IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
430
3
Cho‘yan
+
++
4
Temir qotishmalari
+
++
+
5
Po‘lat
+
+
6
Kaliy o‘g‘iti
++
+
7
Fosfor o‘g‘iti
+
+
+
8
Azot o‘g‘iti
+
+
++
9
Sintetik tola
++
+
10
Qishloq xo‘jalik
mashinalari
++
11
Radio, priborsozlik,
aniq mashinasozlik
+
++
12
Selluloza-qog‘oz
sanoati
+
+
+
+
13
Sement
+
+
14
Paxta tolasi
++
+
15
To‘qimachilik
+
+
+
16
Paxta yog‘i
++
17
Go‘sht
+
+
+
18
Sut
+
+
Manba:
Солиев А., Маҳамадалиев Р. Иқтисодий география асослари.
–Т.; ―Ўзбекистон‖, 1996. [25-b.]
Izoh:
hal qiluvchi ahamiyatga ega omillarga
++
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
431
kuchli ta‘sir qiluvchi omillar uchun esa
+
Muayyan bir ishlab chiqarish tarmog‗ini hududiy tashkil etishda barcha
omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal qiluvchi rol o‗ynaydi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda qaysi bir omil yetakchi ekanligini
aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bu yerda,
K – ishlab chiqarish koeffitsiyenti;
O – mazkur korxona yoki umuman ishlab chiqarishni hududiy
joylashtirishga ta‘sir etuvchi omil;
M — mahsulot birligi.
Ushbu formula yordamida ma‘lum bir mahsulot birligini hosil qiluvchi
barcha omillar alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Masalan, 1 tonna shakar olish
uchun qancha xomashyo, ya‘ni qancha qand-lavlagi ishlatiladi, qancha
elektroenergiya yoki mehnat sarflanadi va h.z. Qaysi omil bo‗yicha yirik son
chiqsa, odatda uning ahamiyati shuncha yuqori bo‗ladi va u mazkur ishlab
chiqarish tarmog‗ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifasini o‗taydi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, ma‘lum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar
yoki kichik «tarmoqchalar» uchun bittagina omil tegishli bo‗lmaydi. Jumladan,
mashinasozlik tarmog‗iga kiruvchi ba‘zi bir korxonalarni joylashtirishda
xomashyo (metall) ko‗proq ahamiyatga ega bo‗lsa, boshqasi uchun malakali ishchi
kuchi muhim omil hisoblanadi.
Mazkur formulani sonlar orqali shakllantirgandan ko‘ra, omillar nomi bilan
ko‘rsatgan ma‘qul. Chunki mahsulot ishlab chiqarishga kerak bo‘lgan omil
bo‘yicha nomuvofiqliklar kelib chiqishi mumkin.
№
_
112.
Baliqchilik hamda baliq mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘i
bo‘yicha yetakchi omilni aniqlang.
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
432
Yechish.
Baliqchilik, e‘tibor berilsa, dengiz sohillari va suv havzalariga
yaqin hududlarda tashkil etiladi. Boisi baliqni uzoq vaqt saqlash mushkul va h.z.
Bu tarmoqda eng asosiy omil – xomashyo (baliq) hisoblanadi va quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘ladi:
=
ya‘ni ma‘lum hududda suv havzasi mavjud bo‘lib, baliq ovlash shakllangan bo‘lsa-
yu, iste‘molchi deyali yo‘q bo‘lsa, muammo emas – uni muzlatib, tuzlab eksport
qilish mumkin. Agar elektr quvvati mavjud bo‘lmasa, muammo emas – oddiy
sharoitda pishirib, tabiat qo‘ynida turizm tashkil etish mumkin. Agar transport
omili yetarli rivojlanmagan bo‘lsa, muammo emas – xaridor (mahsulot sifati
yuqori bo‘lsa) mahsulotni ―izlab boradi‖. Lekin agar mahsulot – baliq bo‘lmasa,
tarmoqni shakllantirib bo‘lmaydi, baliqni import qilib, tarmoq tashkil etilsa –
tannarx yuqorilashadi va oqibat samara bermaydi (huddi shunday holatni
O‘zbekiston yengil sanoatida ko‘rish mumkin. Namangan viloyati Kosonsoy
tumanida ―Kosonsoy-Tekmen‖ qo‘shma korxonasida Avstraliyadan jun olib kelib,
mahsulot ishlab chiqarilar edi. Lekin bu jarayon uzoqqa cho‘zilmadi va qo‘shma
korxona faoliyatiga barham berildi). Boshqa tarmoqlarda ham yetakchi omilni
ko‘rsatib berish uchun yuqoridagi ifodadan foydalanish qulay va tushunarli
hisoblanadi.
Demak, milliy iqtisodiyotning tarmoqlari o‘z-o‘zidan, tasodifiy hududiy
tarqalmaydi, balki ma‘lum shart-sharoitlar va omillani hisobga olgan holda
joylashtiriladi yoki hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab
chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishga
asos bo‘ladi. Qonuniyatlar esa o‘quvchilarni behisob fakt va raqamlarni shunchaki
tushunmay yodlab olishdan ―ozod qiladi‖ va mohiyat oydinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: