Iqtisodiy va



Download 19,79 Mb.
bet28/77
Sana30.08.2021
Hajmi19,79 Mb.
#159607
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77
Bog'liq
'Иктисодий ва сиёсий география асослари

40


Fon Ratsel nom i bilan bog'laydilar. U 1898 yilda shu nomda kitob nashr ettirganligi uchun siyosiy geografiyaning «otasi» deb tan olingan. Shu bilan birga Ratselning aynan mazkur asari tufayli shved R. Chellen «geosiyosat» tushunchasini yaratdi.

Siyosiy geografiya geografiya va siyosatshunoslik qirrasi- dagi ijtimoiy geografik fandir. U o ‘z navbatida tarix va geosiyosat bilan ham yaqindan aloqa qiladi. Biroq, geosiyosat va siyosiy geografiya bir-biriga juda yaqin b o ‘lsa-da, ularning orasida farq bor: geosiyosat asosan davlatlarning tashqi siyosati, siyosiy geografiyaning tadqiqot ob’yekti esa ularning ichki hududiy-siyosiy tuzilishidir. Ayni vaqtda har ikki fan ham jah o n geosiyosiy tizimi, siyosiy xaritasi bilan ish tutadi. Hozirgi vaqtda jah o n siyosiy xaritasida 200 dan ortiq mustaqil davlatlar mavjud (1998 yil ma'lumotiga ko‘ra 193 ta, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilinganlari 185 ta bo‘lgan). Birgina XX asrda suveren davlatlar soni 4 martaga k o ‘paygan, shu jum ladan, Afrikada 4 tadan 53 taga, Osiyoda 9 tadan 48 taga yetgan; Avstraliya va Okeaniyada 1900 yilda birorta mustaqil davlat b o ‘lmagan b o ‘lsa, hozirgi kunda ular­

ning soni 14 tani tashkil etadi.



Y er sh aridagi d av la t la r o ‘z la r in in g k a t ta - k ic h ik l ig i , geografik o ‘rni va joylanishi, siyosiy tuzumiga ko‘ra bir xil emas. C hunonchi, Rossiya Federatsiyasi, Kanada, AQSH, Xitoy Xalq Respublikasi, Braziliya, Avstraliya, Hindiston kabi hududi nihoyatda katta mamlakatlar bilan bir qatorda o ‘nga yaqin juda kichik, «mitti» davlatlar ham bor (eng kichigi Rim shahri ichidagi Vatikan b o ‘lib, uning m aydoni 400 k m 2, aholisi 1 ming kishidan iborat). Aholi soniga ko‘ra dunyoning eng katta davlatlari Xitoy, Hindiston, A Q SH , Indoneziya, Jazoir, Sudan, Kongo, Saudiya Arabistoni va boshqalardir (2001 yil ma'lumotlariga ko‘ra, 100 m illiondan ortiq aholiga ega b o ‘lgan 11 ta davlat mavjud).

Geografik joylanishiga k o ‘ra m am lakatlar orolda, yarim orolda, dengiz va okeanlar b o ‘yida, m aterik ichkarisida joylashganligi bilan farq qiladi. Masalan, Yangi Zellandiya, Buyuk Britaniya, Kipr, Yaponiya, Maldiv Respublikasi, Kuba, Indoneziya, Fillipinga o ‘xshash ham da Okeaniyadagi kichik davlatlar orollarda, Janubiy va Shimoliy Koreya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Norvegiya, Shvetsiya kabilar yarim

41


orollarda joylashgan. K o ‘pchilik davlatlar bevosita jah o n okeani va dengizlari b o ' y id a o ‘rnashgan, ayrim lari esa (Boliviya, Paragvay, Nepal, Butan, Afg‘oniston, Qozog'iston, A rm a n is to n , T u rk m a n i s to n , 0 ‘zb ek is to n , Q i rg ‘iz is ton, Avstriya, Lyuksemburg, Shvetsariya, Chad, Markaziy Afrika Respublikasi va hokazo) materik ichkarisida. Masalan, 0 ‘zbe- kiston Respublikasi jahon okeaniga chiqishi uchun eng kami- da 2 tadan xorijiy m am lakat hududidan o 'tishi kerak. Bu xususan u dunyo geosiyosiy xaritasida yagona m am lakat hisoblanadi.

Mamlakatni ichki j ihatdan tashkil etish va boshqarish ko‘p jihatdan hududining qiyofasiga va geoshakliga ham bog‘liq b o ‘ladi. Shu nuqtai nazardan m am lakat hududining ixcham (kompakt) bo'lgani ma'qul. Bunga misol qilib, Fransiya yoki Polsha davlatlarini keltirish mumkin. Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya, Vetnam yoki Chili davlatlarining hududi esa uzoq masofaga c h o ‘zilgan. Bunday mavqe, albatta, transport va boshqa infrastruktura tizimini rivojlantirish, aholiga xizmat k o ‘rsatish va hatto harbiy strategik jihatdan ham qulay emas. Xuddi shu o ‘rinda davlatlar hududining yaxlit, bir butun yoki anklav, eksklav shakllariga ega b o ‘lishi ham ma'lum ahamiyatga ega. Anklav shakli mamlakat hududining boshqa mamlakat hududiga suqilib kirishi (dengiz qo‘ltig‘i, yoki yarim orollarga o ‘xshab) demakdir. Bunga misol qilib Toshkent viloyatining chekka shimoli-sharqiy qismi, Farg‘ona viloya- tining So‘x tum ani, q o ‘shni Tojikiston Respublikasi So‘g ‘d (avvalgi Leninobod) viloyatining Zafarobod tum ani va bosh- qalarni keltirish mumkin. Eksklavda esa davlat chegarasining yaxlit emasligi, uning kichikroq hududini asosiy hududdan tam om ila ajralib qolgan holati tushuniladi. Masalan, A Q SH - ning Alyaska va Gavayi orollari (49, 50 shtatlari), o ‘zimizning 0 ‘zbekistondagi Farg‘ona viloyatining Shohimardon qishlog‘i,

Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloyati va b.).



Siyosiy geografiyada davlat chegarasi, uning shakli ham katta ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu chegaralar ikki vazi- fani bajaradi — ular hududlarni bir-biridan ajratib, baryer sifatida va ayni vaqtda ikki davlatni tu tash t ir ib , aloqa, iqtisodiy integratsiya maydoni darajasida xizmat qilishadi. Shu bilan birga chegaraga tutash rayonlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi o ‘ziga xos b o ‘ladi.

42



Davlatlarning siyosiy geografik o ‘rni va siyosiy tuzumi ham har xil. Siyosiy geografik o ‘rin deganda biz m a'lum bir davlatning boshqa (qo‘shni va jahon hamjamiyati) davlatlariga ham da yirik davlatlararo harbiy va siyosiy uyushmalarga nisbatan tutgan o ‘rnini tushunamiz. Jum ladan, 0 ‘zbekiston Respublikasining hozirgi siyosiy geografik o ‘rni uning Afg‘o- niston bilan chegaradoshligini uncha qulay deb b o ‘lmaydi. M am lakatlarning davlat tuzum i asosan ikki xil, ya’ni monarxiya va respublika shaklida b o ‘ladi. Monarxiya davlat tuzumining eng qadimgi shakli b o ‘lib, u oliy davlat hoki- miyatining yakka bir shaxsga — monarxga (podshoh, qirol, shoh, amir, sulton va h. k.) b o 'y sunishini bildiradi. 0 ‘z navbatida monarxiyaning ham turli k o ‘rinishlari mavjud. M asalan, m u t la q m onarxiyada davlat b o sh l ig ‘ining roli cheklanmagan va unga barcha oliy mansablar taalluqli bo'ladi, davlat rahbarligi avloddan-avlodga meros sifatida o ‘tib boradi

(Birlashgan Arab amirligi, Qatar, O m an va b.).

Cheklangan monarxiyada davlat boshlig‘ining funksiyasi konstitutsiya yoki parlam ent orqali cheklangan. Masalan, Shvetsiya ko n s t i tu s io n m onarxiya, Buyuk B ritaniya esa parlam ent monarxiya tuzumiga ega (bu m am lakatda asosiy vazifani premyer —ministr, ya’ni bosh vazir bajaradi).

Yuqoridagilardan tashqari, monarxiyaning m utloq teok-



ratik («teo» — din) shakli ham mavjud. Bunday tipdagi dav- latlarda (Vatikan, Saudiya Arabistoni, Bruney) davlat boshlig‘i ayni vaqtda diniy boshliq hisoblanadi. Vatikanda monarx Rim Papasi, Saudiya Arabistoni esa barcha rahbarlik (Bosh vazir, Oliy sudya, Oliy qo'm ondon va hokazo) faqat yakkayu-yagona qirolga b o ‘ysunadi.

Davlat tuzum ining respublika shakli ham ancha qadimiy (eng qadimiy respublika San- M arino Respublikasi b o ‘lib, u



301 yilda tashkil topgan). Respublika ham o ‘z navbatida prezident va parlam ent respublikasi shaklida bo'ladi. Birin- chisida, saylangan prezident ayni vaqtda davlat va hokimiyat boshlig'idir; u hatto parlam entni oldindan tarqatib yuborish huquqiga ham ega. Respublikaning bunday k o ‘rinishi AQSH, Braziliya, 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa davlatlarda amal qiladi.

Parlamentar respublikada prezident huquqi biroz cheklan­ gan b o ‘lib, unda hokimiyat parlamentga shaklan b o ‘ysunsa-



43


da u amalda asosiy boshqaruvchi shaxs hisoblanadi ( G erm a- niya Federativ Respublikasi, Malayziya, Flindiston, Avstriya, Polsha, Italiya va b.).



Hozirgi davrda er sharida respublika tuzumidagi davlat­ lar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ularning um um iy soni 150 ga yaqin, monarxiya tuzumiga esa taxm inan 30 ta davlat kiradi. Davlat tuzumi m am lakatning m a 'm uriy- hududiy tuzili-

shi bilan ham bog‘liq. Odatda, davlatlar m a'm uriy- hududiy tuzilishining ikki — unitar va federativ shakli mavjud. Unitar davlatlarda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organ bitta, konstitutsiya ham yagona. Ularning ichidagi m a’muriy birlik- lar, masalan, viloyat, rayon kabilarning huquqi uncha katta emas. Bunday davlatlar soni juda ko‘p: Fransiya, Ukraina, Turkm aniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Yaponiya va h.k.

Federativ davlatlarning ichki siyosiy tuzilishi an c h a murakkab: bu yerda «davlat ichida davlatlar» mavjud b o ‘la- di. Yagona davlat tarkibidagi respublika, shtat, okrug, yer, kanton, provinsiya kabilar o 'zlarining konstitutsiyasi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlariga ega. U larning siyosiy j ihatdan mavqei ancha yuqori. Chunonchi, AQSH, Braziliya, Hindiston, Meksikaga o ‘xshash 20 ga yaqin federativ davlatlar tarkibida shtatlar (state, shtat — davlat demakdir), G F R d a yerlar, Rossiyada — respublikalar mavjud.



Davlat m a 'm uriy tuzilishining konfederatsiya shaklida uning ichki birliklari o ‘zlarining mustaqilligini t o ‘la saqlagan b o ‘ladi. Bunday geosiyosiy tizim Shveytsariyada kuzatiladi;

«Shveytsariya konfederatsiyasi» 22 ta kantonlardan iborat. Dunyo siyosiy xaritasida tom ma'nodagi koloniya va mus-




Download 19,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish