit portfelini bankning aktiv operatsiyalarining yig’indisi sifatida ta’riflaydilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyatini oshishi quyidagilar bilan bog`liq:
1. Naqd puldan foydalanishni kamaytirib, muomila xarajatlarini, pul emissi- yasini kamayishini ta`minlaydi.
2. Korxonalar va axolining vaqtinchalik bo`sh pul mablag`lari kredit muassa- salarida saqlanishi tufayli ulardan unumli foydalanish ta`minlanadi.
4. Bank muassasalariga tuplangan pullar xalq xujaligi tarmoqlari, korxona- larning asosiy va aylanma mablaglarining tuldirishning qarzga olingan manbai sifatida muhim ahamiyatga ega.
5. Kredit tufayli xujaliklar o`rtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajaril- ishi ta`minlanadi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligi ta`minlanadi va boshqalar.
Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o`rni va roli u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. Kreditning funksiyasi – bu kreditning jamiyat va iqtisodiyotdagi faoliyatining muayyan ravishda namoyon bo`lishidir.
Kreditning funksiyalari:
1. Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish. Bunda kred- itor va qarz oluvchi o`rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o`rtasida aylanadi.
2. Qayta taqsimlash. Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlariga – ta`minot, ishlab chiqarish, taksimlash, muomila va iste`molga xizmat qiladi.
Ushbu funksiya yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy sektorning bo`sh pul mablag`lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyan to`lov asosida beriladi. Bu funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi proporsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.
3. Muomila xarajatlarini tejash. Bu funksiya yordamida nakt pulsiz hisob-kitoblar rivojlantirilib, hisob-kitoblarni tezligini va kam harajatliligi ta`minlanadi. Kapitalning muomilada bo`lish vaqtini tejalishi uning ishlab chiqarishda bo`lish vaqtini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydani ortishiga olib keladi.
4. Kapital to`planishining jadallashuvi va markazlashuvi. Kapital to`planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo`jalik yurituvchi subyektning o`z maqsadiga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kredit yordamida katta xajmdagi mablag`ga ega bo`lishga imkon yaratadi.
5. Muomilaga to`lov vositalarini chiqarish. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomilasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to`lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Kredit tufayli pul muomilasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarga almashtiradi. Bu esa ichki va tashki bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining kerakli elementi sifatida muhim o`rin tutadi.



Download 418,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish