29
A.Temurning iqtisodiy qarashlari.
Amir Temur iqtisodiy g’oyalarining o’ziga xos ulug’vorligi shundaki, ular
hayoliy emas, balki real xayotdan kelib chiqqan va unda o’z ifodasini topgan.
Shuning uchun ham bu g’oyalar ilgari surilganicha, mana 600 yildan tugashiga
qaramay, o’zining amaliy xayotiy ahamiyatini yo’qotmay kelayotir.
Amir Temurning iqtisodiy g’oyalari “Temur tuzuklari” asarida bayon etilgan.
Unda sohibqironning mamlakatni boshqarish, uni rivojlantirib borish qoidalari,
tamoyillari, yo’l-yo’riqlari o’z ifodasini topgan. Bu asarda iqtisodiyotni tashkil etish,
barqarorlashtirish, tartibga solib borish, uni barqaror sur’atlar bilan yuksaltirib
borishga oid qimmatli iqtisodiy tavsiyalar jamlangan. U odamlarga kasb-hunar
berish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan va tijorat ishlari bilan
mashg’ul bo’luvchilarga etarli sarmoya berish, etarli uy-joylar qurib berish haqida
qayg’uradi. “Temur tuzuklarida” quyidagilarini o’qiymiz: “Kasb-hunar va ma’rifat
ahllariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin”, “bilagida kuchi bor faqir-miskinlar
esa o’z ahvoli va kasbi koriga qarab yo’l ko’rsinlar”, “sarmoyasi qo’lidan ketib
qolgan savdogarga o’z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan etarli
miqdorda oltin berilsin”, “kuchi etmaydigan dehqonlarga ekin-tikin uchun urug’lik va
asbob-uskunalar tayyorlab berilsin”, “fuqarolardan uy-joyi buzilib, tuzatishga qurbi
etmaganlarga kerakli narsalarni etkazib berib, ularga yordam berilsin”.
1
Amir Temur (1336-1405) iqtisodig’tni boshqarishda o’ziga xos maktab
yaratdi. Sohibqiron davlatida devani buzurg (bosh vazir)dan tashqari, har bir
viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq
yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv
inshoatlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan
tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu-tarozi to’g’riligi, odil baho
tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan.
Mamlakatda ko’rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi
navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og’ir ahvolga tushib
qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Temur «Raiyatni xonavayron qilish
davlat xazinasining qambag’alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa,
sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi Sipohlarning tarqoqligi esa, o’z
navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi. Fath etilgan erlik fuqaro
azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo’lsa, ularning roziligi bilan ish
ko’rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va erning unumdorligiga qarab yig’sinlar.
Fath etilgan har bir mamlakatning mol-mulkini, buyumlarini talon-tarojdan
saqlasinlar. O’sha mamlakatdan tushgan o’lja mollarni hisob-kitob qilsinlar», deb
ko’rsatib bergan.
Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, erga egalik qilish
quyidagi ko’rinishda bo’lgan:
1
(Temur tuzuklari, 1, 1993, 67-bet).
30
1. Suyurg’ol erlar. Katta hajmdagi bu erlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir
avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurg’ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday er
egalari dehqonlarni ishlatib, er solig’i - xiroj olganlar.
2 Tarxon erlar. Bu erlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron-bir xizmati
uchun berilgan.
3. Ushr erlar. Sayid va xo’jalarga mansub erlardir. Bundan olingan hosilning
o’ndan biri davlatga berilgan.
4. Vaqf erlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir
erlardir. Vaqfda er, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etiladi.
5. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan erlar.
Kimda-kim biron sahroni obod qilsa g’ki qoriz (er osti suvlarnini tortib
chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog’ ko’kartirsa g’xud birorta xarob
bo’lib g’tgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat
o’z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig’ilgan. Mazkur muammoga
bunday g’ndashuv ishlab chiqarishni rivojlantirishda ijobiy rol o’ynagan.
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo’lovchilar qo’nib
o’tadigan, qambag’al etim-esirlarga ovqat beriladigan joy), g’aribxonalarni qurishni,
kasallar uchun shifoxonalar bung’d etishni va ularda ishlash uchun tabiblar
tayinlashni lozim deb bilgan va ularni amalga oshirish uchun ko’p ishlarni qilgan.
Amir Temur Angliya va Frantsiya qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo
aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan mag’rubgacha bo’lgan savdo-
sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Masalan, bir kunlik karvon yo’lida barcha narsa muhayg’ etilgan (karvonsaroyda
doimo ot, em-xashak, oziq-ovqat, suv bo’lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar
qattiq jazolangan. Shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, chetdan olib kelingan
tovarlar ustiga 10 foiz narx qo’shib sotish mumkin bo’lgan. Bu hozirgi davr tili bilan
aytganda, birinchidan, chet el tovarlariga bo’lgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan,
aholining iste’mol buyumlariga bo’lgan ehtig’jni to’laroq qondirish imkonini beradi.
A.Temurning iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bag’n etilgan bo’lib,
quyida biz ko’rib chiqmoqchi bo’lgan g’oyalar mazkur asar asosida keltirildi.
1
Unda o’sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo’lganligi
ko’rsatilgan:
1. Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari).
2. Ishbilarmon, donishmand odamlar.
3. Xudojo’y, tarkidung’ qilgan kishilar.
4. No’g’nlar (tuman boshlig’i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar.
5. Sipoh va raiyat (soliq to’lovchi xalq).
6. Maxsus ishonchli kishilar.
7. Vazirlar, sarkotiblar.
8. Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, munajjimlar,
muxandislar (injenerlar).
9. Tafsir va hadis olimlari.
1
(«Temur tuzuklari». Toshkent, 1991).
31
10. Ahli hunar va san’atchilar.
11. So’fiylar.
12. Savdogar va sayg’hlar.
Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar xal qiladi deyilgan. Qo’shin
a’zolarining maoshi to’g’risida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, oddiy sipoh
o’zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan
to’rt ot bahosigacha maosh olishi, o’nboshi o’z qaramog’idagi askarga nisbatan ikki
barobar ko’p, yuzboshi o’nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan.
«Tuzuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalarni yig’ish va xarj (sarf)
qilishga alohida e’tibor berishgan. «Xirojni yig’ish vaqtida,-deb o’qtiriladi «Temur
tuzuklari»da, - ikki vazir tayinlansin. Biri to’plangan molni g’zib, raiyat ahvolini
tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik
etkazmasinlar. Viloyatlarda yig’ilgan barcha mol-ashg’ni kirim daftariga g’zishlari
lozim. Ikkinchi vazir esa, chiqim daftariga g’zib, yig’ilgan mollardan sipoh maoshiga
taqsim qilsinlar». Demak, ko’rinib turibdiki, hozirgi davr tili bilan aytilganda, hisob-
kitob ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilishi talab etilgan. Xiroj odatda sug’oriladigan erlarda
jami hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor erlarda to’rtdan biriga (25 foiz) teng
bo’lgan miqdorda to’plangan. Bu raqamlar uning hozirgi davrdagi daromad solig’i
atrofida bo’lganligini ko’rsatib turibdi.
A.Temur o’qimishli, olim odamlarning mehnatiga yuqori baho bergan. «...
Sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, - deyiladi «Tuzuklar»da, -
chunki bu insonlar mamlakat rivojida ustundirlar». A.Temur Shom (hozirgi Suriya)
yurtini qo’lga olganda (1401 y.) taniqli olim Ibn Xoldun (1332-1406) asirga tushib
qoladi, sohibqiron uning olimligini bilgach, u bilan suhbatlashib, izzat-ikrom bilan
uni qo’yib yuboradi.
Dehqonlar, kasb-hunar egalari savdogarlarga o’z ishlarini yuritish uchun urug’,
asbob, sarmoya berib, sharoit yaratishga e’tibor berilgan. Ayniqsa, tashlandiq, qo’riq
erlarni ochish, qoriz o’tkazish rag’batlantirilgan. Bunday ishlar bilan
shug’ullanganlar uch yilgacha soliqdan ozod etilgan (bu tajribadan foydalanilsa
arziydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |