Iqtisodiyot fakulteti fan: makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


I bob. Soliqlar vujudga kelishining ilmiy-nazariy asoslari



Download 44,25 Kb.
bet2/8
Sana20.02.2022
Hajmi44,25 Kb.
#460736
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs Ishi Qodirova Sug\'diyona

I bob. Soliqlar vujudga kelishining ilmiy-nazariy asoslari.
1.1. Soliqlar va ularning iqtisodiy mazmuni borasidagi evolyutsion qarashlar.
Soliqlarning paydo bo‘lishi, ularning ilk ko‘rinishlari haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish har bir insonni qiziqtirishi tabiiydir. Soliqlarning qachon paydo bo‘lganligi haqida aniq ma’lumot tarixiy kitoblarda uchramasada, soliqlar tarixini yorituvchi manbalarning guvohlik berishicha, davlat paydo bo‘lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zururiy bo‘g‘iniga aylangan. Davlat tuzilishi shakllari rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi ham doimo o‘zgarib turgan. Soliqlarning ilk ko‘rinishi sifatida qurbonlik qilingan noz-ne’matlar e’tirof etiladi. Buning xususiyati shundan iboratki, qurbonlik qilish majburiy bo‘lmay, balki ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgandir. Qilingan qurbonliklar esa kambag‘allarga, nochorlarga, yetimlarga, muhtojlarga ulashib berilgan. Keyinchalik joriy etilgan soliqlar esa bevosita qabila hamda urug‘lar o‘rtasida davom etib turgan urush-janjallarga bog‘liqdir. Bunday soliqlar natura shaklida bo‘lib, bir qabilani bosib olish yoki o‘zini muhofaza qilish uchun safarbar etilgan.
Soliqlar tarixda inson sivilizatsiyasi bilan birga rivojlanib, uning ajralmas qismi hisoblanadi. Soliqlarning iqtisodiy munosabatlarda asosiy o‘ringa chiqishiga, avvalambor, davlatning shakllanishi, jamoalarning sinflarga bo‘linishi, qadimgi ijtimoiy tuzumning vujudga kelishi hamda ularning ma’lum moliyaviy manbaga ehtiyoj sezishlari sabab bo‘lgan. Ingliz iqtisodchisi S.Parkinson so‘zi bilan aytganda: “Soliqlar ko‘hnadir – huddi dunyodek, uning yuzaga kelishida qachondir bir mahalliy qo‘mondon o‘z hududida joylashgan daryo yoki tog‘dan savdogar hamda sayohatchi o‘tsa ulardan haq olishi sabab bo‘lgan”. Soliqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jarayonida ularning shakllari ham o‘zgarib kelmoqda. Agarda bugungi kunga kelib soliqlar asosan pul shaklida undirilayotgan bo‘lsa, ular qadimda bir qancha ko‘rinishlarda, jumladan, mehnat shaklida, natura shaklida undirilgan. Shu o‘rinda qayd etish lozimki, jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti yuksalishiga mos ravishda soliqlarning pulli shaklda undirilishi ham tobora rivojlanib bordi.
Soliqlarning rivojlanish tarixi. V.M.Pushkaryova soliqlar rivojlanish tarixini 3 bosqichga ajratib ko‘rsatadi. Ularning har biri u yoki bu xususiyatlari hamda afzalliklari bilan ajralib turadi. Birinchi bosqichda soliqlarning rivojlanishi qadimgi va o‘rta asrlar qishloq xo‘jaligi tizimiga xos bo‘lib, u tartibsiz hamda asossizligi bilan ajralib turadi. Shu davrdan e’tiboran soliqlar va ularni undirish mexanizmi joriy etildi. Soliqlarning joriy etilishi davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularning amal qilishiga davlat apparatining shakllanishi, armiya, sud va ularning moliyaviy manbalar bilan ta’minlash zaruriyati, tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi kabi omillar sabab bo‘lgan. Ilk soliqlar tizimsiz to‘lovlar ko‘rinishida bo‘lib, ular natura shakliga ega bo‘lgan. Aholi soliqlarni ekinlar hosilidan, savdo-sotiqdan hamda ovlagan hayvonlaridan to‘laganlar. Hozirgi davr soliq tizimiga mohiyatan o‘xshash ilk soliq tizimi qadimgi Rimda shakllangan. Bu soliqlar faqat urush xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan. Rim aholisi o‘zining mol-mulki, turmush darajasi hamda oilaviy ahvolidan kelib chiqqanholda soliq to‘lashgan. Soliq summalari maxsus shaxslar tomonidan hisob kitob qilingan. XVII asrgacha Evropada soliqlar tartibsiz undirilganligi uchun yagona tizimga ega bo‘lmagan. Ularning taqdiri urush natijalariga bog‘liq bo‘lib, goh kamayib, goh ko‘payib ketar, natijada aholining tinkasini quritar edi. Faqatgina XVII asr oxiri XVIII asrboshlariga kelib soliqlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi boshlandi. Ikkinchi bosqichning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda soliqlar davlat budjetini shakllantirishning asosiy manbasi sifatida ko‘rilgan. Soliq obyektlarini aniqlash va soliqqa tortish qonun-qoidalarini tartibga soluvchi ilk soliq tizimi yuzaga kelgan. To‘g‘ri va egri soliqlar ilk bor ajratilib, bu soliqlarning muhim va ahamiyatli jihatlari ochib berilgan. Soliqlar ichida asosiy o‘rinni aksizlar egallagan. Bular qonuniy ravishda shahar darvozalarida mamlakatga kiritiluvchi yoki undan chiqariluvchi tovarlardan undirilib, hamma daromadlar va tushumlar soliqqa tortilgan. Evropa mamlakatlarida demokratiyaning rivojlanishi natijasida soliqlarni hisoblash va undirish borasida aholining haq-huquqlarini himoya qilish masalalari o‘rtaga tashlandi. Natijada 1689 yil Angliyada qabul qilingan “Huquqlar tog’risidagi bill”da qat’iyan xalq vakillari organlariga davlat daromadlari hamda xarajatlari to‘g‘risida ma’lumot berishi belgilandi. Fransiyada esa faqatgina 1791 yil “Ulug‘ Fransuz revolyusiyasi”dan keyin davlat budjeti va soliqlari haqida ma’lumot berila boshlandi. Uchinchi bosqichning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda soliqlarning kamayishi hamda soliqlarni o‘rnatish va undirishga oid qonun-hujjatlarning kuchayishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. XIX asrning ikkinchi yarmida ko‘p mamlakatlar yangi ilmiy nazariyalarni hayotga tatbiq etishga uringanlar, lekin faqatgina birinchi jahon urushidan so‘ng yangi ilmiy qarashlarning samarasi o‘laroq soliq solish tamoyillari hozirgi mukammal ko‘rinishga ega bo‘lgan. Ayni shu vaqtda zamonaviy soliq tizimining poydevori qurila boshlandi, to‘g‘ri soliqlarning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berildi hamda budjet daromadlari ulushining katta qismini to‘ldiruvchi jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqlarni progressiv stavkalari joriy etildi. Shu bilan birga tan olish lozimki, shu vaqtgacha biror bir davlatda mukammal soliq tizimi amal qilmaydi. Markaziy Osiyoda soliqlarning paydo bo‘lishi. Soliqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga bevosita davlatchilik munosabatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bog‘liq bo‘lib, uning sababi sifatida shuni qayd etish lozimki, davlatning mavjud bo‘lishi, davlat xarajatlarini moliyalashtirish zaruratini келтириб чиқарди. Ma’lumki, davlatchilik munosabatlarining ilk ko‘rinishlaridan tortib hozirga qadar ham davlat xarajatlarini moliyalashtirshning soliqlardan boshqa samarali mexanizmi mavjud emas. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha Markaziy Osiyo hududida davlatchilik munosabatlari eramizdan avvalgi ming yillik boshlariga borib taqalib, uning hududidagi eng qadimgi davlatlar sifatida Katta Xorazm, Baqtriya va So‘g‘diyona davlatlari qayd etilgan. Ushbu davlatlarni boshqarish tizimi, ularda amal qilgan soliqlar borasida aniq ma’lumotlar saqlanmagan bo‘lsada, aytish lozimki, shak-shubhasiz u yoki bu ko‘rinishdagi soliqlar amal qilgan. Soliqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga doir munosabatlar Markaziy Osiyo hududida ham dunyoning boshqa mintaqalarida bo‘lgani kabi davrlar nuqtai-nazaridan oddiylikdan murakkablik tomon rivojlanib borgan.



    1. Download 44,25 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish