Bu yerda quyidagilarga e'tibor bermoq lozim:
— iqtisodiy geografik o ‘rin tushunchasida ko‘rilayotgan ob'yekt bitta, yagona, uning tashqarisidagi, atrofdagilar esa bir nechta;
— markaz va tashqi ob'yektlar o ‘rtasida hududiy-iqtiso- diy aloqa va m unosabatlar b o ‘ladi va ular bir tomonga, ya'ni ko‘rilayotgan joyga nisbatan tahlil etiladi;
— iqtisodiy geografik o ‘rin tarixiy tushunchadir, chunki ma'lum bir joyning o ‘rni vaqt o ‘tishi bilan qulay yoki noqulay b o ‘lishi m um kin;
— iqtisodiy geografik o ‘rin turli bosqichli (mikro, mezo va makro o ‘rin) va har xil tarkibiy qismlarga ega (gidrogeog- rafik, agrogeografik, transport- geografik o ‘rin va h.k.);
— iqtisodiy geografik o ‘rin davlat darajasida k o ‘rilganda u siyosiy mazm unga, ya'ni siyosiy geografik o ‘rin ma'nosini oladi.
Qator misollarga murojaat qilaylik: Toshkent viloyatidagi Bekobod shahrida respublikamizda yagona qora metallurgiya korxonasi qurilgan. N im a uchun ushbu korxona aynan shu shaharda joylashtirilgan? Sababi — Bekobodning iqtisodiy
geografik o ‘rni qulay: u Toshkent, M irzacho‘l ham da Farg‘o- na iqtisodiy rayonlariga yaqin joylashgan; shahar yaqinida Farhod G ES, qurilish bazasi — sement zavodi ham mavjud; korxona mahsuloti asosan Toshkent sanoati uchun kerak.
N im a sababdan Chust, Nurota, G ‘ijduvon, Xiva, Shah- risabz kabi shaharlar juda qadimiy, boy tarixga ega bo'lishi- ga qaram asdan h a m o n katta m arkaz em as, yaqindagina vujudga kelgan Navoiy esa tez orada katta shaharlar qatoriga kirdi? Bu savolga ham javobni k o ‘proq ularning iqtisodiy geografik o ‘rnidan qidirish kerak.
Yer yuzidagi aksariyat yirik shaharlar ularning qulay geog rafik o ‘rni orqali mashhurdir. Masalan, Stambul, Singapur, Aleksandriya, Volgograd, N ovosibirsk, Shanxay, Sankt- Peterburg, London, Rim, Rio-de-Janeyro va h.k.
Jah o n geosiyosiy xaritasida va ham jam iyatida Buyuk Britaniya, Yaponiya, A Q SH kabi davlatlarining yuqori d a rajada taraqqiy ekanligi va, ayni vaqtda, Afg‘oniston, Nepal, Butanga o ‘xshash mamlakatlarning nisbatan sust rivojlangan- ligini, qoloqligi k o ‘p j ihatdan ularning geografik o ‘rni bilan izohlanadi. Vatanimiz — O ‘zbekiston bir vaqtlar «-Buyuk ipak yo'lida, katta karvon yo 7/»da joylashganida juda qulay geog rafik mavqega ega edi. K eyinchalik jah o n m adaniyati va savdosida dengiz h am d a okeanlar aham iyatining oshishi natijasida bu qulaylik o ‘z kuchini yo‘qotdi. Hozirgi kunda esa yurtimizning iqtisodiy geografik o ‘rnini yana yaxshilashga katta e'tibor berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |