Iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi “Marketing” fanidan kurs ishi mavzu: Tovar brendini shakllantirish omillari m-50-2 guruhi talabasi: abirov javohir
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTET “IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG’URTA” KAFEDRASI “Marketing” fanidan KURS ISHI MAVZU: Tovar brendini shakllantirish omillari M-50-2 GURUHI TALABASI: ABIROV JAVOHIR
RO‘YXATGA OLINDI “____” _______2022 y.
№_________ Imzo _________
Kurs ishi himoyaga tavsiya qilingan sana “____” _______2022 y. Ilmiy rahbar __________ Imzo _______________
KIRISH Rivojlangan mamlakatlarda marketing har yili o'zgarib turuvchi, u hatto bir yilda bir necha bor rivojlanib boradi. Shu sababli, Marketing Mix o'zgaruvchilardan biri bo'lib, hozirda muvaffaqiyat qozonishni istagan har bir kishi uchun eng samarali hisoblanadi.
Marketing daholaridan biri bo’lgan Filip Kotler janoblarining nazariyasi bilan boshlamoqchiman unda shunday deyilgan-ki “Marketing fan va san’at sifatida qo’shimcha ustama yaratish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun foydaga almashtirish evaziga qimmatli iste’molchiga yetkazib berish bilan shug’ullanadi. Marketing qondirilmagan ehtiyojlarni va istaklarni tadqiq qiladi” deb aytib o’tgan.1 Biz marketing tarixiga nazar soladigan bo’lsak, odamzod qachon paydo bo’lgan bo’lsa, marketing shuncha paytdan beri mavjuddir. Agar marketing qadimdan mavjud bo’lsa unda birinchi marketolog kim bo’lgan ekan ? degan savol sizlarda allaqachon paydo bo’lgan. Xa albatta o’zi birinchi marketolog kim bo’lgan ekan? Bu savolingizga albatta javob topilgan, bu qadimgi Injildagi hikoyada yozilgan bo’lib Momo havoni Odam atoga o’sha yeyilishi taqiqlangan olmani yeyishga majburlagan ilondir.
Ko’pchilik Marketingni nimaligini bilmasligi ham mumkin lekin hozirgi globallashuv davrida bu sohani bilmaslikning o’zi katta bir aybdir. Hozirda marketingni ham ko’plab turlari vujudga keldi bulardan eng keng tarqalgani SMM (social media marketing) ya’ni ijtimoiy tarmoqlar marketingidir. Bu turi shunday yadroviy tezlikda ommalashdiki mahsulotni reklama qilish, sotish va boshqa maqsadlarda foydalanish shunchalik arzon va effektli bo’lib qoldi. Buning shunchalik tez quloch yozib ommalashishida dunyoga xavf slogan Covid-19 pandemiyasida karantin e’lon qilinishi bo’ldi. Karantinda uyda bekor o’tirmasdan hamma ijtimoiy tarmoqlarga bog’lanib qoldi va shu orqali o’zi bilmagan holda ko’pchilik SMMni rivojlanishiga zamin yaratib berdi. Yurtimizda ham SMM anchagina rivojlandi va hozir ham bundan foydalanib kelinmoqda.
O’zbekistonda Marketing unchalik ham katta yutuqqa erisha olmagan shu paytgacha va marketing sohasiga unchalik ham katta e’tibor berilmaganligi bois yurtimizda ko’plab o’z ishining usta marketologlari juda kamdir. Hozirda qandaydir bir ishlab chiqarish korxonalariga va boshqa shunday savdo bilan aloqador bo’lgan tashkilotlarga sifatli ishlaydigan marketologlarga bo’lgan ehtiyoj juda katta.
Ko’plab tadbirkorlar marketologni chet davlatlardan olib kelib uning xizmatidan foydalanishmoqda. Albatta bu ham anchagina qimmatga tushadi. Bu sohani oqsoqlanayotgani bizda bu sohaga yengillik yaratib berilmayotganligi va bizda marketingni oddiygina bir bo’lim ishi kabi qarashimizdir. Hewlett-Packard kompaniyasi asoschilaridan biri Devid Packard shunday degan: “ Marketing birgina bo’lim ixtiyoriga berib qo’yiladigan narsa emas, marketing juda muhim degan ” bu gap bilan shuni aytmoqchi-ki marketing korxonaning har bir bo’limi bilan aloqada bo’lishi kerak Nega? Chunki ishlab chiqaruvchi bo’limlar ishlovchilar sifatini ta’minlay olishmaydi, yetkazib berish bo’limi tovarni o’z vaqtida ortmaydi, buxgalteriya hisoblari xato rasmiylashtiriladi va bularning bari marketingni faoliyatiga muammo yaratib beradi. Va men shuni aytib o’tgan bo’lardimki biz ham shu xatolarni oldini olib marketing faoliyatini korxonada to’g’ri tashkillashtitib butun bir ishlab chiqarishga marketingni bevosita bog’liq qilib qo’yishimiz kerak shundagina biz katta yutuqqa erisha olamiz.