Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA



Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/663
Sana24.01.2022
Hajmi4,99 Mb.
#408124
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   663
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslik

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

121 

 

xarakterlanadi.  Bu  jarayon,  ayniqsa,  AQSh  uchun  xos  bo‗lib,  XIX  asrning  60-



yillari  oxiridan  iqtisodiy  yuksalish  pallasiga  kirdi.  1913-yilda  AQShning  jahon 

sanoat ishlab chiqarishidagi hissasi 36,0 foizni tashkil qildi. Bu Angliya, Fransiya, 

Germaniyaning  birgalikdagi  ko‗rsatkichidan  ham  ko‗proq  edi.  Nyu-York  nafaqat 

jahondagi eng yirik shahar bo‗libgina qolmasdan, London va Parij shaharlarining 

bir  qator  funksiyalarini  o‗ziga  oldi  yoki  I.A.Vitver  fikricha,  jahon  xo‗jaligi 

―Yevromarkazdan‖, ―ikki markazli‖likka aylandi. 

Yevropada  Germaniya  (1871-yilgi  birlashuvdan  so‗ng)  iqtisodiy  taraqqiyot 

yo‗liga kirib, Angliyadan o‗tib ketdi. Fransiya va G‗arbiy Yevropadagi boshqa bir 

qator  mamlakatlarda  iqtisodiy  taraqqiyot  nisbatan  sekinroq  ekanligi  bilan 

tavsiflansa, Sharqiy va Janubiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy taraqqiyot ancha 

bo‗sh edi. 

Osiyo  (Yaponiyadan  tashqari),  Afrika  va  Lotin  Amerikasi  mamlakatlari 

iqtisodiy  jihatdan  qoloq,  agrar  xomashyo  mamlakatlari  bo‗lib  qolaverdi.  Xuddi 

shunday holat Rossiyaning mustamlakasi hisoblangan Turkiston o‗lkasi uchun ham 

xos bo‗lib, u tipik agrar xomashyo hududi edi. 

―Buyuk  davlatlar‖ning  iqtisodiy  va  harbiy  salohiyati  hamda  ―Yevropadagi 

imtiyozli  mayda  millat‖lar  (Shvetsiya,  Belgiya,  Gollandiya)  dunyoni  o‗zlarining 

ta‘sir  darajalariga  kiritish  va  bo‗lib  olish  uchun  kurashdilar.  Dastlab,  Afrika  va 

Okeaniya  to‗la  bo‗lib  olindi.  Germaniya,  Belgiya,  Italiya,  AQSh,  Yaponiyadan 

iborat  mustamlakachi  davlatlar  yuzaga  keldi.  Fransiya  mustamlakalari  ko‘paydi. 

Buyuk Britaniya o‗zining mustamlakalarini kengaytirib, hududini 33,0 mln.km

2

 ga 



yetkazdi. 

Bo‗lib  olingan  dunyoni  qayta  bo‗lib  olish  uchun  bo‗lgan  kurash  I  Jahon 

urushiga  (1914-1918)  olib  keldi.  Mustamlaka  qaramligining  shakllari  o‗zgardi. 

Buyuk  Britaniya  tarkibidagi  beshta  mustamlaka  dominion  maqomiga  ega  bo‗ldi. 

Xitoy,  Eron,  Turkiya  amalda  yarim  mustamlaka  hududlar  bo‗lib  qoldi.  XIX  asr 




Download 4,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   663




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish