Iqtisodiy xavfsizlik



Download 358 Kb.
bet9/12
Sana22.10.2022
Hajmi358 Kb.
#855446
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ikramov Murodjon hisobot

5. Tijorat banklarining bank xizmatlarini rivojlantirishning xorij tajribasi
O’zbekistonda bank xizmatlari bozorini rivojlantirish va banklararo raqobat sharoitida mijozlarga ko’rsatiladigan yangi bank xizmatlarining samaradorligini oshirishda jxalqaro tajribasidan foydalanish, tashkil etilgan bank xizmatlari bozorini rivojlantirish muhim omilga aylanishi lozim. Bunga bog’liq holda quyidagi holatlarni ajratib ko’rsatish zarur:

  • Xorij tajribasidan foydalanish samaradorligi banklarimizning Yevropa kliring to’lov tizimi doirasida hisob-kitoblarni o’tkazishning zamonaviy shartlariga moslashish darajasiga bog’liq. Mijozning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko’rsatishdagi risklarni boshqarish kabi bunday bank xizmatlari va mahsulotlarini rivojlanishi, elektron bank xizmatlarini yaratish uchun Internetdan foydalanish, investitsion bank xizmatlarini rivojlanishi, xususan, korporativ moliyalar sohasida, aktivlarni boshqarishda, sekyuritizatsiyasida, ssuda kapitallari bozorida bank xizmatlarining rivojlanishi uchun banklarning xalqaro kredit tarixini yaratish muhim ahamiyatga ega.

Yuqorida aytib o’tilganlardan kelib chiqqan holda, mijozlarga bank xizmatlarining evrodagi namunaviy to’plami taklif qilish mumkin:
To’lov xizmatlari:

  • Yevropa to’lov tizimlari orqali evroda kliring hisoblari bo’yicha xizmatlar;

  • boshqa sub’ektlar qoldiqlari hisobiga evro hisobvarag’i likvidligini ta’minlash imkoniyati bilan turli valyutali schyotlarni ochish;

  • mijozlarning qisqa muddatli likvidligini boshqarish;

  • real vaqt tartibida evrodagi hisobvaraqlari bo’yicha hisobotlarni taqdim etish;

  • internet orqali evro hisobvaraqlarini boshqarish.

Korporativ mijozlar uchun xizmatlar:

  • evroda tuzilgan eksport-import shartnomalarining valyuta-moliya va to’lov shartlari, valyutani nazorat qilish va tartibga solish bo’yicha maslahatlar;

  • sindikatlashgan kreditlarni qo’shib hisoblagan holda tijorat bitimlarini evroda qisqa va o’rta kreditlashtirishni tashkil qilish;

  • valyuta risklarini shartnoma valyuta kursi yoki evro kursi bo’yicha to’lovlar valyutasiga bog’lash vositasida xedjirlash;

  • LIBOR (5.8%) foiz stavkasiga nisbatan evro zonasida qabul qilingan nisbatan past EONIA (yillik 3.2%) foiz stavkasini hisobga olgan holda yevrodagi qisqa muddatli kreditlarni jalb qilish.

Yangi bank xizmatlarini ishlab chiqish va taklif etishning samarali strategiyalari marketingning fundamental kontsepsiyalariga (bank xizmatlar differentsiatsiyasiga o’z mijozini u taqdim etayotgan xizmatlarning soni va sifati bo’yicha ushbu turdagi muassasalar orasida yagona ekanligiga ishontira olgandagina erishadi) asoslanadi. Odatda, buning uchun kuchli reklama kompaniyasi talab qilinadi. Reklama kompaniyasini olib borish jarayonida bank marketingi boshqaruvchilari mijozlar ongiga bank uchun kerakli bo’lgan g’oyani va bank tomonidan taqdim etilayotgan xizmat tasavvurini singdirishga harakat qiladilar. Xizmatlar samarali differentsiatsiyasi bu qimmat mashg’ulotdir. Ushbu reklama kompaniyasi yordamida tashkil etilgan yangi xizmat haqidagi tasavvur va g’oyani mijozlar anglab etganliklariga ishonch hosil qilish uchun bank boshqaruvi mijozlarga tez-tez xizmat ko’rsatish ishlarini olib borishlari zarur.
Global kommunikatsiyalardan, xususan Internetdan moliyaviy ma’lumotlarni tarqatish maqsadida foydalanilishi – xavfli ish. Bunday loyihalarni ishlab chiqishda qator yangi muammolar kelib chiqadi, masalan, davom ettiruvchi tizimlar kirish imkoniyatlarini yaratish va qanday qilib xavfsizlik masalasini hal etish. Mijoz qaerga murojaat qilmasin, unga o’sha ma’lumotlar omboriga kirish imkonini yaratish kerak.
Zamonaviy hayotda Internet orqali uydagi bank xizmatlari virtual xususiy tarmoq (VXT) deb nomlanuvchi tarmoqlarga tayanadi. VXT yordamida tashkilotlar Internetdan tarmoq sifatida va ko’rish dasturidan interfeys sifatida foydalanishadi. Bugungi kunda VXT yuqori himoya darajasiga ega, lekin ularning yopiq qarorlarga asoslanganligi tarmoq doirasida bir-biri bilan ishlash imkoniyatini cheklab qo’yadi. Web texnologiyasi ma’lumotlar himoyasi uchun unchalik qulay emas. Shu bilan birga himoyalangan muhitda muammo yanada chuqurlashadi. Xizmatlar to’lovlari ikkinchi usulning muhim sharti ochiq tarmoqlarda elektron o’tkazmalar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek serverlarni noma’lum kirishlardan himoyalashdir. Yaqinda ishlab chiqilgan standartlar, masalan Sun Microsystems kompaniyasining korporativ tarmoqni himoyalash uchun SKIP (Simple Key Management for Internet Protocol), shuningdek Visa va MasterCard kompaniyalarining Internetda to’lov operatsiyalarini raqamlash uchun SET (Secure Electronic Transactions) Internet orqali mustahkam va xavfsiz to’lovlarning amalga oshirilishining texnik bazasini ta’minlaydi.
Hozir injenerlik yordami guruhi tomonidan Internetda xavfsizlikni ta’minlash vositasi sifatida IPSec (Internet Protocol Security) standarti taklif etilgan. IPSec bilan birlashish birinchi navbatda brandmauer va TCP/IP steklar tomonidan etkazalishi kerak.
Mijozlarning ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan kirish bo’yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Edify firmasi bank operatsiyalarini elektron yuritish uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqmoqda. Hozir Edify Electronic Workforce Platform nomli mahsulotini taklif qilmoqda. U moliyaviy tashkilotlarga interfaol ish rejimida yordam berishga mo’ljallangan. Bunday o’tishning asosiy muammosi shuki, boshida tashkilotlar Webni faqatgina statistik ma’lumotlarni joylashtirish vositasi sifatida qaraganlaridir. Hozirda ular turli ma’lumotlarni (ko’pincha turli joylarda saqlanuvchi) yagona tizimga birlashtirishi kerak. Muhimi shuki, moliyaviy institutlar bunday texnologiyalarni joriy qilishga ko’p mablag’ sarflashni o’zlariga ep ko’rmaydi, chunki Web endi paydo bo’lmoqda va sarflangan mablag’lar o’zini qoplashi noma’lum. Ko’p tahliliy kompaniyalar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar ko’rsatadiki, onlayn to’lovlari sonining ko’payishi hozirgi kunda etakchi tendentsiyalardan biridir.
ComScore Networks tahlilchilari 14 yirik Amerika banklaridagi onlayn bankingning minglab foydalanuvchilarini tahlil qilib shunday xulosaga kelishdiki, onlayn to’lovchilar banklar uchun yaxshi. O’zlarining banklari orqali onlayn to’lov amalga oshiruvchi foydalanuvchilar onlayn to’lovni amalga oshirmaydigan foydalanuvchilarga qaraganda ikki marta ko’proq bankda mablag’lariga egalar. Internet- banking va to’lovlarning internet orqali amalga oshirilishi - onlayn xizmatlarning eng tez o’sayotgan turlaridan biridir.
Biroq internet-banking hech qachon oddiy bankka borishning o’rnini bosa olmaydi. Hozirda Evropa va AQShning ko’pgina banklari bankomatlar, Internetda vakillar va kun bo’yi ishlovchi telefon xizmatlariga egaki, ular asosiy moliyaviy operatsiyalarni istalgan payt o’tkazish imkonini beradi, biroq an’anaviy bank ofislari o’z obro’larini yo’qotmagan. Internet-banking tizimini yaratish jami 60-150 ming AQSh dollariga, yangi bank bo’linmasini ochish esa 1 mln AQSh dollariga tushishiga qaramasdan o’sishda davom etmoqda. Datamonitorning oxirgi tadqiqotlari shuni ko’rsatganki, 2020-yilda Evropada bankning onlayn mijozlarining soni 384 mlnga etgan. Buyuk Britaniyadagi va Germaniyadagi bankning internet-bozorlari (Nielsen-Netratingsning ma’lumotlariga ko’ra aynan Buyuk Britaniyada banklarda onlayn xizmatlar eng ko’p rivojlangan) eng katta, Skandinaviya mamlakatlarida esa aholi jon boshiga hisoblaganda ustunlik bor.
Shunday qilib, jahon tendensiyasi shuni ko’rsatadiki, bankda IKT ni joriy qilish darajasi banklarni yangi xizmatlarini joriy etishdagi hozirgi holatni ko’rsatadi va uning kelajagini aniqlaydi.

Download 358 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish