“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


  Qadimgi Xindistondagi iqtisodiy fikrlar. “Artxashastra”dagi ilgari



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/141
Sana02.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#98424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   141
Bog'liq
2 5346218081372865191

2.  Qadimgi Xindistondagi iqtisodiy fikrlar. “Artxashastra”dagi ilgari 
surilgan g’oyalar. 
  
Qadimgi Hindiston xo’jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini 
o’rganishning asosiy manbai bo’lib «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.o. IV asr 
oxiri). Qadimgi Xindiston iqtisodiy g’oyalarni ilgari surilgan asar, shubhasiz, 
«Hammurani qonunlari» to’plamidir. Bu tarixiy manba eramizdan avvalgi XVIII 
asrda Bobil (Vavilen)da podsholik qilgan Hammuraniga tegishlidir. Asrdagi iqtisodiy 
g’oya shundaki, mulkchilik va unga egalik shakllari bayon qilingan, adolatli iqtisodiy 
munosabatlar qurish lozimligi ko’rsatilgan.
1
 Masalan, aholi erlarini tortib olish, sotib 
olish taqiqlangan, sudxo’rlik cheklanib, ma’lum chegaradan ortib ketmasligi 
qonunlashtirilgan, qonunlarda qishloq xo’jaligini rivojlantirish rag’batlantirilgan, 
mehnatsiz daromad topishga ruxsat berilmagan, xususiy mulkchilik e’tirof etilgan va 
boshqalar mulkiga ko’z olaytirish, unga zarar etkazish qoralangan. Uni podsho 
Chandraguptining maslaxatchisi Kautilya g’zgan deb taxmin qilinadi.  Bu atoqli asar 
15 kitobdan iborat bo’lib, «artxa» so’zi - foyda, moddiy  manfaat, «shastra» - ilm, 
ilmiy asar ma’nosini bildiradi.  
 
Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to’g’risida ko’rsatmalar berilgan, 
ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari  faoliyatiga bag’ishlangan, uchinchi va 
to’rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash savollari ko’rib chiqilgan, so’ngra tashqi 
sig’sat usullari to’g’risida, maxfiy xizmat to’g’risida, armiyani tashkil qilish va shu 
kabilar to’g’risida so’z yuritiladi. 
 
«Artxashastra»ning eng boshidag’q  podsho to’rtta «ilmni» bilishi zarurligi 
to’g’risida fikr yuritiladi. Uning bittasi  iqtisodig’t hisoblanadi. «Iqtisodig’t» 
(ekonomika)  dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida  ko’riladi. Mamlakatda 
qishloq xo’jaligi, eng avvalo dehqonchilik asosiy soha  hisoblangan. 
«Artxashastra»da aytilishicha davlat yangi mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u 
erlarga o’rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko’chib kelganlarga er 
soliq to’lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan.  Dehqon, xunarmand 
mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun davlatning 
sig’sati erni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. «Davlatning kuchi, - 
deyiladi asarda,- odamlardan tashkil topgan. Odam yashamaydigan er esa, naslsiz 
sigirga o’xshaydi - undan na sut sog’ib olib bo’ladi». 
 
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko’zlagan holda, xo’jalikni yaxshi 
tashkil  qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o’z erini ishlatmasa g’ki g’mon ishlasa 
uning erini tortib olish va yaxshi ishlaydigan xo’jayinlarga berish tavsiya etiladi. 
 
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini ko’rib 
chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun, 
davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan tovar zahirasi bo’lishi kerak. Bu 
bilan tovarlar bahosi barqarorligini ta’minlashga erishiladi. 
                  
 
1
 Q.Yo’ldoshev, Q.Muftaydinov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixidan. T., 2000. 21,22 betlar

11 


 
 
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda tutilgan. 
«Sug’orish sistemalarini qurish, - deyiladi unda,- hosilning manbai hisoblanadi...» 
Sug’orish sistemasiga etkazilgan har qanday zarar uchun og’ir jazo, hatto o’limga 
mahkum etish tavsiya etiladi. 
 
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini echishga katta ahamiyat 
beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo’jaliklari foydasidan, har turli soliq  va boj 
to’lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni 
rivojlantirishga,  jamoa ishlariga mablag’ ajratib kelgan. Davlat  xo’jaligi va soliq 
tizimi bilan bog’liq  bo’lgan moliya idoralarining to’g’ri  ishlashi uchun
«Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat’iy hisob-kitob xujjatlari 
olib borilish zarur. Podsho xazinani o’g’irlovchi  chinovniklarni bartaraf etishi kerak. 
Ammo bu erdagi  o’g’irlikni aniqlash juda qiyin bo’lgan. «Artxashastra» xazina 
mulkini o’g’irlashning 40 xil usulini ko’rsatib beradi va ayg’r chinovnikning  
xiylasini bilishdan ko’ra, osmondagi qushning yo’lini aniqlash osonligini qayd qilib 
o’tadi. «Suvda suzib yurgan baliq, o’sha suvdan ichayaptimi yo’qmi bilib 
bo’lmaganidek, ishga berkitilgan chinovnik mulkni  o’zlashtirayaptimi yo’qmi 
aniqlab bo’lmaydi», deyiladi asarda. Shu boisdan suiiste’mol qilishning har xil 
usullarini o’rganib olmasdan avval, chinovniklarni tez-tez o’zgartirib turish tavsiya 
etiladi. 
 
Iqtisodiy sig’sat sohasida «Artxashastra», podshoni ishlab chiqarish kuchlarini 
rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti aktiv balansini saqlashga - 
«daromadlarni ko’paytirish va xarajatlarni kamaytirishga» dav’at etadi. Qadimgi 
Hindistonning  bu atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori 
darajasini, balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham 
ko’rsatib berdi. 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish