Iqtisodiy xafsizlik” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs ix-50-2 guruhi talabasi izzatullayev Suxrobning


Xitoy davlatida korrupsiyaga qarshi kurashish



Download 104,02 Kb.
bet3/4
Sana23.07.2022
Hajmi104,02 Kb.
#843279
1   2   3   4
Bog'liq
Коррупция мустақил иш Иззатуллаев Сухроб

Xitoy davlatida korrupsiyaga qarshi kurashish.

“Ilgari oddiy odamlar bir partiyali tizimga ishonmay, undan norozi boʻlib yurishardi, ular XKP oʻz aʼzolarini jazolamaydi deb hisoblardilar. Korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi boshlanganidan beri besh yildan ziyod vaqt oʻtib, odamlar jazodan na quyi pogʻonadagi, na yuqori lavozimga ega mansabdorlar qochib qutula olishini koʻrishmoqda. Bu xalqning davlat tizimi va XKP MKga ishonchini mustahkamladi”, - deydi U Enyuan.
“Xorijdagi munosabatlar haqida gapiradigan boʻlsak, ularda pozitsiyalar har xil. Kimdir Xitoy korrupsiyaga qarshi kurashish kampaniyasi vositasida boshqacha fikrdagilarni yoʻq qilishga urinmoqda deb hisoblaydi, biroq oddiy odamlar Xitoyning ushbu chora-tadbirlarini qoʻllayapti, sababi, bu birinchi navbatda ularning manfaatlarini himoya qilayotir”, - deya qoʻshimcha qiladi u.
Global hamkorlik
Shular qatorida Xitoy mamlakatdan qochib chiqib ketgan korrupsionerlarni tutish boʻyicha ham boshqa mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilib kelayotganini alohida taʼkidlash loz. 2015-yil aprel oyida mamlakatda “Samoviy toʻr” nomli umummilliy kampaniya boshlandi. U xorijga qochgan XKPning korrupsioner mansabdorlari va aʼzolarini tutishga qaratilgan.
Masalan, Xitoy rasmiylari Interpolga korrupsiyada gumon qilingan 100 nafar eng ashaddiy qochoq jinoyatchi roʻyxatini taqdim etdi. Xalqaro politsiya esa ularga nisbatan “qizil bildirgi”ni eʼlon qildi. “Samoviy toʻr” ishga tushirilgan paytdan boshlab 120dan ziyod davlatdan korrupsiyaga aloqador boʻlgan 4,8 mingdan ziyod kishi, jumladan, “qizil roʻyxat”dan joy olgan eng koʻp qidirilgan 58 nafar shaxs Xitoyga olib kelindi. Ularning yarmi oʻz ayblariga koʻngilli ravishda iqror boʻlgan.
Bundan tashqari, ushbu dastur asosida 2017-yilda ofshor kompaniyalar va xufyona bank tizimini yoʻq qilish boʻyicha operatsiya oʻtkazildi. Sababi aynan ushbu vositalar orqali XKP MK sobiq bosh kotibi Szyan Szeminga yaqin boʻlgan mansabdorlar oʻgʻirlangan pullarni chegaradan tashqariga yuborishgani aniqlangandi. Gʻazna oʻgʻirligi miqyosi aql bovar qilmas darajada edi. Buni Mossack Fonseca kompaniyasi tomonidan “Panama hujjatlari” fosh etilganidan keyingi dalillar ham tasdiqlaydi. Binobarin, ikki yil oldin xitoyliklar ofshor kompaniyalar ochish boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turishi maʼlum boʻldi. Ularning qatoridan XXR raisining sobiq oʻrinbosari Szen Sinxunning kenja ukasi, siyosiy kengash aʼzosi Lyu Yunshanning kelini, XXR Davlat kengashi bosh vaziri oʻrinbosari Chjan Gaolining kuyovi, Xalq maslahat kengashi Butunxitoy qoʻmitasi sobiq raisi Szya Sinlinning nevarasi, XXR jamoatchilik xavfsizligi sobiq vaziri Szya Chunvanning qizi borligi aniqlandi. Ularning barchasi gap-soʻzlarga qaraganda oʻz pullarini Shveysariyada saqlovchi Szyan Szemin tarafdorlari hisoblanardi.
Xufyona bank tizimi ham xitoylik korrupsionerlar uchun kapitalni chetga olib chiqib ketish usullaridan biridir. Epoch Times maʼlumotiga koʻra, Szen Sinxunning kelini Xarbindagi koʻchmas mulk egasi bilan hamtovoqlikda ushbu tizimdan foydalangan holda 100 mlrd. yuan(15 mlrd. dollar)ni xorijga olib chiqib ketgan ekan.
Xitoy Xalq banki va Jamoatchilik xavfsizligi vazirligi ofshor kompaniyalar hamda xufyona bank tizimini yoʻqotish bilan shugʻullansa, korrupsionerlarni ushlash va mablagʻlarni qaytarish XXR Oliy xalq prokuraturasi zimmasidagi vazifa sanaladi.
Ushbu jarayonlarda 2017-2018-yillarda XXR mamlakatdan noqonuniy yoʻl bilan olib chiqib ketilgan 1,5 mlrd. dollarini ham qaytarib olishga erishdi. Bundan tashqari, Chin oʻlkasida qochoq korrupsionerlarni qidirish boʻyicha “Tulkilarni ovlash” nomli hukumat operatsiyasi ham amalga oshirilyapti.Ushbu amaliyot yordamida Xitoy hatto AQSHdan ham korrupsionerlarni olib kelishning uddasidan chiqmoqda. Vashington esa AQSH hududidagi xitoylik qochoqlarni majburiy ravishda Xitoyga qaytarishga harakat qilayotgan mahfiy agentlar faoliyatini toʻxtatishga bir necha bor chaqirgan. New York Times gazetasi maʼlumotiga koʻra, XXR maxsus xizmat xodimlari AQSHga turist koʻrinishida yoki ishbilarmonlik vizasi bilan kirib keladi. Biroq Pekin Oq uy noroziligiga eʼtibor bermay, “tulkilarni ovlash”da davom etmoqda. Boz ustiga, bunday agentlar guruhi nafaqat okean orti,balki butun dunyoda ish olib boradi.
Darvoqe, Xitoyda “tulkilar” deb qochoq korrupsionerlarga aytiladi.Ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga muvofiq, jinoyatchilar ayrim paytlarda oʻzlari boʻlib turgan davlatdan Xitoyga ekstraditsiya qilinishi ham mumkin.Fransiya, Kanada, Peru kabi mamlakatlar ana shunday hamkorlar sirasiga kiradi. Shuning uchun moliyaviy qonunbuzarlar koʻpincha AQSH va Avstraliyaga qochishadi. Sababi aynan shu mamlakatlar bilan XXR oʻrtasida ekstraditsiya toʻgʻrisida bitim yoʻq. Demak, xorij hukumatiga taʼsir etuvchi huquqiy dastak ham mavjud emas. Boz ustiga, ular mahalliy huquq himoyachilari qoʻllab-quvvatlovi ostida boʻladi.
Xoʻsh, ular qanday ushlanadi?
“Xitoy prokuraturasi va politsiyasi agentlari qochoq jinoyatchining yaqinlarini aniqlab, ularga aloqaga chiqishadi. Korrupsioner qochib ketgan mamlakat qonunlarini buzmagan holda, uning qarindoshlaridan foydalanishadi, shu yoʻl bilan unga taʼsir oʻtkaziladi, - deydi Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti eksperti, xitoyshunos Yuliya Magdalinskaya. – Vazifa – Xitoydan mablagʻlarning noqonuniy olib chiqib ketilishi boʻyicha dalillarni topish va jinoyatchini vataniga qaytarishdir. Bunday bilvosita muzokaralar chogʻida koʻpincha jinoyatchining oʻzi yurtiga qaytib, rasmiylar bilan kelishish foydaliroq ekanligini tushunadi. Baʼzan uning oldiga qarindoshlari yuboriladi. Ular qochoqqa oilasini sharmanda qilmaligini aytishadi. Bu yoʻnalishda mahalliy diaspora bilan yaqindan aloqa oʻrnatgan XXR konsullik muassasalari xodimlari ham faol ish olib borishadi ”.
AQSH esa hamon agentlar qochoqlar, jumladan, uning oila aʼzolariga tahdid qilgan holda, qaytishga majbur qilinishini tasdiqlab keladi. Biroq “Tulkilarni ovlash” operatsiyasi rahbari Lyu Dun 2014-yildayoq XXR maxsus xizmatlari xodimlari oʻzlari ish olib borayotgan mamlakatlarda qonunlarni buzishmayotganini maʼlum qilgan. Jamoatchilik xavfsizligi vazirligi saytida esa zobitlar jinoyatchini dunyoning istalgan nuqtasida 48 soat ichida qoʻlga olishga haqqi borligini ham koʻrsatib oʻtilgan.
Hatto ikki yil oldin Xinmin Weeklyjurnaliga intervyu bergan Shanxay jamoatchilik xavfsizligi byurosi iqtisodiy jinoyatlar boʻlimi boshligʻi Li Gunszin qochoqni ochiq havodagi ilonga oʻxshatib, u qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar, kalavaning uchi Xitoyga boshlashi va uni oilasi orqali topish mumkinligini aytib oʻtgandi.
Eʼtiborlisi, Vyetnam ham Xitoy tajribasini qoʻllashni boshladi.
Bunga Enyuan shunday munosabat bildirdi: “Masalan, Interpol bilan hamkorlikda xalqaro qidiruv toʻgʻrisida qizil xabar berildi. Buning sharofati bilan xorijga qochib ketgan koʻplab korrupsionerlarni qaytarishning uddasidan chiqdik. Ayni chogʻda korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa davlatda qoʻllanilayotgan tizimni koʻr-koʻrona koʻchirib olmasdan, u yoki bu mamlakatning milliy oʻziga xosliklarini inobatga olish lozim”, - deydi Enyuan.
Umuman, XXR turli davlatlar va tashkilotlar bilan bu boradagi aloqalarini faol hamda chuqur anglagan holda mustahkamlab boryapti.

Download 104,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish