1. AGROBIZNES - qishloq xo'jaligidagi biznes. Keng ma’noda, bunga qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanuvchi biznes turlari kiradi.
2. BIRJA - (goll. beurs, nem. Borse - hamyon) - 1. Mahsulot, valyuta va qimmatbaho qog'ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma’lumot xizmatlarini amalga oshirishda faol qatnashuvchi tashkilot. Xizmat ko'rsatgani uchun birja vositachilik yig'imini oladi. Birja XVII asrda paydo bo'lgan va belgiyalik savdogar Delya Birjaning nomi bilan atalgan. Uning uyida va uyi oldidagi maydonda italiyalik bank egalari savdogarlarning yig'ilishlari bo'lib o'tar edi.
3. AKTIV - atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo'lish degan so'zlardan kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag'lar qanday amal qilayotganligi va ishlayotganligini ko'rsatuvchi mablag'lar guruhlanishini tushunish kerak. Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolar yoki oldin sodir bo'lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo'lishi kerak: a) kelajakdagi iqtisodiy nafhing o'zida mujassamlanishi, bevosita va bilvosita pul mablag'lari yoki ularning ekvivalentlarini ko'paytirish imkoniyati; b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobiliyatini mujassamlash; v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealar natijasi bo'lishi. Aktiv buxgalteriya balansining bir qismi bo'lib, ma’lum bir muddatga subyekt mablag'larining tarkibi va joylanishini pul ko'rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari, balansning passiv qismi ham mavjud bo'lib, aktiv va passiv tomonlar bo'lim va moddalardan iborat. Aktiv tomonining jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng bo'lishi lozim. Buni shunday tushuntirish mumkinki, yani aktiv tomonidagi mablag'lar manbalari balansning passiv tomonida joylashgan.
4. AUDIT - muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidanxo'jalikyuritayotgansubyektlamingmoliyaviyhisobotlari to'g'riligi, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo'jalik operatsiyalari O'zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligi, shuningdek, mukammaligi va asosliligi, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada monandligini tekshirish maqsadida o'tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir.
5. BALANS - “Balans” atamasi lotincha “bis” - ikki marta, “banx” - tarozi pallasi so'zlaridan tarkib topgan bo'Ub, tom ma’noda “ikki palla” degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi. Balans doimo o'zgarib turadigan, o'zaro aloqada bo'lgan holatni ta’riflovchi ko'rsatkichlar tizimining tengligi. Balans ikki qismdan iborat bo'lgan jadval shaklida ma’lum bir sanaga tuziladi. Balans qandaydir voqeani ta’riflab, uning qismlarga munosabatini ko'rsatadi. Balans alohida korxona, ishlab chiqarish birlashmasi (buxgalteriya balansi, korxonaning daromad va xarajatlar balansi) yoki xalq xo'jaligi (aholining daromad va xarajat balansi, to'lov balansi, savdo balansi, qishloq xo'jalik mahsulotlari balansi va b.) masshtabida tuziladi.
6. BANK- vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini bir joyga to'plash va kimda bu pullarga vaqtinchalik muhtojlik bo'Isa, ularga kredit sifatida berish bilan shug'ullanuvchi kredit-moliya muassasasidir. Bank faqatgina xo'jalik tashkilotlarining vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini bir joyga to'plash bilan cheklanib qolmay, balki aholining qo'lida ham vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini jamg'arma banklarida omonat sifatida to'plab, ulardan kredit resurslari sifatida foydalanadi. Bank vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini omonat sifatida qo'yuvchilarga ma’lum miqdorda foiz to'lab, undan kredit olganlardan yuqoriroq foiz stavkasi oladi. Ular o'rtasidagi farqdan bank foydasi hosil bo'ladi. Bankning amalga oshiradigan ishlarini ikki turga ajratish mumkin: birinchisi - bank resurslarini tashkil qilish, ya’ni sust ishlar; ikkinchisi - bu resurslami joylashtirish va ulardan foydalanish, ya’ni faol ishlar hisoblanadi.
7. BANKNOTA- mamlakat Markaziy banki tomonidan chiqariladigan naqd qog'oz pullar bo'lib, iqtisodiyotdagi pul taklifming bir qismini tashkil etadi.
8. BOZOR NARXI -bozorda aniq tovarlar bo'yicha talab va taklifning to'la mutanosib bo'lishi hamda raqobat ta’siri natijasida shakllanadigan narx.
9. BUDJET- ( ingl. budget-sumka) - davlat, korxona, muassasa va shu kabilarning ma'lum muddat uchun oldindan belgilab qo‘yiladigan kirim- chiqim, daromad-buromad smetasi. Budjet markaziy va mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini ta'minlash uchun pul mablag‘ lari yig‘indisini shakllantirish va ishlatishning shakli. Budjet muayyan davr mobaynida alohida tashkilot yoxud davlat tomonidan qilinishi mumkin bo'lgan sarf-xarajatlarni chamalash asosida hisoblab chiqilishi; daromad va xarajatlarni taqsimlash, tizimlashtirish; turli xil ishlarga mo'ljallangan sarf-xarajat va resurslarning (vaqt budjeti) taqsimlanishi.
10. DEBITOR -biror korxonadan, firmadan, muassasadan boshqa yuridik shaxs yoki fuqaroning qarzdor bo'lib qolishi. Bu terminxo'jalikda buxgalteriya amaliyotida ham qo'llaniladi.
11. DEFILYATSIYA- inflyatsiya davrida chiqarilgan muomaladagi qogoz pul miqdorini kamaytirish. Davlat tomonidan moliya va pul-kredit tadbirlarini qo'llash orqali amalga oshiriladi. DEFITSIT - kamyob, noyob. l) biror narsaning yetishmasligi, kamchiligi. Jumladan, tovarlar yetishmasligi, budjet mablag‘i yetishmasligi; 2) kamomad, zarar.
12. FIFO –(ingl. first in first out - ya m birinchi kirim birinchi chiqim) - sarf qilingan materiallar qiymatini hisobdan chiqarishning usullaridan biri bo'lib, kamayib borayotgan inflyatsiya sharoitida vaqt va birinchi sotib olingan materiallar qiymati bo'yicha hisob olib borishni bildiradi.
13. FISKAL SIYOSAT- davlat xarajatlari va soliqqa tortish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rish orqali mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan siyosatdir. Fiskal siyosatning eng asosiy vazifasi - iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun davlat pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir.
14. FIZIOKRATLAR - yunoncha “tabiat” va “hokimiyat” so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, XVIII asr Fransiya klassik burjua siyosiy iqtisodining namoyandalari. F. Kene ushbu maktab asoschisi hisoblanadi. (Fiziokratiya - tabiat hukmronligi). Fiziokratlar ishlab chiqarishni haqli ravishda ijtimoiy boylikning manbayi deb hisoblaganlar, ammo qishloq xo'jaligi tarmog'i bilan cheklanib qolganlar. Ular qishloq xo'jaligidagina sof mahsulot, foyda vujudga keladi, shuning uchun ushbu tarmoqda sarf etilgan mehnatni unumli, ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida qishloq xo'jaligida hosil etilgan boylik qayta ishlanganligi uchun yerdagi mehnatni unumsiz mehnat deb hisoblaganlar. Vaqt o'tishi bilan fiziokratlarning qarashlari bir yoqlama ekanligi ayon bo'ldi. Ular boylikning o'sishini yerning tabiiy hosildorligi bilan bog'lab, buning asosida sanoatni tarmoq deb solmay turib jamiyatni boy qila ololmaydi. Biroq shunga qaramasdan fiziokratlar ishlab chiqarishni yaxlit holda tadqiq qilishga asos soldilar, ular cheklanmagan holda xususiy mulk hukmronligi, erkin raqobat va tashqi savdo erkinligi tarafdori bo'lganlar. Ular birinchi marta kapitalni yillik avanslar ko'rinishida tadqiq qilishga asos soldilar, takror ishlab chiqarish qonunlari va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishini tadqiq etishga harakat qildilar.
15. FOND - korxonalar o'zaro harakatining yangi shakli, xo'jalik uyushmasining o'ziga xos turi. Moliya instituti sifatida vujudga kelib, fondlar u yoki buxo'jalikloyihalarini moliyalashtirish bilan chegaralanib qolmaydi va uning tashkilotchisi sifatida maydonga chiqadi. Fondlar tasis etuvchilarning mo'ljallangan dasturlarini tashkil etish va boshqarish maqsadini ko'zlaydi.
16.GOLLANDCHA AUKSION- auksionda stavka yuqoridan pastga tovar sotilgunga qadar pasayib boradi.
17. HADYA- fuqarolik huquqida bir shaxsning ikkinchi shaxsga mulkini tekin berishi
18. IMPORT -(lot. importo - kiritaman) - l) mamlakat ichiga foydalanish yoki sotish uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital import xorijdan mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va boshqa); 3) chetdan olib kelingan mahsulotlarning umumiy soni va qiymati. U vaqtni tejashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko'maklashadi.
19. INDEKS - 1. Biror iqtisodiy hodisaning izchil o'zgarib borishini ko'rsatadigan raqamlar ko'rsatkichi. 2. Narx, nom va shunday ko'rsatkichlar ro'yxati 3. Harf yoki raqamlarning o'ng tomoniga qo'yiladigan harf yoki son ko'rsatkichi.
20. INDUSTRIYA -industriya, sanoat, og‘ir sanoat sohasi. Masalan, mashinasozlik, metallurgiya sanoati.
21. INFLYATSIYA -(lot. shishish, ko'pchish, ko'tarilish) - mamlakatda muomalada yurgan qog'oz pul miqdorining xo'jalik muomalasi ehtiyojlaridan ortiq darajada oshib ketishi. Pulning qadrsizlanishi. Inflyatsiya quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Biror omil tufayli kelib chiqqan inflyatsiya. 2. Kredit inflyatsiyasi - kredit ajratishning haddan ortiq kengayishi tufayli kelib chiqadi. 3. Sudraluvchan inflyatsiya - sekinlik bilan rivojlanib boradi. 4. Sakrovchan inflyatsiya - tez sur’atda rivojlanib boradi. 5. Ma’muriy inflyatsiya - narx-navoni ma’muriy tarzda boshqarish oqibatida yuzaga keladi. 6. Ijtimoiy inflyatsiya - mahsulot sifatiga, atrof-muhit muhofazasiga bo'lgan yangi ijtimoiy talablarning paydo bo'lishi oqibatidagi chiqimlarning o'sishi ta’sirida narx-navoning o'sishini yuzaga keltiradi. Bunday holat xo'jalik yuritish borasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish davrida, mahsulot ishlab chiqarish kamaygan hollarda qo'shimcha pul chop etish natijasida yuzaga keladi.
22.INGLIZCHA AUKSION -bunda stavka pastdan yuqoriga tovar sotilgunga qadar oshib boradi, tovar taklif qilingan maksimal narxda sotiladi.
23. INKASSA - bank operatsiyasining bir turi, bankning turli hujjatlar orqali (veksel, chek va boshqalar) mijozlar nomidan va ular hisobidan oladigan puli.
24. INKASSO-xalqaro savdodagi hisob-kitob shakllaridan biri. Unga muvofiq bank o'z mijozining topshirig'iga ko'ra jo'natilgan tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitob hujjatlari asosida to'lanishi lozim bo'Igan pul mablag'larini haq to'lovchidan oladi hamda bu mablag'larni o'z mijozining bankdagi hisob-raqamiga o'tkazadi.
25. INSONIY KAPITAL -o'qish va amaliy faoliyatdan olgan insonning intellektual qobiliyati va amaliy ko'nikmalari shaklidagi kapital.
26.INSTITUTLAR -iqtisodiy subyektlar harakatini cheklovchi, ularning o'zaro munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar, qoidalar hamda ushbu me’yor va qoidalar bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
27. INTEGRATSIYA -1. Turli bo'limlar, elementlar harakatining bir butunga birlashish jarayoni. 2. Iqtisodiy integratsiya - iqtisodiy subyekt (davlat, korxona, firma)larning iqtisodiy, texnologik munosabatlarning o'zaro bog'liqligi oshishi natijasida vujudga keladi. Vertikal va gorizontal integratsiya ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi kuchlar o'sishi natijasida mehnat
28. INVESTITSIYA -(nem. investitlion, lot. Investere - kiyintirmoq) - investor tomonidan biror-bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag'lar, sarmoyalarni joriy qilish va foyda olish maqsadida sarf qilish. Investitsiya mamlakat ichida (ichki investitsiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investitsiya) amalga oshirilishi mumkin. Moliya investitsiyasi - qimmatbaho qog'ozlami xarid qilish, pul mablag'larini jamg‘arish va boshqalarni, real investitsiya - moddiy ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o‘z ichiga oladi.
29. INVOIS -schyot-faktura (q).
30. IPOTEKA -(yunon. Hypotheke - garov) - qarz, kredit olish uchun biror-bir muayyan ko'chmas mulk (yer, imorat va hokazo) ni garovga qo'yish. Bunda garovga qo'yilgan mulk qarz oluvchining tasarrufida qoladi.
31. ISHSIZLIK - sog'lig'i yoki yoshi jihatidan ishga Iayoqatli kishining ish o'rnini yo'qotib, bosh bo'lib qolishi. Ishsizlik uch xil ko'rinishda uchraydi: 1. Ixtiyoriy ishsizlik (boshqa hududga ko'chish, o'qishga kirish, bolani parvarish qilish kabi sabablarga ko'ra ishdan bo'shashi natijasida yuzaga keladi). 2. Tarkibiy ishsizhk (ayrim kasblar, ish turlariga bo'lgan talabning susayishi natijasida yuzaga keladi). 3. Davriy ishsizlik (ayrim hududlar va tarmoqlarda ishchi kuchiga bo'lgan talabning kamayishi natijasida yuzaga keladi).
32. JAHON BOZORI -xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biriga bog'langan mamlakatlar o'rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlari. Jahon bozorida ishtirok etish uchun mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirish kerak. Jahon bozori tovarlar, xizmatlar, valyuta, investitsiya, iimiy ishlanmalar bozorlaridan iborat.
33. JAHON PULI -xalqaro miqyosda hamma uchun umumiy xarid va umumiy to' lov vositasi, boylikning umumiy moddiy timsoli, baynalmilal qiymat ifodasi bo'lgan pul. Ilgarilari jahon puli vositasini oltin yombilari bajargan, hozir esa bu vazifani dollar, yevro, funt sterling, nemis markasi, yapon iyeni, Fransiya va Shvetsariya franki bajaradi
34. JAMG'ARMA -aholining kelajak ehtiyojlarini qondirish va kelajakda xarid qilish uchun saqlab qo yilgan pulli daromadlari. Uning hajmi ixtiyoridagi daromaddan iste’mol xarajatlarni ayirish yo'li bilan belgilanadi
35. KADASTR - l) jon boshidan olinadigan soliq to'lovchilar ro'yxati; 2) vaqtivaqtida yoki uzluksiz kuzatish natijasida tegishli obyekt xususida struktura, tuzilma ma’Iumotlar to'plami; masalan, suv kadastri - daryolar, ularda o'tkazilgan tekshirishlar haqidagi ma’Iumotlar to'plami; 3) ko'chmas mulkni baholash, uning ro'yxatini yuritish bilan shug'ullanuvchi davlat tashkiloti.
36. KAPITAL- (nem. kapital - asosiy mulk; lot.capitalis - eng muhim, asosiy, bosh) - biror maqsadga yo'naltirishga mo'ljallangan pul mablag'i, boshlang'ich, doimiy, o'zgaruvchan, asosiy va aylanma kapital kabi turlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilot, korxona, firma va boshqalarda ustav kapitali, zaxira kapitali va aksionerlik jamiyati kapitali kabi turlari mavjud. Aksionerlik jamiyati kapitali o'z aksiya obligatsiyalarini sotishdan tushgan pullardan tashkil topadi. Kapital doimiy va o'zgaruvchan, asosiy va aylanma kapitalga bo'linadi; sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali shakllarida faoliyat yuritadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxona, firma, turli jamoalarga tegishli aksionerlik kapitali, zaxira kapitali, ustav kapitali singari ko'rinishlari mavjud.
37. KARGO -transport vositasida tashiladigan va sug'urtalanishi mumkin bo'lgan yukning nomlanishi.
38. KASSA -1) pul, qimmatbaho qog'ozlar saqlanadigan po'lat sandiq, quti, shkaf; 2) muassasa, korxonalarning pul qabul qilish, pul berish, bilet sotish va shu kabilar bilan ish yurituvchi, muomala qiluvchi bo'linmasi; 3) muassasa, korxona va shu kabilardagi bor pul.
39. KOVERNOTA -sug'urta vositachisi tomonidan sug'urtalanuvchiga beriladigan va sug'urtalanuvchining sug'urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu hujjatda ko'rsatilgan muddat mobaynida sug urta brokeri sug‘urtalanuvchiga sug'urta polisini berishi shart. Chunki kovernota sug'urta kompaniyasi uchun yuridik kuchga ega bo'Igan hujjat hisoblanmaydi.
40. LIZING -moliya-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo'lib, korxonalar tomonidan mashina, asbob-uskuna va shunga o'xshash tovarlarni uzoq muddatli ijaraga olishni anglatadi. Lizingda uning obyektlari, odatda, (lekin majburiy tartibda emas) ijaraga beruvchi korxonaning balansidan ijaraga oluvchi korxonaning balansiga pirovardida o'tkaziladi. Bu tartibdagi bitimlar ijarachi korxona uchun foydali hisoblanib, ular moliyaviy zarar ko'rmaydilar va, odatda, soliq va amortizatsiya imtiyozlariga ega bo'ladilar.
41.LOGISTIKA -inson-mashina tizimida moddiy, mehnat, energiya va axborot resurslari oqimlari harakati jarayonlarini rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish tizimi.
42. MAKLER -vositachi, u fond va valyuta birjasi bitimlarini tuzishda qatnashadi, operatsiyalarni mij oz hisobiga amalga oshiradi va bitim summasidan ma’lum miqdorda mukofot (ulush) oladi.
43. MANUFAKTURA -ital. “qo'l mahsuloti” degan ma’noni bildirib, mehnat taqsimoti, qo'l hunarmandchiligi va yollanma mehnatga asoslangan oddiy kapitalistik kooperatsiyadan keyingi ikkinchi bosqich. XVI asrning o'rtalarida paydo bo'ldi, sanoat to'ntarilishiga, ya’ni fabrikaga zamin tayyorladi. A. Smit tomonidan eng mukammal korxona turi deb hisoblangan.
44. MARJINALIZM -fran. “chegaraviy” ma’nosidagi so'zdan olingan, XIX asming 70-yillari Jevons, Menger, Valraslar tomonidan ochilgan iqtisodiyotning metodologik prinsiplaridan biri, iqtisodiy hodisalarni tahlil etishda eng chekka ko'rsatkichlarga suyanadi. Iste’molni ishlab chiqarishdan ustun qo'yadi. Qiymatning mehnat nazariyasi inkor etiladi. Avstriya maktabi vakillari tomonidan qo'llanilgan. XIX asrning o'rtalarida fransuz iqtisodchisi Kurno (1821-1877), nemis iqtisodchilari Tyunen (1783-1850), Gossen (1810-1858) birinchi bo'lib marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga joriy etishga uringan. Uning kategoriyalari: qimmat, eng yuqori, chegaralangan naf, noyoblik, ishlab chiqarishning eng yuqori unumdorligi va boshqalar. Marjinalizmning dastlabki vakillari K. Menger, F. Vnzer va boshqalar bo'lib, „sof nazariya” tarafdorlari sifatida, yangi iqtisodiy voqealar, hodisalar va jarayonlarga yangicha qarashlar, ularni amaliyotga kiritish bilan, klassik iqtisodiy nazariya va markscha iqtisodiy ta’limotning sinfiy shakli, mafkura pardasini olib tashlab, ulardagi ijobiy tomonlarni saqlab qolgan holda yangi iqtisodiy tizim nazariyasini yaratdilar.
45.MOLIYA -taqsimot xarakteriga ega bo'Igan, pul ko'rinishidagi daromad va yig'imlar shaklida moddiylashuvchi, o'zaro bog'liq iqtisodiy munosabatlar majmuyi bo'lib, xo'jalik yurituvchi subyektlar va davlat tomonidan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ishchilarni moddiy rag'batlantirish, jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltiriladi. Moliyaning asosiy ikkita funksiyasi mavjud bo'lib, ular: taqsimlash va qayta taqsimlash hamda nazorat.
46.OBLIGATSIYA -(lot. “obligo”- “qarz olish” mazmunini bildiradi). 1. Davlat yoki aksionerlik kompaniyasi tomonidan qarz majburiyati sifatida chiqariladigan qimmatli qog'oz. Davlat chiqargan obligatsiyalardan olingan daromad yutuqlar shaklida to'lanadi. Aksionerlik kompaniyalari chiqargan obligatsiya egasi daromadni oldindan belgilangan foiz sifatida oladi. Ma’lum davrdan so'ng u sotib olinadi. Aksiyadan farqli o'laroq obligatsiya egasiga aksionerlar majlisida ovoz berish huquqi berilmaydi. Obligatsiyalar pul bozorida harakat qiladi va o'z kursiga egadir. Obligatsiya kursi u keltiradigan daromad darajasi va ssuda foiziga bog'liq bo'ladi. 2. Emissiyaviy qimmatli qog'ozbo'lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan unda nazarda tutilgan muddatda, nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo'lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi.
47. PATENT -(lot. “patents” guvohnoma, yorliq) -1 ) xususiy tarzda tadbirkorlikning biror-bir turi bilan shug'ullanishga ruxsat beruvchi guvohnoma, tegishli hujjatlar asosida moliya organlari tomonidan beriladi; 2) ilmiy kashfiyot va ixtiroga mualliflikni tasdiqlovchi guvohnoma. Patent davlat tomonidan patentlashtiriladi. Masalan, savdo yoki hunarmandchilik bilan shug'ullanish huquqi. Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy savdo nuqtalarida (joylarida) savdoni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar savdo qilish huquqiga ega bo'lish uchun vaqtinchalik patentni sotib oladilar. Patentda uning berilish muddati (patent amal qiladigan davr), savdo amalga oshiriladigan mahsulotlar guruhi va savdo qilish joyi o'z aksini topgan bo'lishi lozim.
48. QIMMATBAHO TOVARLAR -yuksak qiymatli tovarlar. Bu tovarlar asosan ishlab chiqarish yoki iste’mol maqsadida ishlatilmaydi, ammo ulardan qiymatni uzoq vaqt saqlash vosita sifatida foydalaniladi, chunki ularning qiymati narxlarning umumiy darajasiga nisbatan kamaymasligi mumkin.
49. SANKSIYA -joriy qonunchilik me’yorlari asosida yo'l qo'yilgan qonunbuzarlik yoxud zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmasligi faktiga javoban vakolatli davlat organlarining javob reaksiyasi.
50. YARMARKA-belgilangan muddatlarga bir joyda muntazam to'planadigan bozor; yarmarka ishtirokchilariga o'zlari ishlab chiqargan mahsulotlar namunalarini ko'rsatishga imkoniyat yaratish, savdo bitimlari tuzish maqsadlarida yangi yutuqlar va texnik kamolotni namoyish qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |