Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari
O’zbekiston amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Bu borada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xatarlariga qarshi chora tadbirlarni belgilash, bu inqiroz mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy oqibatlarni oldini olish va qarshi kurashish, “2009-2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturi”da belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli amalgam oshirilishini ta’minlash bugungi kunda barchamiz uchun ustuvor vazifadir.
Kichik tadbirkorlik subyektlariga mustaqillik berish ular faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir.
O’tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlamntirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilib, bu borada O’bekiston Respublikasining bir qator qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining bu soha faoliyatiga doir qaror va me’yoriy hujjatlari qabul qilinganligini qayd etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu huquqiy me’yoriy hujjatlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati ham ijobiy tomonga o’zgardi.
Shu jumladan, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat Dasturid kichik biznesning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish sohasida birgina 2011 yilning birinchi yarim yilligida “Xususiy mulkni himoyalash va mulkdorlr huquqlarining kfolatlari to’g’risida”, “Tadbirkorlik faoliyti sohasida ruxsat berish shart-sharoitlari to’g’risida”, “Oilviy tadbirkorlik to’g’risida” yangi Qonun loyihalarini, shuningdek “Tadbirkorlik faoliyati erkinliklarining kafolatlari to’g’risida” gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini hamda “Soliq kodeksi”ga, “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida”gi va “Lizing to’g’risida”gi Qonunlarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan bog’liq o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritish yuzasidan tegishli qonun loyihalarni ishlab chiqish vazifalari belgilangan.
Buxoro viloyatida 2011 yilda iqtisodiyot sohalarida kichik tadbirkorlikning ulushi sanoatda 19,9 % ni, qishloq xo`jaligida 98,3%ni, qurilish ishlari 64 %ni, aholga pullik xizmat ko`rsatish 63,6 % ni t ashkil etgan.
Ilmiy tahlillarimiz ko‘rsatishicha, hozirgi kunga qadar mamlakatimizda davlatning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashi asosan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirib kelindi:
•mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun lozim bo‘lgan huquqiy-me’yoriy asos yaratildi;
•kichik biznesning rivojlanishida ustuvorliklar belgilandi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning Dasturi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda;
kichik biznesning rivojlanishiga yordam beruvchi bozor
infratuzilmasiga asos solindi;
imtiyozli soliq, subsidiyalar, davlat va byudjetdan
tashqari fondlardan beriladigan imtiyozli kreditlar, xalqaro
moliya institutlari kreditlarini jalb etish kichik biznes
rivojlanishini rag‘batlantiradi;
huquqiy va jismoniy shaxslarga xorijiy va milliy
valyutada mikrokredit berish mexanizmi ishlab chiqildi va
joriy etilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishni ko`paytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011 yil 11 martda imzolangan PQ-1501-sonli Qarori, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muҳitini shakllantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011 yil 24 avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa bir qator me`yoriy-huquqiy ҳujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi.
Xususan:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko`rib chiqish muddati uch bank ish kunidan oshmaydigan muddat qilib belgilandi;
tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta`minotini rasmiylashtirish bilan bog`liq xarajatlarni hisobga olish huquqi berildi;
kichik biznes sub`ektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraq ochgani uchun to`lov undirish bekor qilindi;
imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishni rag`batlantirish maqsadida tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg`armasi mablag`lari hisobidan kreditlar ajratishdan oladigan daromadlari 2016 yilning 1 yanvariga qadar foyda solig`idan ozod qilindi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iinovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida davlat xususiy tashabbuskorlikni innovatsion tadqiqotlarga qaratuvchi qulay biznes muhitini shakllantirishi; tarkibiy islohotlarni opyimallashtirishi; mintaqaviy darajalarda innovatsion infratuzilmani rivojlantirishga ko’maklashishi (sug’urtalash, innovatsion vositachilar institute, texnoparklar va h.k.) lozim. Mazkur sharoitlarni amalgam oshirish jarayonida xususiy tadbirkorlar tashkil qilishning an’anaiy modelidan innovatsion modeliga o’tish imkonini qo’lga kiritadilar.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti, erkin raqobat sharoitida marketing birinchi o`ringa chiqib qoladi. Chunki marketing tovarning ishlab chiqaruvidan iste’molgacha bo`lgan yo`lini belgilab beradigan jarayondir. U mahsulotni ishlab chiqarish va sotishning kompleks tizimi bo`lib, xaridorning talab va ehtiyojini har tomonlama o`rganishga asoslanadi. Bu jarayon o`zgarib turadigan bozorga moslashib borish tizimi bo`lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish va umuman xo`jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish xaridorga ta’sir qilishning keng jabhalarini o`z ichiga oladi. Marketing bo`limiga qolgan barcha bo`limlarni o`zaro bog`lovchisi, ishlab chiqarishning boshida turuvchi asosiy bo`g`in sifatida qaralishi lozim. Ularning birgalikdagi hamkorligi natijasida bozor tadqiq qilinadi, korxonaning biznes sohasidagi yangi imkoniyatlari izlanadi, marketing strategiyasi va taktikasi yaratiladi, reklama va tovarlar harakati bo`yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, baholar o`rnatish amalga oshiriladi, rejalar yaratiladi va uning bajarilishi ustidan nazorat olib boriladi. Marketingning eng asosiy vazifalaridan biri kafolatlangan yuqori sifatli, xaridor talabiga javob beradigan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni va sotishni tashkil qilish hamda yo`lga qo`yishdir.
Bu o`rinda iqtisodiyotni boshqarishda marketing unsurlaridan biri reklamaning o`rni beqiyosdir. Yaxshi tashkil etilgan reklama bozor talabini oldindan ko`ra bilish va bozor sharoitida xaridorlar oqimini boshqara olish imkonini beradi. Reklama biror korxona, mahsulot, xizmat turi, ijtimoiy faoliyatning biror turini ommalashtirish maqsadida qilingan ishdir. Shu maqsadda reklama o`sha korxona yoki ijtimoiy faoliyatning biror-bir mahsulotiga yoki xizmat turiga keng jamoatchilikning e’tiborini jalb etadi.
Har bir korxona va tashkilot mahsulotining turi, uning taniqlililik darajasidan kelib chiqib o`z reklama dasturini ishlab chiqadi. Reklama byudjetini ishlab chiqishning turli usullarining hech birini umumiy deb tan olish va ular reklama xarajatlarining aniq va yagona hisob-kitobi darajasini kafolatlaydi deb ishonish mumkin emas. Kommunikator mustaqil tarzda, o`z marketing va reklama faoliyati xususiyatlarini hisobga olib, eng samarali usulni tanlashi lozim.
Reklama yangi mahsulot yaratilganligi to`g`risida iste’molchilarga xabar berish, mavjud tovar va xizmatlar haqida eslatib o`tish singari muhim vazifalarni amalga oshiradi. Reklama mijozlarning diqqatini tovarga jalb etish va ularning qiziqishini saqlashda yuqori samara beradi. Shularni inobatga olib men o`z izlanishimda “Kogon yog`-ekstraksiya zavodi” OAJning iqtisodiy faoliyatida reklamaning o`rni va ahamiyatini o`rganishga harakat qildim. “Kogon yog`” OAJ monopol tashkilot bo`lishiga qaramasdan iste’mol bozorining jadal kengayib borayotgan bir paytda uning mahsulotlariga ham o`rinbosar yog`-moy mahsulotlari raqobatchi bo`lishi xavfi mavjud. Bunday holatda korxonani himoyalashda reklamaning samaradorlik darajasi yuqori.
Xulosa: O`zbekistonda tarixan juda qisqa davr mobaynida erishilgan yutuqlar amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning puxta va izchilligidan dalolat bermoqda. Ular mamlakat iqtisodiy hayotining muhim masalalarining hal etilishida, ijtimoiy taraqqiyotning hayotbaxsh kuchlarining ishga solinishida o`z samarasini ko`rsatmoqda. Ushbu islohotlar iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan bo`lsa-da, ularni amalga oshirishdan ko`zlangan maqsadlar ichida kichik va o`rta biznesni rivojlantirish alohida o`rin tutadi. Darhaqiqat, keyingi yillarda barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy siyosatida kichik va o`rta biznesga bo`lgan e`tiborning kuchayishi ko`zga tashlanmoqda. Tadbirkorlikning bu sohasi o`zining qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bilan, xususan, sog`lom raqobat muhitini vujudga keltirishi, yirik korxonalar faoliyatiga harakatchanlik baxsh etishi, bozordagi talab va taklifga samarali ta`sir ko`rsatishi, aholi va ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirishi bilan o`zining katta salohiyatga ega ekanligini tasdiqlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |