“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/141
Sana02.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#98424
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141
Bog'liq
2 5346218081372865191

 Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari. 
 
 
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xoldunning (1332-
1405) hissasi benihoya katta. U Tunisda zodagonlar oilasida tug’ulgan. Uning asosiy 
asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370 y.) 
 
Ibn Xoldun ijtimoiy rivojlanishning  umumiy qonuniyatlarini ko’rsatib 
berishga harakat qildi. Uning fikricha, tarixiy jarag’n asosini kishilik jamiyatini 
rivojlanishi tashkil etadi. Dastlab odamlar g’vvoyi holatda bo’lgan. Keyinchalik 
                  
 
1
 Abdumajid Abdullaev, Ma’naviyat va iqtisodiy tafakkur. T., Ma’naviyat, 1999 yil. 4 bet.
 
22 


 
kishilik jamiyati tabiat dung’sidan ajralib chiqqach, o’z rivojlanishida ikki bosqichni 
bosib o’tadi: «primitiv» va «tsivilizatsiya». Ularning biri ikkinchisidan «odamlar 
yashash vositalarini qanday topa olishi» bilan ajralib turiladi. Birinchi bosqichda 
odamlar asosan dehqonchilik va chorvachilik  bilan shug’ullangan bo’lsalar, ikkinchi 
bosqichda, olimning fikricha, ularga xunarmandchilik, savdo, ilm va san’at 
qo’shiladi. Iqtisodig’tning barcha tarmoqlarining  muvaffaqiyatli rivojlanishi xalq 
boyligini bir necha bor ko’paytirish har bir kishining mo’l-ko’llikka erishish imkonini 
beradi. Ammo ortiqcha moddiy boylik ishlab chiqarish imkoniyatini beruvchi 
tsivilizatsiyaga o’tish, olimning ta’kidlashicha, umumiy, ijtimoiy va mulkiy tenglik 
kelib chiqqanini, jamiyatning tabaqalarga  bo’linishi zarurligi tugaganini 
 
bildirmaydi. 
 
Ibn Xoldunning ko’rsatib berishicha, fuqarolarni hag’tiy zarur buyumlar va 
zeb-ziynat buyumlari bilan g’ki uning atamasi bo’yicha «zarur» va «zarur 
bo’lmagan» buyumlar bilan ta’minlash, eng avvalo shahar aholisining zichligiga 
bog’liq. Shahar aholisining zichligi uning rivojlangan g’ki rivojlanmaganligining 
ramziy belgisi hisoblangan. Shuning uchun, agar shahar rivojlangan bo’lsa, unda 
«zarur» va «zarur bo’lmagan» buyumlar etarli bo’ladi; bunda birinchisining bahosi 
(dehqonchilikda shaharliklar ham ishtirok etganligi tufayli) pasayib boradi, 
ikkinchining esa (zeb-ziynat buyumlariga talabning keskin o’sishi sababli) bahosi 
oshib boradi. Va aksincha, shahar aholisining kamligi natijasida uning rivojlanmay 
qolishi barcha moddiy boyliklarning etishmasligini va qimmatchilikni keltirib 
chiqaradi. Shu bilan birga, mutafakkirning ta’kidlashicha, soliq qancha past bo’lsa, 
har qanday shaharning, bir butun  jamiyatning ravnaqi shuncha yaxshi bo’ladi. U 
bozor bahosi shakllanishining bir qancha qonuniyatlarini ta’riflab, soliqlar va har xil  
yig’imlar tovar qiymatining oshishiga olib keluvchi omil hisoblanadi, deb ko’rsatib 
berdi. Ibn Xoldun bozorning rag’batlantiruvchi rolini bilgan: bozor mexanizmi ishlab 
chiqaruvchilarni mehnat unumdorligini oshirishga va mahsulot sifatini yaxshilashga 
majbur etadi. 
 
Ibn Xoldun pulni xo’jalik hag’tining muhim elementi deb  hisobladi va pul 
rolini xudo tomonidan yaratilgan metallar ichida - oltin va kumush bajarishini 
ma’qulladi. Uning fikricha pul «barcha sotib olinadigan» buyumlardagi inson 
mehnatining miqdoriy mazmunini aks ettirali. U «mehnatning qiymatini», ya’ni ish 
haqini tavsiflab, uning miqdori, birinchidan, «kishi mehnati miqdoriga», ikkinchidan, 
«boshqa mehnatlar ichida uning tutgan o’rniga» va uchinchidan, «odamlarning unga 
(mehnatga) bo’lgan ehtig’jiga» bog’liq, deb tasdiqladi. 
 
Ibn Xoldun ijtimoiy hag’t asosini mehnat faoliyati tashkil etadi deydi. Uning  
g’zishicha «jamiyatning ahvoli, uning boyligi va ravnaqi faqat mehnatga va kishilarni 
boylikni o’zlashtirishga bo’lgan ishtig’qiga bog’liq. Agar odamlar yashash vositalari 
to’g’risida qayg’urmasalar va ularga egalik qilish uchun mehnat qilmasalar unda 
bozorda oldi-sotdi bo’lmaydi va odamlar oziq-ovqat  qidirib boshqa mamlakatlarga 
chiqib ketadilar». 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish