mehnat bilan emas, balki boshqa vositalar g’rdamida yaratilgan bo’lsa, gunoh deb tan
olingan. Bu qat’iy qoidaga muvofiq noinsoflik bilan oltin va kumushning
ko’paytirilishi (jamg’arilishi) jamiyatning ahloqiy va boshqa normalariga zid
hisoblangan. Ammo Akvinat fikri bo’yicha, «odil narxlar» xususiy mulkini
ko’paytirish va «o’rtacha» boylik yaratishda inkor etib bo’lmaydigan manba bo’lib
xizmat qilishi mumkin. Bu uningcha, gunoh hisoblanmaydi.
Qadimgi Dung’da va o’rta asrda ayirboshlash tadqiqotchilar tomonidan
proportsional va ekvivalent qoidasiga asoslangan, odamlarning xohishi tufayli
bo’ladigan akt sifatida qabul qilingan. Bu printsipni inkor etmagan holda,
noekvivalent bo’lib tuyulgan ayirboshlash, sub’ektiv jarag’n sifatida, tomonlarga teng
foyda keltirishi mumkinligini Akvinat ko’rsatib berdi. Boshqacha aytganda, qachonki
buyum «bir odamni foydasi boshqa odamning zarar ko’rishi hisobdan kelib tushsa»,
o’shandagina ayirboshlash sharti buzilgan bo’ladi.
«Odil narx» - bu kategoriya kanonistlar ta’limotida «qiymat» (qimmat), «bozor
bahosi» o’rnida ishlatilgan. U muayyan feodal oqsuyaklar hududida o’rnatilgan va
berkitib qo’yilgan. Dastlabki kanonistlar uning darajasini tovar ishlab chiqarish
jarag’nidagi mehnat va moddiy sarflarga bog’lab tushintirganlar. Ammo Akvinat
«odil narx»ga bo’lgan sarfli g’ndashuv tushunchasini etarli emas deb hisobladi.
Uning fikricha, shu bilan birga, sotuvchi o’z mavqeiga qarab buyumni «o’z narxidan
ko’ra qimmatroq sotishi mumkin».
Akvinat pul (moneta)ni Qadimgi Dung’ va dastlabki kanonizm mualliflariga
o’xshash talqin qiladi. Uning ta’kidlashicha pul «savdoda ... ishonchli o’lchov
birligiga» ega bo’lish uchun kishilarning xohishi tufayli kelib chiqqan. Olim
monetaning «ichki qimmatga» ega ekanligini tan olsada, davlat moneta qimmatini
uning «ichki qimmatiga» nisbatan bir oz o’zgartirishga haqli deb hisobladi. Bu erda
Akvinat o’zining ikki yoqlamalik printsipiga sodiqligini yana bir bor ko’rsatdi, ya’ni
bir tomondan, monetalarni buzish tashqi savdoda pulning qadr qimmatini
yo’qotilishiga olib kelishini tan olgach, ikkinchi tomondan esa – pulning «nominal
qimmatini» davlatning o’z xohshi bo’yicha o’rnatish huquqiga ishongan. Aristoteldan
keyin Akvinat «pul pulni keltirib chiqarmaydi» deb ta’kidlab o’tgan.
Savdo foydasi va sudxo’rlik foizi kanonistlar tomonidan qoralangan va gunoh
deb hisoblangan. Akvinat ham ularni shartli ravishda «ayibladi». Negaki, uning
fikricha, savdo foydasi va ssuda uchun foiz muvofiq ravishda savdogar va sudxo’r
tomonidan o’zlashtirilishi kerak, agar ular bunda ahloq-odob doirasida ish yuritgan
bo’lsalar. Boshqacha so’z bilan aytganda, mazkur turdagi daromad savdo va ssuda
operatsiyasidagi mehnat, transport va boshqa xarajatlar va hatto xatar (risk) uchun
to’lanadigan haq bo’lmog’i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: