Bozor tizimi xususiy mulkning ustunligi, ijtimoiy mehnat taqsimoti, pul yordamida amalga oshiriluvchi ayriboshlash munosabat-larining keng rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Boshqa ijtimoiy tizim kabi u doimo rivojlanib boradi. An’anaviy jamiyatda vujudga kelgan bozor asta sekinlik bilan xususiy tadbirkorlikka asoslanuvchi Yaxlit kapitalistik tizimga aylanib bormoqda.
Bozor munosabatlari mohiyatini aniqlashtirishda "bozor" tushun-chasi ikkiyoqlama ma’noga ega ekanligini e’tiborga olish lozim. Birinchidan, bozor ayriboshlash va muomala sohasida vujudga keluvchi sotish munosabatlarini ifoda etadi. Ikkinchidan, bozor iqtisodiy faoliyat jarayonlarini qamrab oluvchi, insonlar o’rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimini ifoda etadi. U turli mulkchilik shakllari, tovar - pul munosabatlari va moliya - kredit tizimidan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning amalda bo’lishining murakkab mexanizmi sifatida maydonga chiqadi. Muomala sohasidan tashqari bozor munosabatlari o’z ichiga quyidagilarni ham qamrab oladi:
bozor asosida ikki ishtirokchi o’rtasida vujudga keladigan ijara munosabtlari;
bozor infratuzilmasining amalda bo’lish jarayoni va shu kabilar.
Bozorning mohiyati uning funksional vazifalarida yaqqolroq namoyon bo’ladi. Bozorning muhim funksiyalari sifatida quyidagilarni keltirib o’tish mumkin:
▪ tovar ishlab chiqarishni tartibga solish funksiyasi. U tovarga talabning o’sishida ishlab chiqaruvchilarning mahsulot ishlab chiqarish o’lchamlarini oshirishlarida va narxni ko’tarishlarida, natijada esa ishlab chiqarish hajmining qisqarishida ifodalanadi;
▪ rag’batlantirishfunksiyasi. Narxlarning pasayishi sharoitida ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni qisqartira boshladilar va bir paytning o’zida mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, yangi texnika va texnologiyani joriy etish orqali, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish imkoniyatlarini izlay boshlaydilar;
▪ ishlab chiqarilgan mahsulotning ijtimoiy ahamiyatini belgilash funksiyasi. Ushbu funksiya ishglab chiqarish tanqisligi kuzatilmagan hollarda amalda bo’ladi (iste’molchida tanlash imkoni mavjud bo’lsa, bozorda bir necha ishlab chiqaruvchi faoliyat ko’rsatsa va ular o’rtasida musobaqa mavjud bo’lsa);
▪ muvofiqlashtirish yoki tartibga solish funksiyasi. Bozor yordamida iqtisodiyotdagi asosiy mikro va makroiqtisodiy nisbatlar o’rnatiladi;
▪ xo’jalik faoliyatini demokratlashtirish funksiyasi. Bozor mexanizmi vositasida ijtiomiy ishlab chiqarish yashovchan bo’lmagan iqtisodiyot elementlaridan xalos etiladi va shu asosda tovar ishlab chiqaruvchi-larning tabaqalanishi amalga oshadi.
Bozor iqtisodiyotining amalda bo’lishi umumiylikda bozor tizmini tashkil etuvchi uning ma’lum elementlarining mavjud bo’lishini taqozo etadi. bozor iqtisodiyotining muhim tashkil etuvchilari bo’lib quyi-dagilar hisoblanadi: