Xalqaro reyting:
2018 yil, B1/B2/NP
«Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan Hamkorbank ATB ga quyidagi xalqaro reyting baholari berildi:
Barcha reytinglar bo’yicha prognoz – «BARQAROR»;
Milliy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B1/NP;
Хorijiy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B2/NP;
1-jadval
Hamkorbank ATB ning faoliyati asosiy ko’rsatkichlari1
AKTIVLAR:
|
01.01.2022
|
01.01.2021
|
Pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari
|
1 623 446 072
|
2 223 974 341
|
Banklardagi mablag’lar
|
198 657 906
|
252 566 931
|
Mijozlarga berilgan ssudalar
|
739 367 078
|
174 446 908
|
Qimmatli qog'ozlarga investitsiyalar
|
3 996 537
|
3 966 537
|
Hosil bo'lgan moliyaviy vositalar
|
50 675 148
|
30 738 254
|
Mijozlarga berilgan kreditlar va avanslar, shu jumladan moliyaviy lizing
debitorlik qarzlari
|
9 497 406 271
|
7 273 859 530
|
Binolar va jihozlar nomoddiy aktivlar
|
288 261 741
|
250 238 710
|
Aktivlardan foydalanish huquqi
|
23 907 416
|
23 314 465
|
Soliq to’lashdan oldingi joriy daromad
|
11 722 507
|
17 672 898
|
boshqa moliyaviy aktivlar
|
10 289 320
|
757 641
|
Boshqa aktivlar
|
35 712 803
|
31 458 26
|
Jami aktivlar
|
12 494 489 800
|
10 287 089 495
|
MAJBURIYaTLAR VA KAPITAL
|
|
|
MAJBURIYaTLAR:
|
|
|
Banklarning mablag’lari
|
200 929 619
|
57 800 212
|
Mijozlarning mablag’lari
|
4 368 865 159
|
3 582 662 746
|
Emissiya qilingan qarz qimmatli qog'ozlari
|
14 050 070
|
10 500 000
|
Boshqa qarz mablag’lari
|
5 392 976 061
|
4 693 240 128
|
Subordinatsiya qilingan qarz
|
309 499 371
|
253 933 485
|
Lizing majburiyatlari
|
19 195 062
|
24 511 466
|
boshqa moliyaviy majburiyatlar
|
13 906 894
|
16 430 793
|
Joriy daromad solig'i majburiyati
|
761 319
|
3 975 860
|
Kechiktirilgan soliq majburiyati
|
33 704 332
|
22 449 360
|
Boshqa majburiyatlar
|
62 857 539
|
43 103 182
|
JAMI MAJBURIYaTLAR
|
10 416 745 426
|
8 708 607 237
|
KAPITAL:
|
|
|
Ustav kapitali
|
109 928 801
|
109 928 801
|
ulush mukofoti
|
77 751 387
|
77 751 387
|
Taqsimlanmagan foyda
|
1 890 064 186
|
1 390 802 070
|
Jami kapital
|
2 077 744 374
|
1 578 482 258
|
JAMI MAJBURIYATLAR VA KAPITAL
|
12 494 489 800
|
10 287 089 495
|
Bankning jamlama balansi milliy valyutaga nisbatan ekvivalentda 12,5 trln. so’mni tashkil qildi. 2017-2022 yillarda 4,2 trln. so’mga yoki 1,5 baravarga ko’paydi, 2021 yilda o’sish 2,2 trln. so’mni yoki 21 foizni tashkil qildi. Bank va mijozlarning moliya-xo’jalik faoliyatini rivojlantirish ham ichki, ham tashqi moliya bozorlarida kerakli to’lovlarni nafaqat o’z vaqtida va to’liq hajmda amalga oshirish, balki moliya-xo’jalik faoliyatini rivojlantirishda uning mijozlari ehtiyojlarini qanoatlantirish imkoniyatini beradi.
2021 yil yakunlari bo’yicha mijozlar depozitlari miqdori o’tgan yilga nisbatan 26 foizga yuqori. Hamkorbank mijozlar mablag’larini jalb qilish uchun aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlariga turli xildagi muddatli va jamg’arma omonatlarini taklif qiladi.
Hamkorbank ATB missiyasi — o‘z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmatko‘rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Bankning korporativ qadriyatlari — jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat — bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mijozlarga keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishga intiladi. O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Hamkorbank professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo‘lish, yangiliklarni qo‘llash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir.
Hamkorbank ATB ning tashkiliy tuzilmasi esa quyida ko’rsatib o’tilgan. Unga ko’ra Hamkorbankda korporativ boshqaruvning quyidagi to’rtta asosiy organi mavjud:
Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi – Hamkorbankning oliy boshqaruv organi. U bank nizomiga o’zgartirishlar kiritish, yangi aksiyalar chiqarish, kengash tarkibini yangilash, tashqi auditorlarni tasdiqlash va daromadlarni taqsimlash kabi bank faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi.
Bank kengashi – nazorat funksiyalarini bajaradi va bank strategiyasini belgilab beradi. Audit Qo’mitasi Bank Kengashiga ichki audit ishi ustidan nazoratni amalga oshirish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, korporativ boshqaruvning yuqori sifatini va korporativ nazoratning samaraliligini ta’minlashda ko’maklashadi.
Bank Boshqaruvi – bank faoliyatiga javob beruvchi, boshqaruv tarkibidagi aktivlar va passivlarni boshqarish qo’mitasi, kredit qo’mitasi faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Ularning faoliyatlaridagi turli samaradorliklarni amalga oshirishda ko’maklashadilar.
Boshqaruv Raisi- bu bankning asosiy vazifalariga:
- Bank faoliyatiga oid barcha masalalarni hal qilish, bank Ustavi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bank Kengashi va Boshqaruvi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno;
- Ishonchnomasiz Bank nomidan ish yuritish, barcha Respublika muassasalari, tashkilotlari va korxonalarida hamda chet el davlatlarda bank faoliyatiga oid barcha masalalar bo’yicha ish ko'rish;
- Bank Kengashi tomonidan o’rnatilgan tartibga muvofiq ko’chmas mulkdan tashqari bankning barcha mulkini boshqarish;
- Shartnoma va bitimlarni, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzish.
- Ishonchnomalar berish;
- Mablag’larni boshqarish huquqiga egalik qilish, shu jumladan xayriya ehsonlarni amalga oshirish, xizmat safarlari, vakillik va boshqa xarajatlarga ajratiladigan mablag’lar miqdorini belgilash;
- Bankning Bosh ofisi, hududiy filiallari va boshqa bo’linmalarining shtat jadvalini tasdiqlash;
- Ish haqi va xodimlarning boshqa daromadlari hajmini va shaklini mustaqil ravishda o’rnatish;
- Bank xodimlarining lavozim yo’riqnomalarini, xodimlarni rag’batlantirish to’g’risida va bo’linmalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash;
- Bankning barcha xodimlariga majburiy bo’lgan buyruq va farmoyishlarni chiqarish;
Passiv operatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
Qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish yo’li bilan resurslarni yig’ish;
Foyda hisobidan har xil fondlarni tashkil qilish yoki fondlar so’mmasini oshirish;
Boshqa kreditorlarning mablag’larini jalb qilish;
Depozit operatsiyalarini amalga oshirish.
Men amaliyot davrida bank aktivlari tarkibi bilan tanishdim, aktivlarni tarkibiy va sifat jihatdan tahlil etishni, ular bilan bog’liq bo’lgan risklarni o’rgandim.
Aktivlarni tasniflash tizimi barcha turdagi kreditlar, jumladan bank kafolatlari, kredit liniyalari, banklararo kreditlar, overdraftlar uchun qo’llaniladi va balansdan tashqari majburiyatlarni tasniflashni ham ko’zda tutadi.
Mazkur tizim bank boshqa aktivlari, jumladan investitsiyalar, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi, olishga doir hisobvaraqlar uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarni bajarish bo’yicha sotib olingan talab qilish huquqi va qaytarmaslik xatari mavjud bo’lgan boshqa aktivlarni baholashda ham qo’llanilishi mumkin.
Men bankning kredit siyosati, kredit portfeli salmog’i, unda berilgan kreditlar dinamikasi va tarkibi bilan tanishdim.
Bankning kredit siyosati – kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklarni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlari kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko’rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko’rsatishi va aniqlab berishi shart.
Hamkorbank ATB ning 2022-yil uchun mo’ljallangan kredit siyosati bilan tanishdim va u quyidagi talablarni o’z ichiga oladi:
I. Umumiy qoidalar
II. Kredit siyosatining maqsadi va strategiyasi
III. Kredit ajratishda vakolatlar darajasi va ma’sulyatni taqsimlash
IV. Kreditning turlari va muddatlari
V. Kreditlarning to’planishi
VI. Kreditlarni berish va nazorat qilish tartibi
VII. Kreiditlashning asosiy shartlari
VIII. Kreditlarni qaytarish tartibi
IX. Kreditlarni muddatini uzaytirish tartibi
X. Mijozlar bo’yicha moliyaviy axborot
XI. Garov ta’minotiga qo’yiladigan talablar
XII. Kredit xatarlarini boshqarish va monitoringiga nisbatan qo’yiladigan talablar
XIII. Muommoli kreditlarni aniqlash va ular bilan ishlash
XIV. Kreditlarni tasniflash va ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zahiralar tashkil qilish
XV. Kredit bahosi va ustama foizni hisoblash
XVI. Bankka aloqador bo’lgan shaxslar bilan tuzuladigan bitimlar
XVII. Ko’zda tutilmagan holatlar moddalari (balansdan tashqari moddalar)
XVIII. Kredit portfeli auditi
XIX. Yuridik xizmat xodimning xulosasi
XX. Bank Boshqaruvi va Kengashiga taqdim etiladigan hisobotlar
XXI. Kredit siyosatini amal qilinishi
XXII. Yakuniy qoidalar
Do'stlaringiz bilan baham: |