Iqtisodiy va madaniy hayot



Download 107,86 Kb.
bet32/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

Abu Ali ibn Sino(980. 08, Afshona qishlog’i-1037.18.6,Hamadon shahri, Eron).
Ibn Sino, Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali-jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan o’rtaosiyolik buyuk qomusiy olim. G’arbda Avitsenna nomi bilan mashhur. Zamondoshlari Ibn Sinoni «Shayx ar-rais» («donishmandlar sardori, allomalar boshlig’i»); «Sharaf al–mulk» («o’lka, mamlakatning obro’si, sharafi»), «hujjat al–haq» («rostlikka dalil»); «Hakim al–vazir» («donishmand, tadbirkor vazir») deb ataganlar.
Ibn Sino Afshana (hozirgi Buxoro viloyati Romiton tumani hududida) qishlog’ida 370 yili safar (980 yili avgust) oyida tug’ildi. Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan bo’lib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967-997) davrida Buxoro tomoniga ko’chib, Xurmaysan qishlog’iga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlog’ida Sitora («Yulduz») ismli qizga uylanib ikki o’g’il farzand ko’radi. O’g’illarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, 985 yili Ibn Sinolar oilasi poytaxt-Buxoroga ko’chib keladi va uni o’qishga beradilar. 10 yoshga yetar-yetmas Ibn Sino Qur’on va adab darslarini to’la o’zlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shug’ullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi.
Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy edi. Uning tib (tabiiyot) ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir tabib Hasan ibn Nuh al-Qumriy (to’liq nomi Abu Mansur al-Hasan ibn Nuh al-Qumriy)ning xizmati katta bo’ldi. Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. O’sha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob bo’lib, yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taqlif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sog’ayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Shunday qilib, Ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, «Urjuza» tibbiy she’riy asari, o’z qo’shnisi va do’sti Abu-l-Husayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, ko’p fanlarni o’z ichiga olgan «Al-Hikmat al-Aruziy» («Aruziy hikmati») asarini ta’lif etdi. Undan tashqari, boshqa bir do’sti faqih Abu Bakr al-Barqiy (yoki Baraqiy)ning iltimosiga ko’ra, 20 jildli «Al-Hosil va-l-mahsul» («Yakun va natija») qomusiy asari hamda 2 jildli «Kitob al-bir va-l-ism» («Sahovat va jinoyat kitobi»)ni yozdi.

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish