46
boshqalar respublika, Yaponiya, Baxreyn, Bruney, Butan, Qatar, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Nepal, Oman, Tayland kabilar monarxiya tipidagi davlatlarga kiradi.
Osiyoda ham «issiq» yoki «olovli», bahs va munozarali hududlar k o ‘p. U lar jumlasiga Falastin, Kurdiston, Kipr, Afg‘oniston, T og‘li Q orabog 1, Abxaziya, C hecheniston, J a nubiy Osetiya, Kashmir, Tayvan, Tibet, Janubiy Kuril orollari va boshqalar kiradi. Shuningdek, Janubiy va Shimoliy Koreya, M y an m a (avvalgi B i rm a), S h r i - L a n k a , K aspiy dengizi m uam m olari ham mavjud.
Hududiy-siyosiy tashkilotlardan quyidagilar bor:
— 1945 yilda tashkil topgan Arab mamlakatlari Ligasi
(markazi — Q ohira shahri);
— 1989 yilda vujudga kelgan Osiyo-Tinch okeani davlat - larining iqtisodiy hamkorligi (ATES). Unga hozirgi vaqtda
20 dan ortiq mamlakatlar, shu jum ladan A Q SH , Yaponiya, K anada, A vstraliya, Rossiya, Yangi Z e lan d iy a , Koreya Respublikasi, Indoneziya, Filippin, XXR, Meksika, Chili, Tayland, Malayziya va boshqalar kiradi.
— 1993 yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ( EKO) tashkil topgan. U Turkiya, Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, 0 ‘zbekiston, Qirg‘izistonni bir- lashtiradi.
Afrika siyosiy geografik j ihatdan eng «yangi» va ayni vaqtda eng m urakkab qit'a hisoblanadi ( um um iy maydoni 30,3 mln.kv.km, aholisi 820 mln kishiga yaqin). Afrikaning ko‘pchilik mustaqil davlatlari o 'tgan asrda, xususan uning 60-yillarida vujudga kelgan. Shu bilan birga bu yerda «eng yosh» mustaqil davlat — Namibiya (avvalgi J a n u b i - G ‘arbiy Afrika) joylashgan b o ‘lib, u bu m aqom ni 1990 yilda olgan. Afrika siyosiy xaritasi chindan ham o ‘zbek atlasi matosi-
ni eslatadi, u nihoyatda rang-barang. Bu yerda 50 dan ortiq davlat bor; qizig‘i shundaki, ularning aksariyati respublika shaklidagi siyosiy tuzum ga ega. M onarxiya tuzum i faqat Lesoto, Marokash va Svazilendda mavjud, xolos.
Maydoni b o ‘yicha eng katta davlatlar: Sudan (2,5 mln.kv. km.) Jazoir yoki Aljir (2,4 mln kv.km.), Angola (1.2 mln kv. km ), M isr Arab Resupblikasi (1 ,0 m ln . kv. km . ) , Kongo (awalgi Zoir 2,3 mln.kv.km.) Liviya (1,8 mln kv.km.), Niger (1,3 mln kv.km.), Chad (1,3 mln kv.km.), Janubiy Afrika
47
Respublikasi (1,2 m ln kv.km), Mali (1,2 mln kv.km.), Mavri- taniya (1,0 mln kv.km.). Shu bilan birga kichikroq davlatlar ham yo‘q emas, ular asosan orollarda joylashgan. (masalan, Kabo-Verde m am lakatining maydoni atigi 4 ming kv.km. ga teng).
A holi soni b o ' y ic h a faqat N igeriya « yuzm ingliklar» qatoridan joy olgan. Qolgan davlatlar ichida bu jihatdan Misr Arab Respublikasi, Efiopiya, Kongo, JAR ham biroz ajralib turadi. 0 ‘rtacha bir Afrika davlatiga .560 ming kv.km yer m aydoni va 15 mln kishi aholi t o ‘g‘ri keladi.
Afrikada, boshqa qit'alarga qaraganda siyosiy- hududiy tashkilotlar kamroq. Bu yerda 1963 yilda tuzilgan Afrika birligi tashkilotini k o ‘rsatish m um kin, xolos (markazi Addis-Abeba shahri). Unga 30 - dan ortiqroq qit’a davlatlari kiradi.
Afrika mamlakatlarini siyosiy geografik jihatdan Shimoliy, G ‘arbiy, Markaziy yoki Ekvatorial Afrika ham da Sharqiy va Janubiy Afrika mintaqalariga b o ‘lish mumkin. Albatta, siyo- siy-iqtisodiy nuqtai nazardan Shimoliy va Janubiy Afrika nisbatan yuqoriroq darajada rivojlangan, Markaziy Afrika (ayniqsa, Saxroi Kabirdan janubda joylashgan davlatlar) esa bu borada eng orqada turadi.
Qit'alar orasida Afrika siyosiy jahatdan eng harakatchan, o ‘zgaruvchan, mojaroli region hisoblanadi. Bu yerda, boshqa mintaqalarga nisbatan, o ‘tgan asrda tez- tez davlat to ‘ntarish- lari b o ‘lib o ‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |