Iqtisodiyot fakulteti fan: makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


II bob. Yangi soliq konseptsiyasi qabul qilinishi va uning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga ta’siri



Download 44,25 Kb.
bet4/8
Sana20.02.2022
Hajmi44,25 Kb.
#460736
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs Ishi Qodirova Sug\'diyona

II bob. Yangi soliq konseptsiyasi qabul qilinishi va uning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga ta’siri.
2.1. Yangi soliq siyosati orqali Respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish.
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari kiritish shakllari
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
- chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
- mol-mulk, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish;
- intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
- kontsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan kontsessiyalar olish;
- savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek erga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali. Shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliqqa tortish tartibi
- O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.

- O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi.


Xuddi shunday vaziyat xorijiy yuridik shaxslarni soliqqa tortishda ham yuzaga keladi. Shunday qilib, O‘zbekistonda ta’sis etilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan, bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan yuridik shaxslarga O‘zbekiston hududidagi manbalardan olgan daromadlari (foydalari) bo‘yicha soliq solinadi. Chet ellik jismoniy va yuridik shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirish o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin, basharti tegishli chet davlatda ham O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga nisbatan huddi shunday chora-tadbirlar ko‘rilgan bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasidagi chet ellik investorlarning xorijiy sarmoyalari va boshqa aktivlari “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan himoya qilinadi va milliylashtirilmaydi. Xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxonalar uchun belgilab qo‘yilgan bojxona va soliq imtiyozlari bilan bir qatorda to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etayotgan quyidagi iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari uchun qator imtiyozlar mavjud:
1. Radioelektron sanoat buyumlari va kompьyuter hamda hisoblash texnikalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish;
2.Engil sanoat;
3.Ipakchilik sanoati;
4.Qurilish materiallari sanoati;
5.Parranda go‘shti va tuxum etishtirish;
6.Oziq-ovqat sanoati;
7.Sut-go‘sht mahsulotlari sanoati;
8.Kimyo-farmatsevtika sanoati.
Ushbu korxonalar asosiy faoliyati bo‘yicha daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirishdan olinadigan soliq, ekologiya solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq, shuningdek Respublika yo‘l fondiga majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladi.
Qayd etilgan soliq imtiyozlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy xorijiy sarmoyalar quyidagi hajmda jalb etilganda taqdim etiladi:
— 300 ming AQSh dollaridan 3 mln. dollargacha — 3 yil muddatga;
— 3 mln. AQSh dollardan 10 mln. dollargacha — 5 yil muddatga;
— 10 mln. AQSh dollaridan ortiq — 7 yil muddatga.
Xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan qo‘shimcha kafolatlar va himoya choralari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlar taqdim etilishi, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda yordam ko‘rsatish, maxsus soliq va to‘lov rejimini yaratish, loyihalarni amalga oshirish ustidan davlat monitoringini o‘tkazish va qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 20 dekabr kuni yangi qabul qilingan soliq siyosati konsepsiyasini amaliyotga toʻliq tatbiq qilish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Ochiq-oshkora va adolatli soliq tizimi iqtisodiyot rivojining eng muhim asosidir. Lekin yurtimizda hozirgacha amal qilib kelinayotgan soliq maʼmuriyatchiligida koʻplab noaniqliklar borligi biznes, tadbirkorlik, investitsiya sohalari ravnaqiga toʻsiq boʻlayotgan edi. Stavkalarning yuqoriligi insofli soliq toʻlovchilarni qiynab kelardi. Misol uchun, korxona foydasidan qatʼi nazar, tovar aylanmasidan 3,2 foiz miqdorida davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratma toʻlab kelingan. Bu soliq yuki korxona daromadining kamida 21 foiziga teng boʻlib, ularning raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishiga xalal berardi. Bu kabi muammolarni bartaraf etish, soliq yukini kamaytirish va chinakam bozor iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki va boshqa tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda, rivojlangan davlatlar tajribasi asosida qabul qilingan ushbu konsepsiyada biznes uchun juda katta imkoniyatlar, xalqaro darajadagi qulay sharoitlar nazarda tutilgan. Xususan, kelgusi yildan boshlab soliq turlari 19 tadan 15 tagacha qisqarmoqda. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasi 14 foizdan 12 foizgacha, dividendlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha foyda soligʻi stavkasi 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirildi.Yana bir muhim jihati, endi soliq stavkalari avvalgiga oʻxshab keskin oʻzgaruvchan boʻlmaydi. Bu investorlarga uzoq muddatli biznes loyihalarini rejalashtirishda qiyinchilik tugʻdirmaydi.
Yangi soliq konsepsiyasida, yuqorida qayd etilgan, tovar aylanmasidan ajratma toʻlash tartibi ham bekor qilinmoqda. Buning natijasida yirik korxonalar oʻz ixtiyorida 5 trillion soʻmdan ortiq mablagʻlarni saqlab qoladi. Shu kabi yengilliklar tufayli Xalqaro valyuta jamgʻarmasi soliq tizimining isloh etilishini Oʻzbekistonning eng katta yutuqlaridan biri deb eʼtirof etdi.



Download 44,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish