Iqtisodiy ta'limotlar


-BOB. A. SMITNING IQTISODIY TA'LIMOTI (2-bosqich)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

8-BOB. A. SMITNING IQTISODIY TA'LIMOTI (2-bosqich) 
8.1. Klassik maktab g`oyalari shakllanishining tarixiy 
shart-sharoitlari. Klassik iqtisodiy maktabning to`la shakllanishi 
XVIII asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniya-
lik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho`qqiga 
ko`tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan 
davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o`zgarishlar ro`y 
berayotgan edi. 
Angliya jahonda eng rivojlangan va sanoatlashgan davlatga aylana 
boshladi, iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda kapitalistik munosabatlar hal 
qiluvchi o`rinlarni egalladi. Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq 
xo`jaligi va tez o`sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib bori-
lardi. Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo`lib, ishchilar, sohibkor-
lar, yer egalari - lendlordlar va fermerlar bor edi. XVIII asr o`rtalariga 
kelib Angliyada amalda dehqonlar, ya'ni yomenlar sinfi chegaralash agrar 
islohoti tufayli tarix sahnasidan tushdi. 
Kapitalning dastlabki jamg`arilishi natijasida hosil bo`lgan pul 
kapitali (manbalari: past ish haqi, mustamlaka siyosati, ayniqsa noekviva-
lent savdo, qul savdosi, yerlarning dehqonlardan tortib olinishi, bosqin-
chilik urushlari va boshqalar) tobora ko`p miqdorda sanoat va qishloq 
xo`jaligiga qo`yila boshladi. Yirik markazlashgan manufakturalar va 
kapitalistik fermalar tobora muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Agar XVIII 
asr boshida mamlakat hali agrar holatda bo`lsa, sanoatning iqtisodiyotdagi 
hissasi tobora tez o`sib bordi. Angliya industrial agrar davlatga aylandi. 
Manufakturalar soni oshdi, ulardagi ishchilar soni ko`paydi, ishchilarning 
ahvoli nihoyatda og`ir bo`lib, qattiq ekspluatatsiyaga duchor qilindi. 


152 
Manufakturalar soni tez oshib borgani bilan ichki va tashqi bozord-
agi o`sib borayotgan mahsulotlarga bo`lgan talab to`la qondirilmas edi, 
taklif esa yetarli emas edi. 
Asr o`rtasida Angliya boshqa mamlakatlarga nisbatan manufak-
turadan fabrikaga o`tishga yaqin turar edi. Angliya sanoat inqilobi ara-
fasida edi. Mamlakatning sanoat mahsulotlari jahon bozorida yuqori 
baholangan va talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan sav-
do-sotiqdagi proteksionizm siyosati, feodalizm davridagi bir qancha tartib 
va cheklashlar, qonunlar davr talabiga javob bermay qo`ydi, ularning bor-
ligi kapitalizm rivojiga to`sqinlik qilar edi. Hali kam sonli savdo va sano-
atdagi sohibkorlar sinfi bu davrda progressiv o`zgarishlar tarafdori edi, 
ammo ekspluatatsiya usullari ishchilar sinfining qarshiligiga uchray 
boshladi. Undan tashqari, yangi o`zgarishlarga hali ancha kuchli va uyush-
gan dvoryanlar sinfi ham to`siq edi. Angliya sanoati egalari erkin sohibkor-
lik faoliyatini kuchaytirishni, feodalizm qoldiqlarini tugatishni talab qi-
lardi. Shu sababli sohibkorlar sinfi yangi kapitalistik ishlab chiqarish usu-
lini ilmiy jihatdan to`la tahlil qiladigan iqtisodiy ta'limotlarga muhtoj edi. 
Shunday qilib XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning bi-
rinchi choragida Buyuk Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy 
g`oyalarning rivojlanishi uchun nihoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu 
g`oyalar A.Smit va D.Rikardo ta'limotlarida o`z aksini topdi. Bu tadqiqot-
lar aslida sohibkorlar mafkurasini himoya qilgan bo`lsa ham, bu mafkuran-
ing apologetlari (ko`r-ko`rona ataylab yoqlovchilari) emasdilar, ular o`z 
asarlari va yaratgan ta'limotlarida bu tuzumning barcha faoliyatini to`la-
to`kis ma'qullamadilar, uni bo`yab ko`rsatishga urinmadilar, bu jamiyat-
dagi ilg`or tomonlarni ko`rsatish bilan birga undagi ko`pgina qarama-
qarshilik va nuqsonlarni ochib tashladilar, ishchilar sinfiga, uning ahvoliga 
achinish, rahm-shafqat va xayrihohlik munosabatida bo`lganlar. Ular 
tomonidan yaratilgan ta'limot ingliz klassik iqtisodiyotining asosi bo`ldi va 
jahon iqtisodiyot fikriga katta ta'sir ko`rsatdi. 
Bu olimlar o`zlaridan avvalgi merkantilizm, ilk klassik maktab va 
fiziokratizm g`oyalarini mukammal o`rganib, shular asosida yangi iqti-
sodiy maktabning shakllanishini nihoyasiga yetkazdilar. Aslini olganda 
ular bozor iqtisodiyoti asosini yaratdilar. Klassik maktabning to`la 
shakllanishida ayniqsa sanoat inqilobi katta rol o`ynadi (bu ibora muomal-
aga 75-80 yil ilgari taniqli tarixchi A.Toynbi tomonidan kiritildi va Toyn-
bining o`zi buni 1760 yilda Shotlandiyadagi yirik Kerron metallurgiya za-
vodining ishga tushishi bilan bog`laydi). R.Xeylbroner va L.Turoularning 


153 
fikriga ko`ra shu davrda bozor jamiyati ("рыночное общество") vujudga 
keldi (bozor iqtisodiyoti avvaldan mavjud). 
Avvalgi barcha tizimlarda iqtisodiy hayotni tashkil etish usulida 
an'analar hokimiyati va buyruqlar doim ustun bo`lgan. 
Bozor tizimida esa barcha erkin bozor talablari doirasida sohibkor-
lik bilan ixtiyoriy shug`ullanadilar, an'analar yoki kimlarningdir buyrug`iga 
bo`ysungan holda ish yuritmaydilar. Bu tizimda odamlar ish tanlashda to`la 
erkinlikka ega bo`libgina qolmasdan, ishni ham o`zlari qidirishi kerak. 
Bunga qarama-qarshi bo`lgan jamiyatda qullar yoki an'analar bilan che-
klangan hunarmandlar oldindan o`zlarining ma'lum vazifalarini bajarganlar 
va uni o`zgartirish juda katta qiyinchiliklarni tug`dirgan. Bozor tizimida 
har bir inson yerni erkin sotib olishi yoki sotishi, ferma esa o`z navbatida 
osonlik bilan savdo markaziga aylanishi mumkin. 
Bu tizimda kapital bozori paydo bo`ladi va ishlab chiqarishda 
doimo boylik oqimi, ya'ni banklar va boshqa moliya kompaniyalari 
tomonidan tashkil etiladigan jamg`arma va investitsiyalar oqimi vujudga 
keladi, qarz oluvchilar bu boyliklardan foydalanganligi uchun foiz 
to`laydilar. 
Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan mehnat sar-
flari, yer va kapitallar ishlab chiqarish faktorlari (omillari) deb ataladi (bu 
masalalar keyinroq qarab chiqiladi). 
Kapitalizmgacha ishlab chiqarish faktorlari umuman bo`lmagan, 
degan xulosa chiqariladi. Albatta inson mehnati, tabiiy resurslar, 
shuningdek yer va ishlovchilar san'ati doim bo`lgan, ammo mehnat, yer va 
kapital tovar emas edi. Mehnat krepostnoy yoki qullarning ijtimoiy vazi-
fasiga aylanib, bu mehnatga haq to`lanmagan. Krepostnoy dehqon undan 
tashqari o`z xo`jayiniga yerdan va qurol-yarog`dan foydalanganligi uchun 
obrok to`lagan. Yer harbiy yoki fuqarolik hokimiyatining asosi 
hisoblangan. Kapital xazina yoki hunarmandlarning asbob-uskunalari sifat-
ida qaralgan va u bozor bahosiga ega bo`lmagan. 
Kanday qilib haq to`lanmaydigan mehnat, renta puli keltirmaydigan 
yer va shaxsiy xazina ishlab chiqarish faktoriga aylanib qoldi? Bu kapital-
istik tuzumni keltirib chiqargan inqilob bilan bog`liq. Bu o`zgarishlar tar-
ixan uzoq davrni (XV-XVI asrlar) o`z ichiga olib, ba'zida asta-sekin, 
ba'zan esa to`fon kabi o`rta asrlarning urf-odatlarini yemirib bordi va ja-
miyatni hozir biz biladigan bozor jamiyatiga olib keldi. Ayniqsa Angliyada 
bu jarayon ertaroq boshlandi va biz yuqorida eslatgan dehqonlarni shafqat-
sizlik bilan o`z yerlaridan siqib chiqarish yo`li bilan amalga oshirildi. Aso-
siy maqsad bu yerlarni lendlordlarga berish va yaylovga aylantirib, qo`y 


154 
boqish, uning junidan manufakturalarda mato to`kish edi. O`z yerlaridan 
mahrum bo`lgan ijarachilar shaharlarga ketishga va u yerda o`z ishchi ku-
chini ishlab chiqarish faktori sifatida sotishga majbur edilar. 
Fransiyada ham shu kabi o`zgarishlar ro`y bera boshladi, demak, 
bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bozor jamiyati uchun hayotiy 
zarur bo`lgan ishlab chiqarish omillari tarixiy o`zgarish-lar tufayli yuzaga 
keldi. Oqibatda mehnat tovarga aylandi, avloddan avlodga meros bo`lib 
o`tadigan yer ko`chmas mulk bo`lib qoldi va uni sotish, sotib olish mumkin 
bo`lib qoldi, xazina esa kapitalga aylandi. Ammo kapitalizmning iqtisodiy 
erkinligi ba'zilar uchun yutuq, ko`pchilik uchun esa qiyinchiliklarni yuzaga 
keltirdi. Ko`tarilayotgan savdo sohibkorlar uchun yangi hayotga yo`llanma 
va yangi ijtimoiy holat bo`lsa, kambag`allar sinfi uchun esa o`z holatidan 
chiqib olish uchun imkoniyatdir, chunki avvalgi holatda bunday asos yo`q 
edi. Lekin iqtisodiy erkinlikning muhim tomoni yana shuki, unda har kim 
birovning hech qanday yordamisiz hayot girdobida yashash uchun kurash-
ishi kerak bo`ladi. Ko`pincha savdogarlar va boshqa xodimlar bu to`fonda 
o`z-o`zidan yo`q bo`lib ketadi. 
Shunday qilib, bozor tizimi bir tomondan turli qiyinchilik, 
ishonchsizlik, azob-uqubat sababi bo`lsa, shu vaqtning o`zida taraqqiyot, 
imkoniyat va yutuqlar manbayi hamdir. 
XVIII asrning ikkinchi yarmida "Texnik yo`nalishda"gi ishbilar-
monlar guruhi iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga 
keltirdi. 
Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoatda, xususan, to`qimachilik so-
hasida boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nihoyalandi. 
J.Key to`quv mokisini, 1733 yilda J.Xargrivs o`z qizining nomi bilan atal-
gan "Jenni" mexanik to`quv dastgohini kashf etdi. Mexanik K.Vud uni 
1772 yilda takomillashtirdi, 1783 yilda esa S.Krompton "mul-mashina"ni 
yaratdi, 1785 yilda E.Kartrayt mexanik to`quv stanogini ijod qildi, bu 
dastgoh 40 odamning ishini bajarardi. R.Arkraydning to`quv mashinasi esa 
bu sohaning unumdorligini keskin oshirdi. 
Ishlab chiqarishning energetik bazasi qo`l va suv oqimidan 1782 
yilda J.Uatt tomonidan ishlab chiqilgan bug` mashinasi ixtiyoriga o`tishi 
muhim o`zgarish bo`ldi, bu mashina asosida 1805 yilda bug` kemasi-
paroxod yaratildi, 1811 yilda J.Stefenson parovoz yasadi, 1830 yilda esa 
Manchester-Liverpul temir yo`li qurildi. 
Metallurgiya sohasida 1735 yilda A.Derbi pistako`mir o`rniga 
toshko`mirdan foydalanib, domna pechidan nisbatan sifatli va ko`proq mi-
qdorda metall olish yo`lini topdi. J.Uilkinson hamma narsa, ko`prik, quvur 


155 
va hatto paroxod ham metalldan bo`lishi kerak, degan g`oyani ilgari surdi. 
Temirdan paroxod yasalganida uning suvda suza olishiga hech kim 
ishonmadi. 
Sanoat 
inqilobi 
iqtisodiyot 
va 
ijtimoiy 
hayotda 
keskin 
o`zgarishlarga olib keldi. 1701-1802 yillar oralig`ida to`qimachilik rivoji 
tufayli Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga o`sdi. 1788-
1838 yillarda cho`yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming tonnagacha 
oshdi. 
Fransiyada 1815 yildan keyingi 30 yil ichida temir olish 5 marta, 
toshko`mir qazish 7 marta, yuk tashish hajmi 10 marta ko`paydi. Va-
holanki, A.Smit davrida Shotlandiyaning ayrim joylarida mix pul o`rnida 
ishlatilgan. Bu o`zgarishlar, ya'ni texnikaning kirib kelishi buyum - to-
varlar turini keskin oshirdi, ilgari ayrim odamlargagina tegishli bo`lgan 
narsalar (poyafzal, qog`oz, stul, deraza oynalari) kundalik buyumlarga 
aylanib qoldi. Asta-sekin kapitalizm hayot darajasining o`sishiga olib 
keldi, moddiy ne'matlar turi sistematik ravishda doimo ko`paydi, sifati 
yaxshilandi, eng muhimi bu imkoniyatlardan jamiyatning aksariyat qismi 
foydalandi. Bunday jarayon ilgari hech ham bo`lmagan edi. 
Jamiyat ishlab chiqarish apparatining absolut ko`rsatkichlari texni-
ka ta'siri ostida keskin oshdi. Bu jarayon ishlab chiqarishda qo`llaniladigan 
asbob-uskunaning ko`payishi, asosan temir, keyin pulatdan yasalgan 
texnologiyalar ortishi bilan boshlandi. Temir oluvchi oddiygina pechlar 
o`rniga gigant inshootlar paydo bo`ldi, oddiy to`quv dastgohlari ham katta 
uylarga zo`rg`a joylanadigan mexanizmlar bilan almashtirildi. 
Agar avvalgi korxonada bor-yo`g`i 10 kishi ishlagan bo`lsa, XIX 
asrning birinchi choragida to`qimachilik fabrikalarida 700 dan ortiq ishchi 
bo`lgan. Ayrim korxonalardagi ishchilar soni kichikroq shahar aholisiga 
tenglashdi. Masalan, 1929 yil "Ford-Motor Kompani"da 174 ming odam 
ishlar edi, hozir ularning soni 800 mingtaga yetgan. Mehnat taqsimoti ni-
hoyatda kuchaydi, bu esa mehnat unumdorligining asosiy sababidir. 
Siyosiy sohada ham muhim o`zgarishlar ro`y berdi, demokratik
parlamentar institutlar yuzaga kela boshladi. Lekin shuni ham aytib o`tish 
kerakki, bu inqilobiy o`zgarishlarni hamma ham to`la tushunib yetmadi. 
Masalan, A.Smit mashina va fabrikalarni ko`rgani holda manufakturani 
qo`lladi, Angliya kelajagi qishloq xo`jaligi bilan bog`liq deb o`yladi. 


156 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish