26
Abu Ali Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari.
(980-1037)
O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini o’rta asr sharoitida dunyo madaniyatining
oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali Ibn sino bo’lib, u
Ovro’pada Avitsenna nomi bilan mashhurdir.
Ibn sino (asl ismi Xusayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshana qishlog’ida
hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tug’ildi, Ibn sino iste’dodli,
xotirasi kuchli, zehni o’tkir bo’lganligidan o’z davrida ma’lum bo’lgan ilmlarni
tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayoq Qur’oni Karimni boshdan-oyoq yod o’qir edi.
13 yoshlaridan boshlang’ich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan
shug’ullana boshlaydi. U o’zidan avval o’tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini
chuqur o’rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy. Falsafiy merosini, xususan
Aristotel, Evklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham
qunt bilan o’rgandi.
O’rta Osig’ mutafakkiri Ibn Sinoning (980-1037) 280 dan ko’p asarlari mavjud
bo’lib, ular tibbig’t, matematika, astronomiya, ximiya, falsafa, iqtisodig’t va boshqa
sohalarga bag’ishlangan.
Ibn Sinoning inson ehtig’jlari to’g’risidagi, mehnat va uning moddiy ishlab
chiqarishdagi roli to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha «xayvon
tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziq-
ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtig’j sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini
o’zlashtiradi, inson esa o’z mehnati bilan o’ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy
yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug’ullanishi kerak. Hayvonlar
garchi poda bo’lib yashasalar ham, g’lg’iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda
o’zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar
muloqot va o’zaro g’rdamga muhtoj bo’ladilar».
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiqot qiladi. U
jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi. «Odamning o’z
quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo’lgan ehtig’ji,-deb g’zadi Ibn Sino,- hammani
hunar o’rganishga undaydi.»
Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat miqg’sidagi
daromad va xarajatlar balansi to’g’risida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, davlat
tabiiy ofat g’ki urush bo’lish ehtimolini hisobga olib, unga mablag’ ajratgan holda
daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur.
Ibn Sino ideal davlat to’g’risida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab beradi:
27
1) bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday barobar taqsimlanishi kerakki,
unda juda katta boylik va ashaddiy qambag’allik bo’lmasin;
2) barcha kishilar halol mehnat bilan shug’ullanishi va halol savdo qilishi, sababli
urushadigan odamlar bo’lamaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o’rtasilagi
sig’siy baxslar esa tinch yo’l bilan echiladi;
3) ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayg’ bo’ladi va shuning uchun ular
bir-biriga qarama-qarshi bo’lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi
ko’radilar, uzoq vaqt qarimaydilar.
Ibn Sinoning ideal davlat to’g’risidagi qarashlari Platonning «Qonun»larida,
Aristotelning «Afina sig’satchilari»da, Forobiyning «Saxovatli shahar
yashovchilarining qarashlari to’g’risida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko’p jihatdan
o’xshab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |