3 - 33
sidek doimiy m uvozanatda b o ‘lm og‘i lozim. T o ‘g ‘ri, insoni- yat taraqqiyotida avvallari tabiat ustunlik qilgan, keyinchalik esa jam iyatning tabiatga ta'siri kuchayib borgan; shaharlar rivojlanishi, urbanizatsiya va industriyalashtirish, aholi soni va zichligining ortib borishi kabi m uvozanatning buzilishi, ekologik halokat va buhronlarga olib kelgan. Shuning uchun 1992 yilda Rio-de-Janeyro (Braziliya) shahrida bo‘lgan BM T ning a t ro f - m u h i tg a b ag ‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishida
« barqaror rivojlanish» («konsepsiya ustoychivogo razvitiya») g‘oyasi qabul qilingan. Unga muvofiq jam iyatning rivojlani shi, tabiiy sharoit va resurslardan foydalanish tabiat zarari, b o ‘lajak avlod hisobidan b o ‘lmasligi kerak.
Tabiat qonunlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot qonunlari- dan vujudga kelishi, davomiyligi, tezligi va boshqa jihatlari bilan farq qiladi. Shu nuqtai nazardan tabiat jam iyat oldida zaif, passivga o ‘xshab ko‘rinadi. A m m o bu I.V. Michurin aytganidek, « T abiatdan in ' o m - e h s o n k u tm asd an , u n d a n k o ‘proq olish kerak», degan m a 'noni bildirmaydi. Tabiat q o ‘zg‘alsa, uyg‘onsa undan qudratli kuch yo‘q. Masalan, yer qimirlashlar, yong'in, suv toshqini, b o ‘ronlar, vulqonlam ing otilishi har qanday taraqqiy etgan mamlakatni, jamiyatni ham halokatga keltirishi mumkin.
Yer yuzida va uning turli qismlarida b o ‘lib o ‘tayotgan c h o ‘l lashuv ja ra y o n i , tu p ro q ero z iy asin in g ku ch ay ish i , o ‘rm onzorlarning qisqarishi, suv va havo ( atm osfera)- ning ifloslanishi oqibatida turli kasalliklarning vujudga kelishi ekologik m u am m o la r um um bashariy, global m uam m olarga aylantirdi. Tabiat bizning har birim izdan qandaydir uzoqda, olisda — okeanda, tog 1 yoki tekislikda, c h o ‘l, o ‘rm onzor v o h a va v o d iy d a , d a l a d a g in a e m a s , b a lk i u b e v o s i ta atrofim izda, biz bilan va doim o bizga ta'sir qilib turibdi (shu nuqtai nazardan inson tabiatning bir b o ‘lagi hisobla nadi). Binobarin, Yer h am m a xalq va m illatning um um iy uyi va shu bois tabiatni e'zozlash, tozaligini saqlash, unga oqilona m unosabatda b o ‘lish jah o n hamjamiyatidagi barcha davlatlarning burchidir. Ushbu m uam m o yuqoridan, maxsus buyruq va k o ‘rsatkichlar bilan hal etilmaydi; buning uchun ekologik fikrlash, ekologik bilim va yuksak ekologik m ada- niyat talab etiladi.
34
Mohiyatan ekologik fikrlash geografik dunyoqarashga juda yaqin, chunki har ikkisida ham ta'sir va aks- ta’sir, o ‘zaro a lo q a d o r l ik k o m p le k s va h u d u d iy y o n d a s h u v m u h im ahamiyatga ega. Shu sababdan geografiya fanining ekologik m adaniyatni shakllantirishda o ‘rni katta.
Yer yuzining tabiati har xil, dunyo hamjamiyatidagi m am lakatlarning rivojlanganlik darajasi ham bir xil emas. Tabiatda ham , jamiyat taraqqiyotida ham o ‘ziga xos sikllik mavjud; Yer shari tabiatida muayyan hududiy tartib, zonallik qonu- niyatlari bor, jahon hamjamiyati esa murakkab geosiyosiy tizim sifatida turli davlat va ularning chegaralari bilan b o ‘lin- gan. Tabiatda issiq mintaqa bilan bevosita sovuq iqlim m inta- qasi yonm a- yon turm aganidek, dunyo siyosiy xaritasi va geoiqtisodiy m akonda ham rivojlanish darajasi tubdan bir- biridan farq qiluvchi davlatlarning o ‘zaro joylashuvi kam uchraydigan holatdir.
Shu bilan birga ba'zi tabiiy geografik qonuniyatlar iqtisodiy geografiya uchun ham m a'lum darajada xosdir. C hunonchi, tog‘ vertikal mintaqalari faqat tabiati bilan emas, balki xo‘jalik yuritish, hududiy m ehnat taqsimoti bilan ham farqlanadi; tekislik iqlim mintaqalari ularga xos va mos iqtisodiyot va aholi joylashuvi, xo‘jalik ixtisoslashuv tizimiga ega, 0 ‘zbe- k iston R espublikasining d unyo okean va d en g iz la r id an uzoqda, ichkarida joylashuvi uning, kontinental iqlimidan tashqari, geosiyosiy va iqtisodiy geografik m avqeini ham belgilaydi va h.k.
Tabiatda ham jam iyatda, dunyo geosiyosiy tizimida ham chegaralar bor. A m m o tabiat chegaralari m a’muriy chegara- lar singari qat'iy, «Xitoy devori»dek tirik, jonli tabiatni sun'iy ikkiga bo‘lmaydi, ajratmaydi; tabiat chegaralari ancha turg'un, ma'muriy chegaralar esa o ‘zgaruvchan. Shuning uchun tabiiy geografik qonuniyatlarni o ‘rganishda m a'm uriy chegaralar bilan cheklanish umumgeografik bilimni egallashga ziddir. Chunki har qanday chegara ma'lum bir holatning oxiri b o ‘lsa, boshqasining boshlanishi, awalidir, ya'ni u o ‘tkinchi xarakter- ga ega. Shuning uchun, 0 ‘zbekiston Respublikasi tabiiy geog- rafiyasini Turkiston tabiatidan ajratib, uni ma'muriy chegara doirasida o ‘rganib b o ‘lmaydi.
Iqtisodiyotda, dunyo siyosiy xaritasida ham chegaralar o ‘ziga xos xususiyatga ega. Eng avvalo m a'muriy chegaralar
35
har qanday suveren davlatning m uhim belgisi, shartidir. Geografiyada esa bu chegaralarning shakii («geometriyasi») o 'zaro q o ‘shni davlatlarning siyosiy tarixi, iqtisodiyotning, aholi joylashuvining xususiyatlarini ham aks ettiradi. Masalan, davlatlar o'rtasida oddiy va to ‘g ‘ri chiziq shaklidagi chegaralar (Afrikada, 0 ‘zbekistonning T urkm aniston va Q ozog‘iston bilan chegarasi, AQSH va Kanada, Indoneziya chegarasi va h.k.) ularning bir vaqtlar boshqa m am lakat mustamlakasi ekanligi, ushbu hududning xo‘jalik jihatidan uncha ahamiyatli emasligi va aholisining siyrak joylashganligidan darak beradi. Q adim dan o'zlashtirilgan hududlarda esa davlat chegaralari o ‘ta murakkab, «arrasimon», meandra shaklida b o ‘ladi. Sa- babi bunday joylarda hududning har bir qismi katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Biz oldinroq tabiat va jamiyatni o ‘zimizning qadimgi ikki pallali qo‘l tarozusiga o ‘xshatgan edik. Agar bu tarozuda tabiat
«toshi» og‘irlik qilsa uning iqtisodiy sig‘imi past, ya'ni jamiyat qismi yengillik qiladi. Bunday holat qadimda mavjud b o ‘lgan, hozir esa jamiyatning tabiatga ta’siri, bosimi oshib bormoqda. T o ‘g ‘ri, tabiat jamiyatga xizmat qiladi va m a’lum m a 'noda unga b o ‘ysunadi, am m o jam iyat ham tabiatni e'zozlashi, avaylab-asrashi, t o ‘g‘ri m uom alada b o ‘lishi kerak.
Tabiat va jam iyat, um um an olganda, yaxlit, bir butun m urakkab tizim; ularni bir-biriga qaram a- qarshi yoki birini ikkinchisidan ustun q o ‘yish ham n o to ‘g‘ri. Xuddi shunga o ‘xshash tabiiy geografiya bilan ijtimoiy (iqtisodiy) geografiya ham o ‘zaro aloqada: tabiiy sharoit va resurslar ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish nuqtai nazaridan, iqtisodiyot esa ishlab chiqarishni tabiatga ta'siri jihatidan ham o ‘rganishi lozim. Shuning uchun tabiiy geografiyada insonni, iqtisodiy geografiyada esa tabiatni, ekologik oqibatlarni unutm aslik kerak.
Iqtisodiy geografiya tom m a 'noda (masalan, A Q SH da) qishloq xo‘jaligi, tog‘- kon, o ‘rm onchilik va baliq sanoatidan iborat. Demak, uning tadqiqot doirasi bevosita tabiat va tabiiy resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq. Hozir ham tabiiy sha roit va boyliklarga iqtisodiy baho berish, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti iqtisodiy geografiya fanida m uhim o ‘rinni egal- laydi.
36
Masalan, geografik o ‘rinni tahlil qilganda m am lakat yoki m intaqaning dengiz va okeanlarga, yirik yoqilg‘i-energetika, magistral yo'llarga uzoq- yaqinligi, boshqa davlatlar bilan chegaradoshligi kabi jihatlariga e'tibor bermoq lozim. Hudud ichkarida ( Farg‘ona vodiysi), chekkada ( Q oraqalpog‘iston respublikasi), o ‘ziga xos geosiyosiy vaziyatda (Surxondaryo viloyati) yoki tranzit holatda ( Sam arqand, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari) joylashganligini ularning iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazardan turlicha baholash m um kin. Shuningdek, m am lakatning asosiy kiradigan va chiqadigan «darvozalari» (Olot, Q o ‘rg‘ontepa, Q o‘ng‘irot tumanlari), chegaraga yaqin yoki tutash hududlarning geografik o ‘rinlari ham o ‘ziga xos iqtisodiy geografik m azm un kasb etadi.
Geografik o ‘rinning turli bosqich va turlarini tahlil qilishda uning ijobiy tom onlari bilan birga salbiy j ihatlarini ham aniqlash talab qilinadi. Shu bilan birga mintaqa yoki m am la katning geografik o ‘rnini yaqin kelajakda o ‘zgarish imkoniyat- lari va shu asosda hududning iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari oldindan bashorat qilinsa yanada maqsadga muvofiq b o ‘ladi (masalan, «Buyuk Ipak yo‘li»ning tiklanishi, TRASEKA loyi- hasining amalga oshirilishining O hangaron va F arg‘ona vo- diylariga ta'siri).
0 ‘rganilayotgan hududning ustki tuzilishi, ya'ni relyefini h am iqtisodiy geografik nuqtai n azardan baholash katta ahamiyatga ega. Sababi — tog‘lik yoki tekislik relyefi o ‘ziga xos xo'jalik sig‘imi va transport tizimiga ega. Bu jihatdan ayniqsa hudud yer usti tuzilishining har xilligi geografik m eh- nat taqsimotini rivojlanishiga qulaylik yaratadi.
Relyef, uning geologik tarixi va tuzilishi qazilma boylik- larning mavjudligi, ularning turlariga ta'sir etadi. Chunki, tekislik, tog‘ landshaftlarining o ‘ziga xos qazilma resurslari b o ‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda qazilma boyliklarning k o ‘p yoki kam l igidan k o ‘ra u larning o ‘zaro joylashuvi, hududiy birikm alari m uhim roq. C hun o n ch i , to g ‘ relyefi, daryo, rangdor metallar rudasi yoki toshko'm ir va tem ir ruda konining bir- biriga yaqinligi rangli va qora m etallurgiya korxonalarini qurishda ayni muddaodir.
Iqlim sharoiti, agroiqlim iy om i llar — havo harorati, vegetatsiya davri, tuproq, namlik kabilar qishloq x o ‘jaligini
37
rivojlantirish va hududiy tashkil etish jihatdan o ‘rganilishi lozim. Iqlimning quruq yoki namligi, tuproq qatlamlari agrar sohaning muayyan yo‘nalishlarini rivojlantirishga imkon bera di. Shu o ‘rinda, ayniqsa bizning sharoitimizda suv resurslariga ham jiddiy e'tibor berm oq zarur.
0 ‘rganilayotgan hududning xususiyatidan kelib chiqqan holda uning o ‘rm on va hayvonot olamini ham tahlil qilish m um kin. Masalan, bunday yondashuv Kanada, Rossiyaning Sibir o ‘lkasi, Braziliya kabilarni o ‘rganishda katta m azm un- ga ega.
Tabiiy geografik kom ponentlar alohida- alohida (« dona- lab») ko‘rib chiqilgandan so‘ng ular majmua shaklida bahola- nishi kerak. Chunki, tabiatda ham, iqtisodiyotda b o ‘lganidek, b arch a k o m p o n e n t la r o ‘zaro aloqada va ular o ‘ziga xos geotizimni tashkil qiladi. Chunonchi, tog‘, cho‘l, o ‘rmon, bot- qoqlik landshaftlarining organik va noorganik dunyosi, jonli va jonsiz tabiati turlicha. Bunday landshaft shakllari iqtiso diyot tarmoqlarini hududiy tashkil qilish, aholining joylanishi va salomatligida ham alohida m azm unga ega.
Shunday qilib, tabiat va jam iyat o ‘zaro aloqadorlikda, doimiy harakatda. Binobarin, iqtisodiy geografiyada « tabiat— aholi—x o ‘jalik» uchligiga katta aham iyat beriladi. Ushbu tizimni to ‘rtlik, ya'ni «tabiat—aholi—xo‘jalik—tabiat» shaklida ham qarash mumkin. U holda bunday yondashuv sikllik va ekologik m azm unga ega bo'ladi.
Ayni vaqtda iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga mos ravishda tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy (sotsial) m uhit yoki m akonni ajratish mumkin. 0 ‘z navbatida geoiqtisodiy, sotsial va tabiiy m uhit ajralmas birlikni, yaxlit geografik m akonni shakllan- tiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |