Hududiy mehnat taqsimoti — iqtisodiy geografiyaning asosiy. fundam ental tushunchasi hisoblanadi. Chunki ushbu fanning qolgan barcha tushunchalari, hududiy m ehnat taq simoti bilan bog'liq.
Hududiy m ehnat taqsimotini iqtisodiy geografik jarayon, uning natijasida vujudga kelgan rang-barang iqtisodiy m akon ni, ishlab chiqarishning hududiy tarkibini, «areal, nuqta va chiziqlarning» o ‘zaro munosabatini iqtisodiy geografik vaziyat yoki holat sifatida ko‘rish mumkin.
Hududiy m ehnat taqsimoti ijtimoiy m ehnat taqsimoti- ning bir tomonidir. Agar ijtimoiy m ehnat taqsimoti natijasida kishilarning k a sb - h u n a r i , n im a b i lan m ash g 'u l b o ‘lishi ( o ‘qituvchi, muhandis, tabib va h.k.) shakllansa, hududiy m ehnat taqsimoti Iqtisodiy rayonlarning vujudga kelishiga, iqtisodiy m akonning turli-tumanligiga olib keladi.
H ududiy m ehnat taqsimotining doimiy « yo‘ldoshi» yoki uning ajralmas jihati ixtisoslashuvdir. A m m o ixtisoslashuv ham ijtimoiy va hududiy b o ‘ladi. Bu yerda hududiy ixtisos lashuv nazarda tutiladiki, u turli joylarning ma'lum mahsulot ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanishini anglatadi.
Ta'kidlash lozimki, ixtisoslashuv barcha narsa yoki m ahsu lotni ishlab chiqarish bilan belgilanmaydi. U ning uchun quyidagilar talab etiladi:
13
— mazkur tarm oq m intaqa yoki milliy iqtisodiyot tarki- bida salmoqli o 'r inga ega b o ‘lm og‘i lozim;
— yaratilgan m ahsulot mahalliy ehtiyojni to ‘la qondir- gan holda tovar sifatida bozorga chiqarilishi kerak;
— ixtisoslashuv rayonlararo yoki mamlakatlararo tovar ayirboshlash, tashqi savdo aloqalarini taqozo etadi va h.k.
Yuqoridagi talablarga muvofiq aytish mumkinki, 0 ‘zbe- kiston Respublikasi tabiiy gaz, paxta va paxta tolasi, ipakchi- lik, qorako'lchilik, meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan. Aynan ana shu va yana bir qator iqtisodiyot tarmoqlari m am - lakatimizning xalqaro m ehnat taqsimotidagi o 'rnini belgilab beradi.
D em ak, hududiy m ehnat taqsim oti ishlab chiqarishni iqtisodiy m akonda alohida sohalar bo'yicha «bo'lib» yubora- di. Natijada har bir joyning «kimligi», nim a bilan shug‘ul- lanishi vujudga keladi. Shuning uchun ixtisoslashgan tarm oq orqali joy (mamlakat, viloyat, rayon, shahar va h.k.) tushuni- ladi, joy esa — uning nima bilan mashhurligini bildiradi. M asalan, kofe deganda Braziliya, Braziliya deganda kofe; O ‘zbekiston deganda paxta, paxta deganda 0 ‘zbekiston; ko'm ir deganda Angren, Angren deganda ko‘mir ...
H u d u d iy m e h n a t ta q s im o t in in g shakllanishiga q a to r omillar ta'sir qiladi. Ularga tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar, aholi va mehnat resurslari, iqtisodiy geografik о ‘rin, bozor iqtisodiyoti ( talab va ta k l i f m u n o sab a t i ) kabilar kiradi. Jumladan, tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning turli tumanligi m a m l a k a t yo k i m i n t a q a d a x o ‘j a l ik y u r i t i s h n in g tu r l i yo‘nalishlarini vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qiladi. T og‘, voha va vodiy, c h o ‘l, o ‘rm onzor, issiq iqlim yoki qurg‘oqchilikda shularga mos holda iqtisodiyot ixtisoslashuvi ham turlicha b o ‘ladi. Faraz qilaylik, agar 0 ‘zbekiston hududi (tabiati) faqat Qizilqum c h o ‘llari yoki Ustyurt platosi yoki faqat Farg‘ona vodiysidek b o ‘lganda, ehtimol, xo‘jalik tizimi ham ancha bir tom onlam a b o ‘lar edi.
Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, mamlakat, m in taqa hududining yer usti tuzilishi, iqlim, qazilma boyliklari qanchalik turli- tum an b o ‘lsa bu yerda hududiy m ehnat taqsi moti, iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish uchun shunchalik katta imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Hududning tabiiy geografik j ihatdan har xilligi bu uning «baxtidir», zero tabiatda, Yer
14
ki, ularni boshqarish boshqa tipdagi rayonlarga qaraganda osonroq va qulayroq.
Xo ‘sh, iqtisodiy rayonlar nima uchun kerak ? Avvalambor bu ra y o n la rs iz iq t iso d iy geografiya fa n in in g o ‘zi ham b o ‘lmaydi (rayon — joy, yer, hudud, demak «geo»). Shun- dan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, iqtisodiy rayon- iqtisodiy geografiyadir. B in o b a r in , iqtisodiy geografiya fanining tarixi iqtisodiy rayonlarning shakllanishi, hududiy m ehnat taqsimotining natijasidir.
Iqtisodiy rayonlarsiz, hududning ichki j ihatdan iqtisodiy tu r l i - tu m a n l ig in i anglam asdan turib m am lak a t iqtisodiy geografiyasini o ‘rganish m um kin emas. Zero, har qanday davlatning iqtisodiy salohiyati va xavfsizligi uni tashkil qilgan m in ta q a la r birligi b i lan i fo d a lan ad i ; m in ta q a la r , ichki hududlarsiz «mamlakat» mavhum tushuncha bo‘lib qolavera- di. Bundan tashqari, m am lakat iqtisodiy geografiyasini faqat x o ‘j a l ik ta rm o q la r i o rq a l i , « yoppasiga», u m u m a n yoki
« o‘rtacha» o'rganib b o ‘lmaydi.
Nazariy va asosiy jihatdan iqtisodiy rayonlar har qanday davlatning mintaqaviy siyosatini olib borishda zarur. Sababi, davlat o ‘zining barcha ichki qismlariga, ularning imkoniyat va ehtiyojlari, m uam m olaridan kelib chiqqan holda «muo- mala» qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish davrida davlatning mintaqaviy siyosati maxsus vositalar (byudjet-kredit, soliq, investitsiya m e x a n iz m la r i ) y o rd a m id a ishlab ch iq arish kuchlarini hududiy jihatdan tartibga solib, boshqarib boradi. Hududiy ishlab chiqarish majmualari. Iqtisodiy geografiya- dagi bu tushuncha ham uning tub mohiyatini belgilaydi. 0 ‘z nom idan m a 'lum b o ‘lishicha, u m a 'lum hududda xo‘jalik tarm o q la r in in g jo y lanishi, m a jm ua ( kom pleks) shaklida
faoliyat ko‘rsatishini bildiradi.
Alohida olingan hududda (u aholi punkti, viloyat yoki real iqtisodiy rayon bo‘lishi mumkin) ishlab chiqarish korxona va tarmoqlari oddiy, birga joylashgan yoki ular o ‘zaro aloqa- dorlikda rivojlanib borayotgan b o ‘ladi. Huddi shu ikkinchi m a 'noda hududiy ishlab chiqarish majmualari ishlab chiqa rishni hududiy tashkil etishning eng samarali shakli hisobla nadi. Chunki, korxonalarni alohida-alohida, tarqoq joylashtir- gandan ko‘ra ularni bir-biriga yaqin qurish katta samara beradi. Bunda har bir korxona uchun emas, balki ularning
18
uning «ОуЬек» jam oa xo‘jaligi ham rayondir. Demak, rayon ichida rayon, uning tark ib id a yana « rayoncha», ( xuddi
«matryoshka» o ‘yinchog‘idek). Ehtimol, geografiya fanining m uhim bir xususiyati aynan ana shunday turli masshtabda fikrlay olish qobiliyatiga ega b o ‘lishidadir.
Uchinchi qiyinchilik ilmiy adabiyotlarda rayonga o ‘xshash tushunchalarning mavjudligida b o ‘lsa kerak. Jumladan, ingliz tilidagi region, nemis tilidagi landshaft, fransuzcha peyzaj, o ‘zbek tilida mintaqa, tuman, nohiya kabilar ham , um um an olganda, hududning bir qismini bildiradi. Bu atamalarning barchasi ishlatishga haqli, biroq ularning o ‘z o 'rn ida q o ‘lla- nilishi ma'qul. M asalan, region kattaroq hududni (xususan xalqaro iqtisodiy m u n o sab a t la r va siyosiy geografiyada), landshaft — tabiiy geografik m uhitni, peyzaj — qaysi bir joy manzarasini tavsiflashda q o ‘l keladi.
Yana boshqa bir chalkashlik bor: baynalminal m azm un- ga ega b o ‘lgan «rayon» tushunchasi haqiqiy geografik borliq va shu bilan birga ma'm uriy hududlarga ham tegishli. Uning ustiga, ushbu so‘zni barcha holatlarda mahalliylashtirish — nohiya yoki tum anga o ‘girish maqsadga muvofiq emas. Shu nuqtai nazardan oddiy tabiiy geografik rayonlarni (tog‘, c h o ‘l voha va h.k.) tum an, iqtisodiy rayonlarni-iqtisodiy nohiya shaklida aytish m utlaqo n o to ‘g‘ri.
Iqtisodiy rayon hosil qiluvchi o m i l lar ham h u d u d iy m ehnat taqsimoti omillariga o ‘xshab ketadi. Chunki, iqtiso diy rayonlar hududiy m ehnat taqsimoti jarayonining hosilasi, natijasidir ( hududiy m ehnat taqsimoti —» ixtisoslashuv —» iqtisodiy rayon). Bu omillar tabiiy boyliklar, m ehnat resurs- lari, hududning yaxlitligi, yirik rayon hosil qiluvchi markaz yoki markazlarning mavjudligi va, albatta, iqtisodiy geografik o ‘rin ham da ixtisoslashgan xo‘jalik tarmoqlarining shakllan- ganligidir. Demak, bu yerda eng avvalo ikki m uhim omilni k o ‘rsatish m um kin: iqtisodiy (tabiiy va m ehnat resurslari asosida ixtisoslashuv) va geografik (hududning yaxlitligi va uning geografik joylashganligi).
Iqtisodiy rayonlar dunyoning barcha m am lakatlarida, ularning maydonini katta-kichikligidan qat’iy nazar, mavjud. Bu rayonlar yirik iqtisodiy m intaqa (zona), asosiy va mahalliy darajada b o ‘ladi. Shuningdek, iqtisodiy rayonlarni ma'muriy- hududiy birliklar, masalan, viloyat miqyosida ham ajratiladi-
Do'stlaringiz bilan baham: |