Iqtisodiy va siyosiy geografik o’rni


Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari



Download 63,97 Kb.
bet5/14
Sana25.01.2023
Hajmi63,97 Kb.
#902748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi Muhlisa

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Kanadada tarixan ingliz va fransuz maktabi tizimlari tarkib topgan. Inglizcha tizim AQSH maktab tizimiga oʻxshash: 12 yillik umumiy taʼlim maktabi 6 yillik boshlangʻich, 3 yillik kichik oʻrta, 3 yillik katta oʻrta maktablardan yoki 8 yillik boshlangʻich va 4 yillik oʻrta maktablardan iborat. Kvebek viloyatida fransuzcha taʼlim tizimi: 6 yillik boshlangich va 5 yillik oʻrta maktab ishlaydi. 5—7 yoshdan 14— 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul majburiy toʻliqsiz oʻrta taʼlim joriy etilgan. Davlatga karashli taʼlim bepul boʻlgan maktablar bilan bir qatorda xususiy (pulli), asosan, diniy va etnik guruxlar qaramogʻidagi maktablar ham bor. Ulardagi darslar oʻsha guruhlar tilida olib boriladi. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqiladi. Barcha viloyatlarda universitetlar bor. Yiriklari: Toronto, Vankuver, Kingston, Montreal, Kvebek universitetlari. Ilmiy muassasalari: Kanada qirollik jamiyati, Ijtimoiy fanlar soxdsidagi tadqiqot kengashi (hammasi Ottavada), oʻrmonchilik va qishloq xoʻjaligi sohasidagi bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari. Yirik kutubxonalari: Parlament, Xalq, Milliy, Milliy ilmiy (hammasi Ottavada), Montreal va Torontodagi xalq kutubxonalari, shuningdek, Toronto, Montreal, Vankuver universitetlari huzuridagi kutubxonalar. Ottavada Kanada Milliy muzeyi, Milliy galereya, Milliy sanʼat markazi, Ontario viloyatida Qirollik muzeyi, Torontoda Badiiy galereya, Montrealda Badiiy muzey, Kvebek sh.da Kvebek viloyati muzeyi va b. bor.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Kanadada 114 ta kundalik gazeta va 1200 ta haftanoma nashr etiladi. Etnik guruhlar (nemis, italyan, xitoy va boshqalar) tillarida 300 ga yaqin gaz. va b. davriy nashrlar bor. Eng yiriklari: ingliz tilida — "Glob eng meyl" ("Butun dunyo pochtasi", kundalik gazeta, 1844-yildan), "Toronto-star" ("Toronto yulduzi", kundalik gazeta, 1892-yildan), "Gazett" (kundalik gazeta, 1778-yildan), "Ottava sitizen" ("Ottava fuqarosi", kundalik kechki gazeta, 1845-yildan), "Vankuver san" ("Vankuver quyoshi", kundalik kechki gazeta, 1886-yildan) va b. Fransuz tilida — "Devuar" ("Burch", kundalik gazeta, 1910-yildan), "Press" ("Matbuot", kundalik kechki gazeta, 1884-yildan), "Soley" ("Quyosh", kundalik kechki gazeta, 1896-yildan) va b. "Kanadian leybor" ("Kanada kasaba uyushmalari", oylik jurnal, ingliz va fransuz tillarida, 1956-yildan), "Maklinz Ka-nada’z uikli nyusmegezin" ("Kanada Maklin yangiliklari", haftalik jurnal, ingliz tilida, 1905-yildan) jurnallari chiqadi. Kanadian Press Milliy axborot agentligi (1917-yilda tashkil etilgan) bor. "Kanadian brodkasting korporeyshn" — Sibi-si, Kanada radioeshittirish va telekoʻrsatuv korporatsiyasi, 1936-yilda tashkil etilgan. Radioeshittirish 1926-yildan, telekoʻrsatuv 1952-yildan boshlangan. Umuman 115 ta tele va 575 ta radiostansiya ishlaydi.

Download 63,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish