“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


       Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/141
Sana02.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#98424
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141
Bog'liq
2 5346218081372865191

17 


 
 
 Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar. 
 
 
Rimning yirik sig’siy arbobi va g’zuvchisi Portsiy Katon Starshiy (m.o. 234-
149 y.) o’zining «Dehqonchilik» asarida qishloq xo’jaligini halq xo’jaligidagi asosiy 
tarmoq deb hisoblaydi.  Katon dehqonchilikni  tashkil qilishning eng qulay usulini 
qo’llashga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e’tibor 
berdi.  U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo’jalikda ishlab chiqarish mumkin 
bo’lmagan narsalarni esa sotib  olish zarurligi to’g’risida fikr yuritdi. Eng foydali 
mahsulot deb olif g’g’ini hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo’rlar faoliyatiga 
salbiy munosabatda bo’lgan. 
 
Katon tovar qiymatidan ortiqchasini foyda deb bilgan va qiymatni to’la 
ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga kiritgan. Masalan, uningcha, barcha «qiymat 
o’zagini» material sarflari, usta va g’rdamchilarga to’lanadigan haq tashkil etadi. 
 
Atoqli Rim g’zo’vchisi va olim Mark Terentsiy Varron (m.o. 116-27 y.) xalq 
xo’jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq hisobladi. U «Qishloq 
xo’jaligi to’g’risida» degan asarida o’zining iqtisodiy qarashlarini bag’n etdi. U 
chorvachilikga  katta e’tibor berib, bozor sharoitida uni eng foydali tarmoq deb bildi. 
Bunday xulosa qilishning asosiy sababi shundaki, o’sha davrda Italiyada don arzon 
bo’lgan, chunki u chet o’lkalarda ancha ko’p miqdorda olib kelinar edi, chorvachilik 
daromadi esa yuqori bo’lgan. Shu bilan birga Varron, har bir xo’jalikning o’zini-o’zi  
ta’minlashi tarafdori bo’lgan, bozor uchun qishloq  xo’jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga esa uncha e’tibor bermagan. Bundan iqtisodiy 
taraqqig’tda bozorning rolini Varron yaxshi tushunmaganini ko’rish mumkin. 
 
Rim g’zuvchisi Yuniy Moderat Kolumella ( 1 asr m.o.)  «Qishloq xo’jaligi 
to’g’risida» degan kitobida  inqiroz va kolonatning (yirik er egalari bilan bevosita 
ishlab chiqaruvchilar -kolonlar o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari shakli) 
rivojlanishi davridagi Rim qishloq xo’jaligiga tavsif beradi. Uning fikricha, qullar 
erni yaxshi ishlatmaydilar, erdan yuqori hosil olish uchun qayg’urmaydilar. Varron 
urug’ni sepishdan boshlab to hosilni yig’ib olishgacha bo’lgan davrda qullar 
isrofgarchilik qilishini, yaxshi ishlamasligini, o’g’rilik qilishini va pirovard natijada 
donni qabul qilishda uning miqdorini hisob daftarida noto’g’ri ko’rsatishini aytib 
berdi. U qullar mehnatidan ko’ra erkin mayda ishlab chiqaruvchilar mehnatining 
afzalligini isbotlab berdi. Qullarning imkon boricha erni ishlamaslikka intilishini 
ko’rgan Kolemella, bunday erlarni erkin kolonlarga bo’lib berish, mayda tovar ishlab 
chiqarishga o’tish zarurligi to’g’risida fikr yuritadi. Bunday fikrning yuritilishi, 
Kolumellaning ishlab chiqarishni rivojlantirish savollarini nisbatan to’g’ri 
tushinganligidan dalolat beradi. 
 
Respublika davridagi Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri 
erga bo’lgan mulkchilikning oqsuyak patritsiylar qo’lida to’planuvi va italiyalik  
ko’pchilik dehqonlarning erdan mahrum bo’lishi hisoblanadi. Xonavayron bo’lgan 
mayda dehqonlarni aka-uka Tiberiy (m.o. 162-133 y.) va Gay (m.o. 153-121 y.) 
Grakxlar himoya qilib chiqishdi. Paritsiylarning er mulkini cheklash va agrar 
masalalarini echish maqsadida Tiberiy Grakx m.o. 133 y. qonun qabul qilishni taklif 
18 


 
qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq rimlik fuqarolarga dalatning xaydaladigan eridan 
500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat etilgan. Bundan tashqari bir oila 
1000 yugerdan oshiq erga egalik qilishi man etilgan. Barcha ortiqcha erlar davlat 
ixtig’rida bo’lgan va erga muxtojlarga avlodlariga qoldirish va uncha ko’p bo’lmagan 
soliq to’lash sharti bilan 30 yugerdan bo’lib berilgan. 
 
Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va natijada o’n 
minglab dehqonlar  er olishga muvaffaq bo’ldilar. Tiberiy Grakx ataylab 
o’ldirilgandan keyin, uning ishini ukasi Gay Grakx davom ettirdi. Dehqonlarga er 
berish qaytadan boshlandi hamda shaharlik kambag’allarga davlat xazinasidan past 
bahoda don sotish to’g’risida qonun qabul qilindi. Grakxlarning islohoti mayda 
dehqon er egaligi mavqeini quchaytirish va aholi kambag’allashuvining oldini olishga 
qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli bo’ldi va hatto Gay Grakx o’limidan 
keyin ham konservatorlar muxtojlarni er bilan ta’minlash to’g’risidagi qonunni bekor 
qila olmadilar. 
 
Mark Tulliy Tsitseron (m.o.106-43 y.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq. 
U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo’lib, savdo-sotiq rivojlandi, 
so’dxo’rlik boylik manbaiga aylandi. Qadimgi Gretsiya iqtisodiy fikrlaridan farqli 
ravishda, Tsitseron yirik savdoni qo’lladi, mayda savdoni esa mensimadi. 
Tsitseronning sudxo’rlikka bo’lgan munosabati ziddyatli bo’lgan. Bir joyda 
sudxo’rlikni maqullasa, ikkinchi bir joyda uni qoralaydi. Tsitseronning savdo va 
sudxo’rlikka bo’lgan ko’z qarashlarida Qadimgi Rim iqtisodig’tidagi natural va tovar 
xo’jaligi o’rtasidagi ziddiyat o’z aksini topgan. 
 
Tsitseron xususiy mulkchilik, yirik er egaligi va mustamlakalarda 
ekspluatatsiyani kuchaytirish tarafdori bo’lgan. Ancha samarali ish turi deb 
dehqonchilikni hisoblagan. U bozorni tovar bilan ta’minlashda muhim rol o’ynagan. 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish